Mis / Cuprum (Cu)
Download 282.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Mis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy xossalari
- Termodinamik xossalari
- Kristall panjarasi
- Bu sahifa oxirgi marta 19-Mart 2019, 15:12 da tahrir qilingan.
Mis / Cuprum (Cu) Atom raqami 29 Ko
Qizg ʻish
yumshoq metall
Atom xossasi Atom massasi (molyar massasi) 63,546 m. a. b. (g/mol) Atom radiusi 128 pm Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) 745,0 (7.72) kJ/mol (eV) Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d 10
1 Kimyoviy xossalari Kovalentlik 117 pm
Ion radiusi (+2e) 72 (+1e) 96 pm Elektrmanfiylik (poling bo ʻyicha)
1,90 Elektrod
potensiali 0 Oksidlanish darajasi 2, 1
Termodinamik xossalari Zichlik
8,96 g/sm³ Solishtirma issiqlik sig ʻimi
0,385 J/(K·mol) Issiqlik
o ʻtkazuvchanlik 401 Vt/(m·K) Erish harorati 1 356,6 K Erish issiqligi 13,01 kJ/mol Qaynash harorati 2 840 K Qaynash issiqligi 304,6 kJ/mol Molyar hajm 7,1 sm³/mol
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan Panjara davri 3,610 Å
Panjara/atom nisbati
n/a Debye harorati 315,00 K
Vikipediya, ochiq ensiklopediya Mis (lot. Cuprum — Kipr o. nomidan olingan), Si — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 29,atom massasi 63,546. Tabiiy Mis ikkita barkaror izotop 63Si(69,1%) va 65Si(30,9%)dan iborat. Sun ʼiy radioaktiv izotoplardan 61Cu, MCu muhim. Mis — qadimdan ma ʼlum metallardan. Qadimda Mis rudasini Kipr o.dan kazib olingan, shuning uchun uni o.ning nomi bilan Cuprum deb atalgan. Mis tabiatda nisbatan kam tarqalgan. Yer pustining massa jihatdan 4,7-10~3% ini tashkil qiladi. Mis tarkibida ba ʼzan
temir, kumush, kamdankam oltin bo ʻladi. Misning koʻp sonli minerallari (250 dan ortiq) orasida xalkopirit CuFeS 2 , xalkozin Cu 2 S, kovellin CuS, bornit Cu 5 FeS
4 , malaxit CuCO,Cu(OH) 2 , kuprit Si2O, xriza-kolla CuSiO 3 2H 2 O va boshqa ahamiyatlidir. Mis yumshoq, chuziluvchan, bolg ʻalanuvchan kizgʻish metall. Zichligi 8,96 g/m³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 1083°, qaynash temperaturasi 2567°, Moos bo ʻyicha qattikligi 3,0. Mis issiklik va elektr tokini juda yaxshi o ʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. Mis kimyoviy jihatdan unchalik faol emas. Havoda oksidlanib qorayadi. Nam havoda gidroksikarbonat hosil bulgani uchun ko ʻkaradi. Mis birikmalarida +1 va +2 valentli bo ʻladi. Mis havoda qizdirilsa, avval mis (1)-oksid Si2O (377° gacha), soʻngra qora Mis — mis (P)-oksid SiO (377° dan yuqorida) hosil bo ʻladi. Mis galogenlar bilan oson birikadi. Nam xlor odatdagi temperaturadayoq Misga ta ʼsir etib, suvda eriydigan mis (N)-xlorid xrsil qiladi (yana q. Mis galogenidlari). Azot, vodorod, uglerod bilan yuqori temperaturada ham reaksiyaga kirishmaydi. Nitrat kislotada erib, mis (P)nitrat va azot oksidi, konsentrlangan issiq sulfat kislota bilan birikib, mis (P)sulfat va sulfid angidrid beradi. Misning tuzlari zaharli. Mis ko ʻpgina metallar bilan krtishmalar hosil qiladi. Bir ʻp barqaror kompleks birikmalar vujudga keltiradi. Mis, asosan, sulfidli mis rudalaridan olinadi. Mis elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar ishlab chiqarishda, badiiy buyumlar tayyorlashda, krtishmalar olishda, tuzlari esa pigmentlar va sun ʼiy ipak olishda, oʻsimlik zararkunandalariga karshi, teri (kun) sanoatida, mikroo ʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi. Mis birikmalari — mis 1 va 2 valentli barqaror birikmalar; ba ʼzan 3 valentli beqaror birikmalar ham hosil qiladi. Mis (1)-xlorid, CuCl — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 430°, qaynash temperaturasi 1490°, zichligi 4,14 g/sm³. Suvda va spirtda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazlarni yutuvchi, katalizator, antioksidant sifatida qo ʻllanadi. Mis (P)-xlorid, SiS12 — to ʻq jigarrang kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 596°, zichligi 3,386 g/sm³. 993° da CuCl va xlorga ajraladi. Suvli eritmalaridan 2, 3, 4 molekula suvli kri-stallogidratlar ko ʻrinishida kristallanadi. CuCI22H2O (ernoxalsit minerali) — rombik panjarali kristall modda. Zichligi 2,54 g/sm³. Metallarni mislashda, katalizator sifatida, matolarni bo ʻyashda qoʻllanadi. Tabiatda misning oltingugurtli birikmalari kovellin CuS, xalkozin Cu2S, anilit Cu7S4> xalkopirit CuFeS2, bornit Cu5FeS4 va boshqa minerallar ko ʻrinishida uchraydi. Mis ishlab chiqarishda, boʻyoqlar uchun pigment, yarimo ʻtkazgich qotishmalar komponenti sifatida qoʻllanadi. Mis (P)gidroksid, Si(ON)2 — havorang amorf yoki kristall modda. Zichligi 3,686 g/sm³, suvda erimaydi, 70—90° da SiO va suvga ajraladi. Kislotalar bilan tegishli Si (II) tuzlari, ishkrrlarning suvdagi eritmalari bilan yorqin havorang beqaror kupratlar MP2[Cu0H4|, ammiakning suvdagi eritmasi bilan to ʻq havorang ammiakat [Cu(NH)3]4 (shveysar reaktivi), vodorod sulfid bilan CuS va suv hosil qiladi. Mis karobonatlari tabiatda to ʻq yashil kristall malaxit minerali CuCO3Cu(OH)2 va havorang kristall— azurit minerali 2CuCO3Cu(OH)2 ko ʻrinishida uchraydi. Mis ishlab chiqarish da, bo ʻyoqlar tayyorlashda (mas, "malaxit yashili"), qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Sariq rangli kristall holdagi mis (1)karbonat Si2SO3 ning mavjudligi haqida ham ma ʼlumotlar bor. Mis Mis (P)nitrat, Cu(NO3)2havorang gifoskopik kristall modda. Suvda, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan 3, 6, va 9 molekula suvli kristallogidratlar ko ʻrinishida kristallanadi. 1,5 va 2,5 molekula suvli kristallogidratlari ham maʼlum. Mis ishlab chiqarishda, misli katalizator va fungitsit sifatida, matolarni bo ʻyashda ishlatiladi. Omonulla Xo ʻjayev.
[1] Mis - unsurlar davriy jadvalining 29 unsuri, metall. Dmitriy Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi Guruhlar 1
2
3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 D a v r l a r 1 H
He 2 Li Be
B C N O F Ne 3 Na Mg
Al Si P S Cl Ar 4 K Ca
Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr 5 Rb Sr
Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe 6 Cs Ba La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn 7 Fr Ra Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Cn Nh Fl Mc Lv Ts Og 8 Uue Ubn Ubu Ubb Ubt Ubq Ubp Ubh Ubs
Ishqoriy
metallar Ishqoriy
yer metallar
Lantanoidlar Aktinoidlar Superaktinoidlar O ʻtish metallar Yengil
metallar Yarim
metallar Qolgan
metallmaslar Galogenlar Inert
gazlar Xossalari noma ʼlum
1. O ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqolada O ʻ
2005) ma ʼ
Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mis&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mis&oldid=2040009" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 19-Mart 2019, 15:12 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Manbalar Download 282.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling