Mirzo ulug'bek tragediyasida shaxs fojeasi talqini


Download 47.74 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi47.74 Kb.
#1119089
Bog'liq
Mirzo Ulug\'bek tragediyasida shaxs fojeasi talqini11


MIRZO ULUG'BEK TRAGEDIYASIDA SHAXS FOJEASI TALQINI
Mundarija
KIRISH....................................................................................2
1-B0B. Mirzo Ulug’bek va “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi xaqida.

    1. Mirzo Ulug’bek kim?........................................................6

    2. “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi...........................................12

2-BOB. “Mirzo Ulug’bek” shaxs fojeasi.
2.1 “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi qahramonlari.......................14
2.2 “Mirzo Ulug’bek” fojea talqini............................................17
2.3 “Mirzo Ulug’bek” kitobining bizga foydasi.........................19
Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................20
KIRISH
O’zi aslida tradegiya nima degan savolga javob topsak. Tragediya („qoʻshiq“ soʻzlaridan soʻzma-soʻz — „echki qoʻshigʻi“), fojea — adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari oʻtkazilgan. Bu bayramlarda echkilar soʻyilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomoshalarini koʻrsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu soʻz oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qoʻllanila boshlagan.
Tragik asar, yaʼni tragediyanining boshqa sahna asarlari (komediy, drama, monodrama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular oʻrtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojiaviy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama — qarshilik, toʻqnashuv) kuchliligi, personajlar oʻrtasidagi konfliktning oʻta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, gʻoyatda keskin ziddiyat zaminiga qurildi. Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida koʻrsatiladi.
Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini koʻtarib chiqadi. Ijobiy qahromon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit oʻrtasidagi ziddiyat tragediyanining asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni eʼzozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning oʻlimi bilan tugaydi. Biroq bu qaygʻuli, faqat koʻzyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg koʻzda tutgan ezgu gʻoyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yoʻgʻrilgan ijtimoiy ruhning gʻolib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida oʻzlarining kaltabinliklari, maʼnaviy tubanliklari, taraqqiyot dushmanlari ekanlari kabi xislatlarini fosh etadilar. Fojiaviy sahna tomoshasi soʻngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham maʼnaviy oʻlimi bilan tugaydi.
Oʻzbek adabiyotida tragediyaning goʻzal namunalari Mahmudxo'ja Behbudiy — „Padarkush“, Abdurauf Fitrat — „Abulfayzxon“, Maqsud Shayxzoda — " Jaloliddin Manguberdi " " Mirzo Ulug'bek " tomonidan yaratildi. Ushbu asarlar oʻzbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi.
“Mirzo Ulug’bek” tradegiyasini yozgan Maqsud Shayxzda xaqid ham biroz gapirsak. Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda Maqsud Shayxzoda— shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. O’zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Bokudagi doril-mualliminni tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi l-bosqich ozarbayjon maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928-yil fevralda Toshkentga surgun qilingan. Sh. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq ftida qisqa muddat oʻqigani (1928)dan keyin „Sharq haqiqati“ (1929—32), ʻʻQizil Oʻzbekistonʼ’, ʻʻYosh leninchi’’ gaz.lari (1932), „Guliston“ jur. (1933—34) tahririyatlarida xizmat qilgan. 1933-yil Bokudagi ped. intining barcha kurslari uchun imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni paytda Til va adabiyot intida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938-yildan umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi ped. Intlarida oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan.


    1. Mirzo Ulug’bek kim?

Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.
Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi.
Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi.
Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazardi.
Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiy va boshqalar yashagan. Ular insoniyat aqli, fanning kuchiga ishongan o‘z davrining ilg‘or shaxslari bo‘lishgan.
1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan.
Ammo Ulug‘bekning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Ulug‘bek hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan.
Tadqiqotchi olimlarning fikricha, rasadxona qurilishi 1428-1429 yillan yakunlangan. Rasadxona o‘z davrining nodir binosi bo‘lgan. Yer silkinishiga bardoshli bo‘lishi uchun bino qurilishi uchun Qo‘hak tepaligining toshli etagi tanlangan.
Uchburchaklar bilimida esa Ulugʻbek soya va tanjont qimatlarini sakkiz oʻnlik kasr va sakkiz xona aʼshoryagacha aniq belgilagan.
Ulugʻbek davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob boʻlgan.
U 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulugʻbek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan.
Otasi Shohrux Mirzo oʻlimidan keyin Ulugʻbek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Boysunqur Mirzo Hirotdagi Temuriylar hukmdorligiga daʼvogarlik qilgan edi. Murgʻobda boʻlib oʻtgan ushbu toʻqnashuvda Ulugʻbek gʻolib boʻlib Hirot tomon harakat qildi, ammo Alauddavlaning akasi Mirzo Abul Qosim Babur bilan boʻlgan toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabrning 27-sanasida, yaʼni 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirildi. Ulugʻbekning yaqinlaridan biri Abdulloh, uni Samarqandning Amir Temur maqbarasi ziyoratgohida keltirgan. 1830-yilda osmon Yulduzshunoslari Johann Heinrich von Mädler oyda bor boʻlgan kraterlarning birini Ulugʻbek nomiga musammo qildi.


    1. “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi

1960-yilda yozgan «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasida buyuk o‘zbek astronomi va ma’rifatparvar podshosi obrazini o‘zbek adiblaridan birinchi bo‘lib yaratdi. Shayxzodaning o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir.Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub “Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi. Sentyabr oyida ilk bor namoyish etilgan mazkur sahna asari san'atshunoslar, ijodkorlar, san'at muxlislari tomonidan samimiy kutib olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 
Bu gal “Mirzo Ulug‘bek” spektaklini tomosha qilish uchun taniqli san'at va sport namoyandalari, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar O‘zbek Milliy akademik drama teatriga keldi. 
Mazkur tarixiy spektaklda buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bekning olim, ilm-fan homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari, mashaqqatli hayoti, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgani aks ettirilgan.
Spektakl rejissyori – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Olimjon Salimov. Rassom – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Baxtiyor To‘rayev. 
Spektaklda bosh rollarni O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari Erkin Komilov, Yayra Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fatxulla Ma'sudov, Behzod Muhammadkarimov, Lola Eltoyevalar mahorat bilan ijro etgan. Menga “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi ham spektakili ham juda yoqadi. Men ayniqs spektakilini sevib tomosha qilaman.

2.1 “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi qahramonlari


Qatnashuvchilar:
Mirzo Ulug‘bek ibn Shohrux – buyuk olim, Movarounnahr
hukmdori; 56 yoshda.
Abdullatif Mirzo – uning o‘g‘li; 30 yoshda.
Ali Qushchi – Ulug‘bekning shogirdi va mahrami. Astronom;
35 yoshda.
Sakkokiy – mashhur shoir. Ulug‘bekning do‘sti; 45 yoshda.
Shayxulislom Burhoniddin – zamonaning taraqqiyparvar ula-
molaridan; 65 yoshda.
Abbos – Sayid Obidning o‘g‘li. Abdullatifning mahrami;
28 yoshda.
Abdurazzoq Samarqandiy – mashhur tarixchi; 35 yoshda.
Bek Arslon – sardor; 50 yoshda.
Mavlono Shamsiddin Muhammad Miskin – Samarqand qozi-
si; 70 yoshda.
Piri Zindoniy (Hasan ohangar) – mahbus; 80 yoshda.
Berdiyor – Ulug‘bekning navkari; 35 yoshda.
Ota Murod – dehqon; 67 yoshda.
Chin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari.

    1. “Mirzo Ulug’bek” fojea talqini

Mirzo Ulug’bek fojiasi xaqida aslida qancha gapirsam ham kam. Yuqoridagi qatnashuvchilar bilan bo’lgan fojia juda achinarli. Men bu kitobni o’qiyotganimda ko’zlarimda yosh bilan o’qidim desam mubolag’a bo’lmaydi. Bu kitobni o’qib ozim uchun ancha xulosa oldim va bizning bobomiz Mirzo Ulug’bek kim bo’lganini, biz aynan unga qarab intilishimiz ilhomlanishimiz kerakligini tuhunib yetdim. O’zimga kerakli xulosalarni chiqarib oldim. Menga kitobning shu qismi ko’proq yoqadi:
U l u g‘ b e k
Bu va’daga ahd-u paymon qilasizlarmi?
Abdullatif odamlari
Ont ichamiz, ahd etamiz, bahaqqi Xudo!
U l u g‘ b e k
Bilib qo‘ying, bu qasamni buzsangiz agar,
Qayda bo‘lmay, men o‘zimman sizga da’vogar.
Tangri sizni osiy sanar, el sharmanda der,
Tarix sizga la’nat o‘qir.
Abdullatif odamlari
Qasam ichamiz!
U l u g‘ b e k
Bugun barcha vasiqalar yozilib bo‘lur,
Imzo uchun madrasaga kelsin elchingiz.
Alvido, taxt va saltanat iztiroblari!

14
Endi sulton Ulug‘bek yo‘q, do‘stlarga rahmat.


Majlis tamom. Ahli parda, sizlarga ruxsat.
Abdullatif odamlari chiqib ketadilar.
U l u g‘ b e k
Bugun oqshom Samarqanddan chiqib ketamiz.
Devonbegi va Bek Arslon, borib shu topda
Ot va navkar, pul-ozuqa tadbirin ko‘ring!

2.3 “Mirzo Ulug’bek” kitobining bizga foydasi.


Bu kitbning biz uchun foydalari juda ham juda ham katta. Biz buni faqatgina tushunib yetishimiz kerak. Mirzo Ulug’bekning jasoratidan bilimidan sabrliligidan o’rnak olishimiz zarur.Barcha narsani bizga kitob beradi. Bilimni ham, ilmni ham hamma hamma narsani kitob berar ekan, nega biz kitob o’qimaymiz nega chet elning kitoblariga qiziqamiz to’g’ri unday kitoblarni ham o’qish kerak lekin avval o’z davlatining millatining yozuvchilarini ularning kitoblarini o’qish kerak. Ana o’sha kitoblarda bizning buyuk allomalarimiz xaqida yozilgan. Bobolarimiz kim ekanligini ular qanday ishlar qilsihganini, vatanini qanday sevishganliklarini, qanchalik ilmga chanqoq bo’lganlarini bilaylik. Kimning avlodi ekanligimizni anglaylik va shunga yarasha ish ko’raylik...
Amir Temur Ulugʻbek tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixonmng qayd etishicha, Ulugʻbek bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404 y. Konigillya. oʻtkazilgan tantanalarda Amir Temur oltita nabirasining (jumladan, Ulugʻbekning) nikoh toʻylarini oʻtkazgan. Toʻyda Sohibqiron Ulugʻbekka Toshkent, Sayram, Yangi (hoz. Taroz), Ashpara va Moʻgʻulistonni to Xitoy hududigacha suyurgʻol qilib bergan. Amir Temur Oʻtrorda vafot etgan chogʻda Ulugʻbek ham oʻsha yerda boʻlgan. Temuriylar oʻrtasida toju taxt uchun kurash boshlangan. Oʻtrordan qaytgan Shohrux farzandlari — Ulugʻbek va Ibrohim Sultonni amirlar poytaxt Samarqandga kiritmaydilar, ular Buxorodan panoh topishgan. Samarkand taxtini Xalil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohrux Ulugʻbekka dastlab Andxoʻy bilan Shibirgʻonni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410 y. Shohrux Movarounnahrni oʻz tasarrufiga kiritgach, uni idora eti sh ni Turkiston viloyati bilan birga Ulugʻbekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. Ulugʻbek yosh (15 yosh) boʻlgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan. Lekin Shohmalikning raqibi — Oʻtrordagi Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi voliylari 1410 yil bahorida Ulugʻbek va Shohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida boʻlgan jangda Shohmalik va Ulugʻbek gʻalaba qilganlar. 1411 yil sentabrda Shohrux Samarqandga kelib, Shohmalikni oʻzi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan (1413). Shu vaktdan boshlab Ulugʻbek Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishgan. Shohrux Movarounnahrda boshqa temuriy shahzodalarga ham mulk ajratgan edi. Chunonchi, Hisori Shodmonni Muhammad Sultonnpng oʻgʻli Muhammad Jahongir mirzoga, Oʻzgand viloyatini Umarshayxning oʻgʻli Amirak Ahmadga suyurgʻol qilgan edi. Biroq ular Ulugʻbekka tobe edilar. 1414—15 y. ular oʻrtasida ixtilof chiqib, Ulugʻbek Amirak Ahmad ustiga qoʻshin tortgan va uni yenggan. Shohrux Amirak Ahmadni Xurosonga chaqirtirib olgan; Qashgʻar ham to 1428 y.gacha Ulugʻbekka tegishli boʻlgan.Ulugʻbekoʻz hukmronligi davomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Birinchisida 1425 y. Moʻgʻuliston xoni Shermuhammad oʻgʻlon (1421—25) oʻzini mustaqil xon deb eʼlon qilganda, Ulugʻbek unga qarshi yurish qilib zafar qozongan. Ulugʻbekning 2yurishi Sigʻnoq sh. tomon boʻlgan. Sirdaryoning quyi havzasi Ulugʻbek tasarrufida edi. Ulugʻbek 1427 y. Sigʻnoq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan Baroq oʻgʻlon (q. Baroq) bilan toʻqnashgan va magʻlubiyatga uchragan. Dushman Ulugʻbekni taʼqib qilib, Samarqand ostonalarigacha kelgan.
Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi.Shohrux vafoti (1447, 12 mart)dan keyin Ulugʻbekning katta oʻgʻli Abdullatif voris sifatida Temuriylar hukmdori boʻlib qoladi. Lekin Shohruxning qattiqqoʻl xotini Gavharshod begim bu haqda oʻz fikriga ega edi. U Shohrux davrida Temuriylarning poytaxti boʻlib qolgan Hirot taxtiga marhumning 3oʻgʻli boʻlmish Boysungʻur mirzoning oʻgʻli va suyukli nabirasi Alouddavla mirzoni oʻtqazish tarafdori edi. Gavharshod begim Hirot taxtiga Alouddavlani oʻtqazganini Ulug’bekka nisbatan isyon deb qaralmogʻi kerak edi. Shuning uchun Ulugʻbek 1448 y. bahorida Abdullatif bilan birgalikda 90 ming askar bilan Xurosonga kelib, Hirot yaqinida boʻlgan jangda Alouddavlani tormor qiladi. Gʻalaba Abdullatifning shaxsiy shijoati va lashkarboshilik isteʼdodi tufayli erishilgan boʻlsa ham, Ulug’bek Fathnomani kichik oʻgʻli Abdulaziz nomidan eʼlon qiladi. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qalʼasi va uning ichidagi boyliklarini ham Ulug’bek Abdulazizga beradi. Shundan soʻng Ulug’bek bilan Abdullatif oʻrtasidagi munosabat ochiq dushmanlik tusini oladi.Ulugʻbek Samarqandda Abdulazizni qoldirib, lashkar bilan katta oʻgʻliga qarshi jangga yuradi. Abdullatif ham oʻz lashkari bilan Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala lashkar ham daryoning 2 soxilida uzoq muddat turib, suvni kechib oʻtishga botinmaydi. Bu orada Ulugʻbek, Abdulaziz lashkardagi amirlarning oilalarini taʼqib etayotir, — degan xabarni eshitib, Samarqandga qaytib kelishga majbur boʻladi va shahar aholisining Abdulazizga qarshi isyon koʻtarganining guvohi boʻladi. Tezda shaharni tartibga keltirib, yana Abdullatifga qarshi jangga yoʻllanadi, lekin Samarqand yaqinida undan magʻlubiyatga uchraydi.
Oradan koʻp oʻtmay, Ulugʻbek Abdullatif buyrugi bilan qatl etiladi. Uning jasadi Goʻri Amir maqbarasiga dafn etilgan (q. Amir[ Temur maqbarasi]).Ulugʻbek otasi Shoxrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil boʻlgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik munosabatlari olib borgan. Ulugʻbek davrida Samarkand sh. yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, meʼmorlik, adabiyot, umuman ilmfan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), Gʻijduvonda (1432—33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Madrasalarda diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar ham oʻqitildi, koʻproq aniq fanlarga ahamiyat berildi. Bibixonim masjidi, Amir[Temur maqbarasi], Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazildi. Bundan tashqari, mamlakatda koʻplab jamoat inshootlari (karvonsaroy), tim, chorsu, hammomlar va b. ham bunyod etilgan (Ulug’bek davridagi Movarounnahrdagi ichki va tashki siyosat, elchilik aloqalari, pul islohotlari, iqtisodiy, madaniy holat haqida qIlmiy va madaniy merosi. Ulugʻbek Oʻrta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng buyuk ishi — Samarkand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. Ulug’bekning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. Ulug’bek Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (q. Ulugʻbek rasadxonasi).
Ulugʻbek akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchshsh Ulug’bek “Ziji”ning soʻzboshisida “farzandi arjumand”, yaʼni “aziz farzandim” deydi. Aslida u Ulug’bekning sadoqatli shogirdi boʻlib, “Zij” ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.
Ulugʻbek Samarqandda 2 ta Madrasa: biri — Registon ansambli tarkibida va 2si Goʻri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boshqa yirik olimlar qatorida Ulugʻbekning oʻzi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba maʼruza oʻqigan. Boshqa vaqtini koʻproq astronomik kuzatishlarga, “Zij” ustida ishlashga va davlat ishlariga bagʻishlagan. (q. Ziji Koʻragoniy).Ulugʻbekning yana bir matematik asari “Risolai Ulugʻbek” deb ataladi va uning 1nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi, hali oʻrganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir.Ulugʻbek merosini oʻrganish. Fan va madaniyat tarixida soʻnmas iz qoldirgan Ulugʻbekning ilmiy merosi uning “Zij”idir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qoʻllanilgak matematik usullari boʻyicha oʻrta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali boʻlganligi uchun avvalambor u musulmon mamlakatlaridagi olimlarning diqqatini jalb qilgan. “Zij”ga ilk sharhni Ulugʻbekning shogirdi Ali Qushchi “Sharhi Ziji Ulugʻbek” nomi bilan yozgan.Usha 15-a.ning oʻzida qohiralik munajjim Shamsiddin Muhammad asSufiy alMisriy “Tashil Ziji Ulugʻbek” (“Ulugʻbek “Zij”ini osonlashtirish”) nomli asar yozib, unda Ulugʻbek jadvallarini Qohiraning geografik kengligiga moslashtirdi. AlMisriy oʻzining “Taqvim alkavokib assabʼa” (“Yetti sayyoraning taqvimlari”) va “Jodavil almahlul assani ala usul Ulugʻbek” (“Ulugʻbek usuliga koʻra ikkinchi yechimlar jadvali”) nomli yana 2 asarida Ulugʻbek “Zij”iga murojaat qiladi.
Suriyalik olim Zayniddin alJavhariy asSolihiy (15-a.) “AdDurr annozil fi tashil attaqvim” (“Taqvimni soddalashtirishda nozil boʻlgan durlar”) nomli asarida Ulugʻbek “Zij” ini qayta ishlagan.
Ulugʻbek “Zij”iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining eng soʻnggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525 y.v.e.) 1523 y. yozib tugatilgan “Sharhi Ziji Ulugʻbek” asaridir. Birjandiy oʻz “Sharh”ida mufassal va aniq raqamlar bilan bayon qilib, “Zij”ning sirlarini ochadi. Ulug’bekning koʻplab jumlalarini u chizmalar bilan tushuntirib isbotlagan.
Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy (1525 y.v.e.) “Zij”ga sharh yozib, uni “Dastur alamal va tashih aljadval” (“Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilishi”) deb atagan.
Eronlik olim Gʻiyosiddin Mansur alhusayniy ashShiroziy (1542 y.v.e.) “Zij”ga “Risola dar taʼniq Ziji Ulugʻbek” (“Ulugʻbek “Zij”ini aniklashtirish haqida risola”) nomli sharh yozgan.
16-a.ning 2yarmi va 17—18-a.lardagi qator musulmon olimlari “Zij”ga sharxlar yozdilar va uni qayta ishlab oʻz zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ashShomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-a.), misrlik Abdulqodir alManufiy ashShofiʼiy (16-a.), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589 y.v.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637 y.v.e.), hind Farididdin Dehlaviy (1629 y.v.e.), turk Muhammad Chalabiy (1640 y.v.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710 y.v.e.), Dogʻistonlik Damodon alMuhiy (1718 y.v.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.
Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida oʻrin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni Muxammadshohning (1719—48) farmoni bilan Ulugʻbek rasadxonasidagi jihozlarning taʼriflariga koʻra, Dexli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi. Soʻng u homiylik qilgan sultonga atab “Ziji Muxammadshohiy” asarini yozgan va unda Ulugʻbekning baʼzi jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. T.N. QoriNiyoziy va dushanbelik G. Sobirovlar Savay Jay Singhning asari bilan Ulug’bek “Zij” orasidagi bogʻliqlikni oʻz ishlarida koʻrsatganlar.
Ulugʻbekning nomi Yevropada va umuman Gʻarb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari maʼlum boʻlgan. Yevropa Amir Temur va uning oila aʼzolari haqida 1boʻlib Samarqaidga 1403—05 y.lar sayohat qilgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixodan eshitgan. Klavixoning “Kundaliklar”i 1582 y. Sevilyada va 1607 y. Parijda nashr etilganidan soʻng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila aʼzolari bilan qiziqqanlar. Ulugʻbek nomi 17-a. boshidanoq (1601 y.dan) Amir Temurga bagʻishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.
Bevosita Ulugʻbekka bagʻishlangan Yevropadagi 1nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) qalamiga oid. Uning 1648 y. nashr etilgan asarida Ulugʻbek yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta yulduz) ilova qilingan. 1665 y. yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636—1703) Grivs bilan bogʻlanmagan holda “Zij”dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotincha tarjimada nashr etgan.
1690 y. Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy chop ettirgan “Yulduzlar osmonining atlasi”dagi ikkita gravyurada oʻsha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulugʻbekka faxrli oʻrin bergan, unda Ulugʻbekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Richchioli, Vilgelm IV va oʻzining jadvallari bilan solishtirgan. 1711 y. Oksfordda Ulugʻbekning geografik jadvali 3marta nashr etilgan. 1807 y. oʻsha yerda bu jadval yangi grek tilida ham nashr etilgan. 1725 i. ingliz astronomi D. Flemetid (1646—1719) Ulugʻbekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Vilgelm IV, Yan Geveliy va oʻzining jadvallari bilan birga nashr etgan. 1767 y. ingliz G. Sharp Ulugʻbekyulduzlar jadvalining T. Xayd nashrini kayta nashr qilgan. 1843 y. ingliz F. Beyli (1774—1844) shu nashrni yanada takomillashtirib, 3nashrni amalga oshirgan. Fransuz sharqshunosi L .A. Sediyo (1808—76) 1839 y. Ulugʻbek “Zij”idagi astronomik jadvallarning bir qismini nashr etgan. 1917 i. amerikalik olim E. B. Nobl Ulugʻbek “Zij” idagi yulduzlar jadvalini 27 qoʻlyozma asosida tanqidiy matnini , 1927 y. K. Shoy “Zij”ning trigonometrik jadvalini nashr etgan. Ulugʻbek “Zij”i Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega boʻldi. 18-a.ning 1yarmida Peterburg akademiyasida Ulugʻbek “Zij”i maxsus muhokamada boʻlgan va olimlar J.N. Delil (16881768), G. Ya. Ker uni tarjimasiga kirishganlar, lekin ish oxiriga yetkazilmagan.
1908—09 y.lar V.L. Vyatkin Ulugʻbek rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi — kvadrantini kavlab topgandan soʻng , Samarkand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqish boshlanadi. Natijada 1918 y. V. V. Bartoldiint “Ulugʻbek va uning davri” asari nashr etilgan.Sovet davrida Ulugʻbekning xayoti va ijodi bilan mamlakat jamoatchiligini tanishtirish boʻyicha T.N. QoriNiyoziy koʻp saʼyharakat qilgan. Ulugʻbek ijodini targʻib qilishda Gʻ. Jalolov va V. P. Shcheglovlarning nashrlari ham diqqatga sazovordir. 20-a.ning 80-y.lari boshiga kelib Ulug’bek “Zij”ining toʻliq va mukammal holda, ilmiy izoxlar bilan taʼminlangan tarjimasini A. Axmedov 1994 y. amalga oshirib, nashr ettirdi.Yaqin yillargacha Ulugʻbek faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin 20a. oxirida uning ijodi serqirra boʻlib, u tarix, sheʼriyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy” asarida “Mirzo Ulugʻbek tarixnavis donishmand (va) “Toʻrt oʻlus” (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi”, deb yozgan. Ulugʻbekning turkiyda yozgan “Tarixi arbaʼ ulus” (“Toʻrt ulus tarixi”) asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13— 14-a. lar 1yarmidagi siyosiy hayotini oʻrganishda muhim manbadir.Mashhad binolarining birida Ulugʻbek qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:Harchand mulki husn ba zari nigin tustShoʻxi makun ki chashmi bidon dar kamintust.Maʼnosi:Harchand husn mulki sening hukmingda boʻlsa ham,Shoʻxlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen.Navoiyning “Majolis unnafois” va Abu Tohirxojaning “Samariya” asarlarida ham uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Ulugʻbek tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob boʻlgan.Alisher Navoiy “Xamsa” asarida Ulugʻbek ni uluglab, shunday yozgan edi: Temurxon naslidan Mirzo Ulugʻbek, Ki olam koʻrmadi sulton aningdek, Ki davr ahli biridin aylamas yod, Aning obnoyi jinsi boʻldi barbod. Valek ul ilmi sari topdi chun dast, Koʻzi oldinda boʻldi osmon past. Rasadkim bogʻlamish — zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur, Bilib bu nav ilmi osmoniy, Ki ondin yozdi “Ziji Koʻragoniy“.Uzoq va yaqin oʻtmish mualliflari (Darvishali Changiy, Fitrat va b.)ning taʼkidlashicha, Ulugʻbek yoshligidan oʻzga fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.
Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi 1994 y. aprelda Parijda, okt.da Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar oʻtkazildi. Shu yili Toshkentda Ulugʻbekka haykal oʻrnatildi.
XULOSA
Ulugʻbek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferenszallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug’bekning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda Oʻzbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, koʻcha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bogʻi, shaharcha Ulugʻbek nomi bilan ataladi. Fargʻona pedagogika universitetiga, Samarqand arxitekturaqurilish institutiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va b.ga Ulug’bek nomi berilgan. Mirzo Ulug’bek fojiasi xaqida aslida qancha gapirsam ham kam. Yuqoridagi qatnashuvchilar bilan bo’lgan fojia juda achinarli. Men bu kitobni o’qiyotganimda ko’zlarimda yosh bilan o’qidim desam mubolag’a bo’lmaydi. Bu kitobni o’qib ozim uchun ancha xulosa oldim va bizning bobomiz Mirzo Ulug’bek kim bo’lganini, biz aynan unga qarab intilishimiz ilhomlanishimiz kerakligini tuhunib yetdim. O’zimga kerakli xulosalarni chiqarib oldim
Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi.Shohrux vafoti (1447, 12 mart)dan keyin Ulugʻbekning katta oʻgʻli Abdullatif voris sifatida Temuriylar hukmdori boʻlib qoladi. Lekin Shohruxning qattiqqoʻl xotini Gavharshod begim bu haqda oʻz fikriga ega edi. U Shohrux davrida Temuriylarning poytaxti boʻlib qolgan Hirot taxtiga marhumning 3oʻgʻli boʻlmish Boysungʻur mirzoning oʻgʻli va suyukli nabirasi Alouddavla mirzoni oʻtqazish tarafdori edi. Gavharshod begim Hirot taxtiga Alouddavlani oʻtqazganini Ulug’bekka nisbatan isyon deb qaralmogʻi kerak edi. Shuning uchun Ulugʻbek 1448 y. bahorida Abdullatif bilan birgalikda 90 ming askar bilan Xurosonga kelib, Hirot yaqinida boʻlgan jangda Alouddavlani tormor qiladi. Gʻalaba Abdullatifning shaxsiy shijoati va lashkarboshilik isteʼdodi tufayli erishilgan boʻlsa ham, Ulug’bek Fathnomani kichik oʻgʻli Abdulaziz nomidan eʼlon qiladi. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qalʼasi va uning ichidagi boyliklarini ham Ulug’bek Abdulazizga beradi. Shundan soʻng Ulug’bek bilan Abdullatif oʻrtasidagi munosabat ochiq dushmanlik tusini oladi.Ulugʻbek Samarqandda Abdulazizni qoldirib, lashkar bilan katta oʻgʻliga qarshi jangga yuradi. Abdullatif ham oʻz lashkari bilan Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala lashkar ham daryoning 2 soxilida uzoq muddat turib, suvni kechib oʻtishga botinmaydi. Bu orada Ulugʻbek, Abdulaziz lashkardagi amirlarning oilalarini taʼqib etayotir, — degan xabarni eshitib, Samarqandga qaytib kelishga majbur boʻladi va shahar aholisining Abdulazizga qarshi isyon koʻtarganining guvohi boʻladi. Tezda shaharni tartibga keltirib, yana Abdullatifga qarshi jangga yoʻllanadi, lekin Samarqand yaqinida undan magʻlubiyatga uchraydi.
Oradan koʻp oʻtmay, Ulugʻbek Abdullatif buyrugi bilan qatl etiladi. Uning jasadi Goʻri Amir maqbarasiga dafn etilgan (q. Amir[ Temur maqbarasi]).Ulugʻbek otasi Shoxrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil boʻlgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik munosabatlari olib borgan. Ulugʻbek davrida Samarkand sh. yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, meʼmorlik, adabiyot, umuman ilmfan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), Gʻijduvonda (1432—33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Madrasalarda diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar ham oʻqitildi, koʻproq aniq fanlarga ahamiyat berildi. Bibixonim masjidi, Amir[Temur maqbarasi], Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazildi. Bundan tashqari, mamlakatda koʻplab jamoat inshootlari (karvonsaroy), tim, chorsu, hammomlar va b. ham bunyod etilgan (Ulug’bek davridagi Movarounnahrdagi ichki va tashki siyosat, elchilik aloqalari, pul islohotlari, iqtisodiy, madaniy holat haqida qIlmiy va madaniy merosi. Ulugʻbek Oʻrta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng buyuk ishi — Samarkand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. Ulug’bekning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. Ulug’bek Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (q. Ulugʻbek rasadxonasi).

Foydalanilgan manbalar

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Mirzo_Ulug%CA%BBbek

  2. https://fayllar.org/birinchi-qism.html?page=14

  3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Shayxzoda

  4. https://kun.uz/uz/41453220

  5. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/kitob-uqishning-foydalari

  6. https://staff.tiiame.uz/storage/users/452/presentations/UnTDaXRdraJoRlYZME46Hiq3eLTDjuHqYSyMPWNp.pdf

  7. http://jahongir21.blogspot.com/2015/04/mirzo-ulugbek-haqida.html




Download 47.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling