Mirzo Ulug’bekni tarix sahnasiga kirib kelishi

Download 249.35 Kb.
bet4/6
Sana22.12.2022
Hajmi249.35 Kb.
#1042888
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mirzo ulugbek

U o‘zining qariyb 40 yillik hukmdorligi davrida Movarounnahrning bir necha shaharlarida madrasalar, masjidlar, kutubxonalar, ariq va yo‘llar qurdirdi. Bugunga qadar saqlanib qolgan ayrim tarixiy obidalar va ilmiy meros namunalari Ulug‘bek davrida ilm, madaniyat ravnaqi yuqoriligidan guvohlik berib turibdi.1420 yili o‘z faoliyatini boshlagan Mirzo Ulug‘bek madrasasida, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy ta’biri bilan aytganda, «...olimlarning dunyo bo‘yicha o‘z ilmining ustolaridan 70dan ortig‘i...» talabalarga o‘nlab dunyoviy fanlardan dars berganlar va o‘z ilmining amaliyotlarini rasadxonada tekshirib ko‘rganlar. Bu Ulug‘bekning Samarqanddagi haqiqiy universiteti, akademiyasi bo‘lib, bugungi kundagi ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarining, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining tarixi bilan mushtarakdir.

Hujralarda namoyish qilinayotgan ekspozitsiyalar O‘zbekistonda ta’lim tizimining naqadar chuqur tarixga ega ekanligini isbotlab turibdi. Garchi Mirzo Ulug‘bek shaxsi va uning ilmiy merosi shu vaqtga qadar butun dunyoda o‘rganib kelinsa-da, lekin hali ochilmagan qirralari, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning e’tibordan chetda qolgan jihatlari kabi masalalar talaygina.Xalqaro konferentsiyada shu kabi masalalar muhokama qilindi. Anjuman qatnashchilari uchun viloyat hokimligi nomidan tantanali qabul marosimi o‘tkazildi.«MIRZO ULUG’BEK» FOJIASI HAQIDAQadrli o'quvchilar! Siz dramadan olingan olim va hukmdor Mirzo Ulug'bek hayotining eng xushnud va hasratli manzaralari aks etgan adabiy parchalar bilan yaqindan tanishdingiz. Tarixdan ma'lumki, temuriylar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri bo'Igan Mirzo Ulug'bek (asl ismi Muhammad Tarag'ay)ning taqdiri hozirgi kungacha kishilarni hayratga solib kelyapti. Darhaqiqat, tadbirkor davlat rahbari, adolatli shoh, ilm-fanda yuksak cho'qqilarni egallagan inson, mislsiz ilmiy qobiliyat Mirzo Ulug'bek shaxsida mujassamlanishi hayratlanarli hoi. Shundan bo'lsa kerak, hazrat Navoiy sultonlar orasida uni ulkan daho sifatida baholaydi. Umuman, temuriyzodalar orasida bunday aql sohiblari ko'p uchraydi (Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Boyqaro kabi).

Alisher Navoiy o'zining «Majolis un-nafois» asarining yettinchi majlisini temuriylarga mansub shoirlar, sakkizinchi majlisini yana bir temuriyzoda - Sulton Husayn Boyqaroga bag'ishlagani bejiz emas.Mirzo UJug'bek - Amir Temurning suyukli nabirasi, ya'ni to'rtinchi o'g'li Shohrux Mirzoning farzandi, u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan. Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy ma'lumotlarni ko'plab keltirish mumkin. Bu ishni tarixchi olimlarimizga qo'yaylik-da, suhbatimizni yuqorida siz tanishib chiqqan drama voqealari xususida davom ettiraylik. Ushbu sahna mazmunidan ma'lum bo'lganidek, ulug' adibimiz Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko'rgani,dramani yozishda behisob ilmiy-tarixiy manbalarga tayangani ko'rinib turibdi. Adib asarda Ulug'bek yashagan davrni, u hukmronlik qiigan saroy muhitini ko'z o'ngimizda yaqqof gavdalantirgan. Mirzo Ulug'bek hayotida ko'p voqealaryuz bergan.

Download 249.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling