Mirzo Ulug'bek tragediyasida shaxs fojeasi talqini
Download 28.18 Kb.
|
Mirzo Ulug\'bek tragediyasida shaxs fojeasi talqini
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH O’zi aslida tradegiya nima degan savolga javob topsak. Tragediya
- Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda Maqsud Shayxzoda
- Foydalanilgan manbalar
Mirzo Ulug'bek tragediyasida shaxs fojeasi talqini Mundarija KIRISH....................................................................................2 1-B0B. Mirzo Ulug’bek va “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi xaqida. Mirzo Ulug’bek kim?........................................................6 “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi...........................................12 2-BOB. “Mirzo Ulug’bek” shaxs fojeasi. 2.1 “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi qahramonlari.......................14 2.2 “Mirzo Ulug’bek” fojea talqini............................................17 2.3 “Mirzo Ulug’bek” kitobining bizga foydasi.........................19 Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................20 KIRISH O’zi aslida tradegiya nima degan savolga javob topsak. Tragediya („qoʻshiq“ soʻzlaridan soʻzma-soʻz — „echki qoʻshigʻi“), fojea — adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari oʻtkazilgan. Bu bayramlarda echkilar soʻyilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomoshalarini koʻrsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu soʻz oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qoʻllanila boshlagan. Tragik asar, yaʼni tragediyanining boshqa sahna asarlari (komediy, drama, monodrama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular oʻrtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojiaviy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama — qarshilik, toʻqnashuv) kuchliligi, personajlar oʻrtasidagi konfliktning oʻta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, gʻoyatda keskin ziddiyat zaminiga qurildi. Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida koʻrsatiladi. Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini koʻtarib chiqadi. Ijobiy qahromon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit oʻrtasidagi ziddiyat tragediyanining asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni eʼzozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning oʻlimi bilan tugaydi. Biroq bu qaygʻuli, faqat koʻzyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg koʻzda tutgan ezgu gʻoyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yoʻgʻrilgan ijtimoiy ruhning gʻolib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida oʻzlarining kaltabinliklari, maʼnaviy tubanliklari, taraqqiyot dushmanlari ekanlari kabi xislatlarini fosh etadilar. Fojiaviy sahna tomoshasi soʻngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham maʼnaviy oʻlimi bilan tugaydi. Oʻzbek adabiyotida tragediyaning goʻzal namunalari Mahmudxo'ja Behbudiy — „Padarkush“, Abdurauf Fitrat — „Abulfayzxon“, Maqsud Shayxzoda — " Jaloliddin Manguberdi " " Mirzo Ulug'bek " tomonidan yaratildi. Ushbu asarlar oʻzbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi. “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasini yozgan Maqsud Shayxzda xaqid ham biroz gapirsak. Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda Maqsud Shayxzoda— shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. O’zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Bokudagi doril-mualliminni tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi l-bosqich ozarbayjon maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928-yil fevralda Toshkentga surgun qilingan. Sh. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq ftida qisqa muddat oʻqigani (1928)dan keyin „Sharq haqiqati“ (1929—32), ʻʻQizil Oʻzbekistonʼ’, ʻʻYosh leninchi’’ gaz.lari (1932), „Guliston“ jur. (1933—34) tahririyatlarida xizmat qilgan. 1933-yil Bokudagi ped. intining barcha kurslari uchun imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni paytda Til va adabiyot intida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938-yildan umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi ped. Intlarida oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan. Mirzo Ulug’bek kim? Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. 1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi. Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi. Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazardi. Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiy va boshqalar yashagan. Ular insoniyat aqli, fanning kuchiga ishongan o‘z davrining ilg‘or shaxslari bo‘lishgan. 1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan. Ammo Ulug‘bekning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Ulug‘bek hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, rasadxona qurilishi 1428-1429 yillan yakunlangan. Rasadxona o‘z davrining nodir binosi bo‘lgan. Yer silkinishiga bardoshli bo‘lishi uchun bino qurilishi uchun Qo‘hak tepaligining toshli etagi tanlangan. Uchburchaklar bilimida esa Ulugʻbek soya va tanjont qimatlarini sakkiz oʻnlik kasr va sakkiz xona aʼshoryagacha aniq belgilagan. Ulugʻbek davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob boʻlgan. U 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulugʻbek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan. Otasi Shohrux Mirzo oʻlimidan keyin Ulugʻbek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Boysunqur Mirzo Hirotdagi Temuriylar hukmdorligiga daʼvogarlik qilgan edi. Murgʻobda boʻlib oʻtgan ushbu toʻqnashuvda Ulugʻbek gʻolib boʻlib Hirot tomon harakat qildi, ammo Alauddavlaning akasi Mirzo Abul Qosim Babur bilan boʻlgan toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabrning 27-sanasida, yaʼni 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirildi. Ulugʻbekning yaqinlaridan biri Abdulloh, uni Samarqandning Amir Temur maqbarasi ziyoratgohida keltirgan. 1830-yilda osmon Yulduzshunoslari Johann Heinrich von Mädler oyda bor boʻlgan kraterlarning birini Ulugʻbek nomiga musammo qildi. “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi 1960-yilda yozgan «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasida buyuk o‘zbek astronomi va ma’rifatparvar podshosi obrazini o‘zbek adiblaridan birinchi bo‘lib yaratdi. Shayxzodaning o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub “Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi. Sentyabr oyida ilk bor namoyish etilgan mazkur sahna asari san'atshunoslar, ijodkorlar, san'at muxlislari tomonidan samimiy kutib olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Bu gal “Mirzo Ulug‘bek” spektaklini tomosha qilish uchun taniqli san'at va sport namoyandalari, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar O‘zbek Milliy akademik drama teatriga keldi. Mazkur tarixiy spektaklda buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bekning olim, ilm-fan homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari, mashaqqatli hayoti, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgani aks ettirilgan. Spektakl rejissyori – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Olimjon Salimov. Rassom – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Baxtiyor To‘rayev. Spektaklda bosh rollarni O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari Erkin Komilov, Yayra Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fatxulla Ma'sudov, Behzod Muhammadkarimov, Lola Eltoyevalar mahorat bilan ijro etgan. Menga “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi ham spektakili ham juda yoqadi. Men ayniqs spektakilini sevib tomosha qilaman. 2.1 “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasi qahramonlari Qatnashuvchilar: Mirzo Ulug‘bek ibn Shohrux – buyuk olim, Movarounnahr hukmdori; 56 yoshda. Abdullatif Mirzo – uning o‘g‘li; 30 yoshda. Ali Qushchi – Ulug‘bekning shogirdi va mahrami. Astronom; 35 yoshda. Sakkokiy – mashhur shoir. Ulug‘bekning do‘sti; 45 yoshda. Shayxulislom Burhoniddin – zamonaning taraqqiyparvar ula- molaridan; 65 yoshda. Abbos – Sayid Obidning o‘g‘li. Abdullatifning mahrami; 28 yoshda. Abdurazzoq Samarqandiy – mashhur tarixchi; 35 yoshda. Bek Arslon – sardor; 50 yoshda. Mavlono Shamsiddin Muhammad Miskin – Samarqand qozi- si; 70 yoshda. Piri Zindoniy (Hasan ohangar) – mahbus; 80 yoshda. Berdiyor – Ulug‘bekning navkari; 35 yoshda. Ota Murod – dehqon; 67 yoshda. Chin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari. Amir Temurning arvohi. Samarqand. Go‘ri Amir. Temurning maqbarasi. U l u g‘ b e k kirib keladi, orqasida mash’al ko‘targan ikki m a h r a m. U l u g‘ b e k “Mirzo Ulug’bek” fojea talqini Mirzo Ulug’bek fojiasi xaqida aslida qancha gapirsam ham kam. Yuqoridagi qatnashuvchilar bilan bo’lgan fojia juda achinarli. Men bu kitobni o’qiyotganimda ko’zlarimda yosh bilan o’qidim desam mubolag’a bo’lmaydi. Bu kitobni o’qib ozim uchun ancha xulosa oldim va bizning bobomiz Mirzo Ulug’bek kim bo’lganini, biz aynan unga qarab intilishimiz ilhomlanishimiz kerakligini tuhunib yetdim. O’zimga kerakli xulosalarni chiqarib oldim. Menga kitobning shu qismi ko’proq yoqadi: U l u g‘ b e k Bu va’daga ahd-u paymon qilasizlarmi? Abdullatif odamlari Ont ichamiz, ahd etamiz, bahaqqi Xudo! U l u g‘ b e k Bilib qo‘ying, bu qasamni buzsangiz agar, Qayda bo‘lmay, men o‘zimman sizga da’vogar. Tangri sizni osiy sanar, el sharmanda der, Tarix sizga la’nat o‘qir. Abdullatif odamlari Qasam ichamiz! U l u g‘ b e k Bugun barcha vasiqalar yozilib bo‘lur, Imzo uchun madrasaga kelsin elchingiz. Alvido, taxt va saltanat iztiroblari! 14
Majlis tamom. Ahli parda, sizlarga ruxsat. Abdullatif odamlari chiqib ketadilar. U l u g‘ b e k Bugun oqshom Samarqanddan chiqib ketamiz. Devonbegi va Bek Arslon, borib shu topda Ot va navkar, pul-ozuqa tadbirin ko‘ring! 2.3 “Mirzo Ulug’bek” kitobining bizga foydasi. Bu kitbning biz uchun foydalari juda ham juda ham katta. Biz buni faqatgina tushunib yetishimiz kerak. Mirzo Ulug’bekning jasoratidan bilimidan sabrliligidan o’rnak olishimiz zarur.Barcha narsani bizga kitob beradi. Bilimni ham, ilmni ham hamma hamma narsani kitob berar ekan, nega biz kitob o’qimaymiz nega chet elning kitoblariga qiziqamiz to’g’ri unday kitoblarni ham o’qish kerak lekin avval o’z davlatining millatining yozuvchilarini ularning kitoblarini o’qish kerak. Ana o’sha kitoblarda bizning buyuk allomalarimiz xaqida yozilgan. Bobolarimiz kim ekanligini ular qanday ishlar qilsihganini, vatanini qanday sevishganliklarini, qanchalik ilmga chanqoq bo’lganlarini bilaylik. Kimning avlodi ekanligimizni anglaylik va shunga yarasha ish ko’raylik... Foydalanilgan manbalar https://uz.wikipedia.org/wiki/Mirzo_Ulug%CA%BBbek https://fayllar.org/birinchi-qism.html?page=14 https://uz.wikipedia.org/wiki/Shayxzoda https://kun.uz/uz/41453220 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/kitob-uqishning-foydalari https://staff.tiiame.uz/storage/users/452/presentations/UnTDaXRdraJoRlYZME46Hiq3eLTDjuHqYSyMPWNp.pdf http://jahongir21.blogspot.com/2015/04/mirzo-ulugbek-haqida.html Download 28.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling