Mirzoxidov mirjalolning "jahon tarixi" fanidan "turkiya respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayotida
Download 300.72 Kb. Pdf ko'rish
|
304- guruh Mirzoxidov Mirjalol-Turkiya 80-90 yillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIX YO‘NALISHI 3-BOSQICH 304-GURUH TALABASI MIRZOXIDOV MIRJALOLNING “JAHON TARIXI” FANIDAN
- III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIX YO‘NALISHI 3-BOSQICH 304-GURUH TALABASI MIRZOXIDOV MIRJALOLNING “JAHON TARIXI” FANIDAN “TURKIYA RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA ISLOM OMILI (XX ASRNING 80-90-YILLARI)” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI ANDIJON – 2022 2 I. Kirish II. Asosiy qism 1. Turkiya siyosiy tizimida islom omili. Diniy tariqatlar va islomiy oqimlar faoliyati 2. Turkiya ijtimoiy tizimida islom omili, ijtimoiy–siyosiy islohotlar va uning diniy hayotga ta`siri 3. Turkiya madaniy va ma`rifiy hayotida dinning o`rni va roli III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar 3 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat tamaddunining va kishilik jamiyatining barcha kulminatsion voqealari XX asrda yuz bergan desak adashmaymiz. Bu davrda inson omili–gumanistik g`oyalar yuqori darajaga ko`tarilgan bir davr bo`ldi. Barcha islohotlar inson uchun degan tushunchalar keng tarqala boshladi. Bu masalalarni hal etish yo`lida turli mafkuraviy oqimlar va diniy e`tiqodlar, konsepsiyalar o`rtaga chiqdi. Ana shu jihatlari va daqiq joylarini tahlil qilish uchun tarixiy jarayonlarni o`rganib chiqish maqsadga muvofiq ishdir. Tarix ilmi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy hayotning tahlilchisi sifatida jamiyat taraqqiyotining muhim hodisalarini ibrat tarozusida o`lchaydi. Shu sabab tarixga nazar tashlab xulosa chiqarish va ibrat olish katta foydali va hayrli ish ekanligini dono ajdodlarimiz alohida ta`kidlaganlar. O`tmishni tadqiq etishni va o`zbek xalqining asl tarixini qaytadan yaratish muhim deb hisoblagan hukumatimiz prezident boshchiligida 1998-yil 26-iyunda bir guruh tarixchi olimlar va ziyolilar bilan o`tkazgan uchrashuvidan keyin tarixni o`rganishda yangi sahifalar ochildi. Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, “hech bir xalq o`tmishini bilmay turib, o`zining zamon va makondagi o`rnini aniq belgilab olmasdan, nasl-nasabini, kimligini bilmay turib keyingi kelajak rejalarini barpo etishi mumkin emasligini aytib, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” –deb ta`kidlagan edilar” 1 . Ma'lumki, o`tmishda o`zbek xalqi turkiy qavmlar bilan bir safda turib o`z davlatchiligini qurgan. Mazkur xalqlar bilan bir necha marotaba o'zbek xalqi yagona bir davlat ostida jam bo`lib hayot kechirishgan va shu asnoda turk millati bilan o`zbek xalqi o`rtasida bir-biriga bog`liqlik va chambarchas rishtalar bilan uzviylik mavjudligi haqida so`zlaydigan bo`lsak mubolag`a bo`lmaydi. Shu sabab, qardosh Turkiya Respublikasi bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini saqlab, ular bilan o`zaro manfaatli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirish uchun bu ikki davlat tarixi va unda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to`laqonli o`rganib tahlil qilish, hamda undan to`g`ri yechimlar chiqarish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mavjud globallashuv sharoitida jahon mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy harakatlar faoliyati, ayniqsa diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm avj olgan bir paytda turli mamlakatlardagi jarayonlarga diniy tus berilishi kuchayib bormoqda. Shu qismatni boshida o`tkazgan Turkiya Respublikai ijtimoiy-siyosiy hayotida ham din omili muhim o`rin tutadi. Ayni jihatlarni o`rganish va sabab va oqibatlarini yuzaga chiqarish – muammolarga yechim topishda asqotadi. Kishilik jamiyatida mafkura chegara bilmasligini inobatga olgan holda, kerakli xulosa chiqarganlar va rivojlanishning samarali yo`lini tanlaganlar taraqqiyot sari ketayotgan xalqning, millatning an`ana va qadriyatlarini, o`zligini hamda ibratli o`tmishini asrab qoladi. Hususan, shu qatorda yuqoridagi omillar sabab davlatning yaxlitligi va millat, elat 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак ёъқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 11. 4 birligini saqlash ham butun dunyoda muammo sifatida ko`rilmoqda. Dunyoda kishilik jamiyat ongini isloh qilish yoki fikrlar ustidan ommaviy manipulyatsiya3 qilishni nazarda tutgan mafkuralar, falsafiy konsepsiyalar, ijtimoiy oqimlar va turli diniy aqidalar kurash maydoniga chiqqan. Lekin ularning hammasi ham ko`zlangan maqsadga erishishmagan. XX asrning oxirgi dekadalarida Turkiyada mamlakat hayotini uch sohasida jiddiy o`zgarishlarga uchradi. Birinchidan, jamiyat dunyoqarashini o`zgarishi, ikkinchidan, "sovuq urush" tugagach xalqaro munosabatlarda Turkiya egallab turgan pozitsiyasini o`zgarishi, uchinchidan, ichki siyosatda islom omilini o`sishini alohida olib ko`rsatish mumkin. Shu asosda tadqiqotning xronolik davri XX asrning 80-90- yillarlarini o`z ichiga oladi. Bu davrda aynan islomiy shiorlar bilan ilk diniy partiyalarni yuzaga kelishi va diniy omilning kuchayishi bilan bog`liq. Download 300.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling