Mirzoxidov mirjalolning "jahon tarixi" fanidan "turkiya respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayotida
Download 300.72 Kb. Pdf ko'rish
|
304- guruh Mirzoxidov Mirjalol-Turkiya 80-90 yillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsad va vazifalari
Mavzuning obyekti va predmeti. Ushbu dissertatsiya ishida Turkiya
ijtimoiy-siyosiy hayotiga din omilini qay darajada o`rnashganligi, diniy va dunyoviylik prinsiplari o`rtasidagi ziddiyatlarlar, fuqarolar orasida dinning mavqeyi, mamlakat siyosat olamida va hokimiyat organlarida dinning roli tadqiqotimizning obyektidir. Shu qatorda ,Turkiya ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta`sir etuvchi barcha diniy omillar, hususan: – siyosiy partiyalarga diniy unsurlarini kirib borishi; – mamlakat aholisini o`rta qatlamida diniy munosabat shakllari; – diniy ta`lim; diniy siyosiy kuchlarni hokimiyatga intilishida diniy sekta va tariqatlar va diniy oqim, tariqat liderlarining o`rnidir. Mavzuning maqsad va vazifalari. Kurs ishidan ko`zlangan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat: – terminologiyada paydo bo`lgan "siyosiy islom" atamasiga tadqiqot asnosida izoh berish; – Turkiya Respublikaida XX asr 80-90- yillarda ijtimoiy-siyosiy tizimida islom omilini ta`sirini aniq faktlar asosida yoritib berish. Istiqlol davrida hayotimizga kirib kelgan demokratik tamoyillar, oshkoralik, yangicha dunyoqarash handa yangicha fikrlash, milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimovning ma`ruzalari va asarlarida ilgari surilgan milliy mafkura g`oyasi, mustaqillik mafkurasi, halol holislik, haqqoniylik, ilmiylik va tanqidiylik tamoyillari asosida dissertatsiya ishiga yondashish mazkur tadqiqotning uslubiy asoslarini tashkil etadi. Mazkur dissertatsiya ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, hozirgi kunda mafkuraviy va diniy kurashlar avj olgan bir paytda bir chetdan turib kuzatuvchi sifatida Turkiya Respublikaida XX asrning 80-90-yillarda ijtimoiysiyosiy tizimida islom omilini holis va haqqoniy baho berish, muammolarni anglamagan shaxslarga mavzu borasida keng tushuncha bergan holda barchaga ishning mohiyatini ayon etishdir. Zero, qimmatli ma`lumotlarni jam qilgan holda o`quvchini masala borasida maksimal ilmni yetkaza olish mukammallikni yuzaga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling