Mis ishlab chiqarishning qisqacha mazmuni


Download 351.07 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi351.07 Kb.
#1351465
Bog'liq
Mis ishlab chiqarish


Mis ishlab chiqarishning qisqacha mazmuni

1. Rudada 0,35% atrofida Cu bo‘ladi. Koni: Olmaliq tumani


atrofidagi “Qalmoqqir” koni. Yangi ochilgan kon: “Yoshlik-1” va
“Yoshlik-2” (oldingi далнее)
Minerallari: asosan, CuFeS2 - Xalkopirit, qo‘shimcha: CuS-
kovellin, Xalkozin - Cu2S, Pirit-FeS2.

1. Misli rudani qayta ishlashga tayyorlash


Maydalash 3 bosqichda:
1-bosqichda: 1500 – 350 mm; 2-bosqichda: 350 – 75 mm; 3-
bosqichda: 75 – 10 mm;
1-bosqichda - jag‘li maydalagichlardan, 2-3 bosqichlarda esa konusli
maydalagichlardan foydalaniladi.

3. Elash: +10 va -10 deganda g‘alvirlar ko‘zining o‘lchami nazarda


tutilgan. Bunda +10— elak usti mahsuloti; -10— elak osti mahsuloti



Yanchish: O‘lchami 0,074 nm (yoki 74 mkm) bunday o‘lchamdagi
zarralar 80% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Dastgohlari: Sharli yoki sterjenli tegirmon, o‘z-o‘zini yanchar
tegirmon va h.k.
Yanchish suvli muhitda olib boriladi va undan chiqqan mahsulot
“bo‘tana” (ruscha “пулъпа”) deyiladi.
Sinflash: Dastgohlari asosan: Spirallari klassifikator, qo‘shimcha
gidrosiklon. Qum va quyma (bo‘tana)ga ajratib beradi.
Sinflash dastgohi: klassifikator
Tindirish: Sinflashdan chiqqan bo‘tana zarur bo‘lsa tindiriladi.
Bunda quyuq va suyuq qismlarga ajratiladi.
Boyitish: Cu rudada sulfidli mineral ko‘rinishida bo‘lgani uchun
flotatsion usulda boyitiladi.
Sulfidli Cu ni flotatsion usulda boyitishda qo‘llaniladigan
reagentlar turi:
1. Muhit regulyatorlari
2. So‘ndiruvchilar
3. Faollashtirgichlar
4. To‘plovchilar
5. Ko‘pik hosil qiluvchilar
Flotatsion jarayoni minerallarning suvda ho‘llanish va ho‘llanmaslik
xususiyatiga asoslangan bo‘lib, suvda ho‘llanmaydigan sulfidli
minerallarni ajratib olinadi. Buni fan tilida quyidagicha ataladi:
Gidrofob - suvda ho‘llanmaydi;
Gidrofil - suvda ho‘llanadi.
Olingan mahsulot “Boyitma” deyiladi. Olmaliq kon-metallurgiya
kombinatining Mis boyitish fabrikasidan 16 – 18% gacha Cu saqlagan
boyitma olinadi.
4. Suyuqlantirish (yuqori haroratda): Sulfidli Cu boyitmalari
pirometallurgik qayta ishlanadi. OKMK da 3 xil pechda mis boyitmalari
pirometallurgik qayta ishlanadi:
Xomashyo: 16 – 18% Cu boyitmasi;
Harorat: 1250 – 1350 ͦC;
Yoqilg‘isi: Tabiiy gaz yoki mazut (kislorod bilan birga gorelkalardan
beriladi).
Futerovkasi: Pechning tubi dinas va xrommagnezitli g‘ishtlardan
taxlanib, yoriqlari olovbardosh tuproq bilan to‘ldiriladi. Pechning tom
qismidagi xampalar orqali shixta yuklanadi.
Shixta — bu boyitma, flyus va aylanma materiallardan tashkil
topgan va pechga yuklashga tayyorlab qo‘yilgan xomashyolar qorishmasi
(namlik 8-10% gacha).
Pechga solingan xomashyo suyuqlanadi va juda kam miqdorda
oksidlanadi. Natijada pech vannasida 2 ta suyuq qatlam yuqorida oksid va
silikatlardan tashkil topgan shlak qatlami, pastda va suyuq sulfidlardan
iborat shteyn qatlami hosil bo‘ladi. Tabiiy gaz yonishidan hosil bo‘lgan
CO2 va sulfidlarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan SO2 hamda reaksiyaga
kirishmagan havodagi azot gazlari aralashmasi pechning yuqori qismidagi
mo‘ri (apteyk) orqali chiqariladi. Apteyk shamot g‘ishtlaridan qurilgan
bo‘ladi. Hosil bo‘lgan shlak pechning shlak qatlamidagi quvursimon
metall shnur (nova) orqali, shteyn esa pechning pastki qismidan 2 yon
tomondan quvursimon metall shnur yoki sifon orqali chiqarilib cho‘yan
idishlarga (kovshga) quyiladi.
Shlak: 0,7% gacha Cu, 2FeO·SiO2, CaO·SiO2
Shteyn: 25% gacha Cu, Cu2S, FeS, Fe2O3
Chiquvchi oqava gazda: 1-2% SO2 (yaroqsiz H2SO4 uchun)
Kamchiligi: Yoqilg‘ini ko‘p sarflaydi. Masalan, 1 t xomashyoni
eritish uchun 150-200 kg yoqilg‘i sarflaydi.
Jarayon reaksiyasi:
4CuFeS2 = 2Cu2S+4FeS+S2
2FeS2 = 2FeS+S2
4CuS=2Cu2S+S2
Flyus sifatida ohak (CaO) va kvars (SiO2) dan foydalaniladi. Pechga
konvertor shlaki ham qo‘shiladi. Unda 3,5% Cu bo‘lib, uning 80
foizinigina shteynga o‘tkazish mumkin.
Pechning nomi “yallig‘ qaytaruvchi” deyilishiga sabab, pechning tom
qismi arkasimon (qavariq yoysimon) bo‘lib pastdan nurlanayotgan issiqlik
shu arkaga urilib yana xomashyo sirtiga qaytadi va bunda issiqlik
energiyasi tejaladi.
Xomashyo: 16-18% Cu li boyitma;
Harorat: 1350-1450 ͦC
Shixta namligi 0,15% dan oshmasligi kerak, ya’ni juda quruq bo‘lishi
lozim. Pechga yoqilg‘i berilmaydi. Pech 100 % “avtogen” uslubda
ishlaydi.
Avtogen jarayon — Bu tashqaridan hech qanday yoqilg‘i
sarflanmasdan, pechni o‘zining ekzotermik reaksiyalari hisobidan
chiqadigan issiqlik bilan qizdirish.
Pech o‘lchami (OKMK dagi): pech hajmi 580 m³; Foydali maydoni
120 m²; 1 sutkada 2000 t shixtani qayta ishlash imkoni bor.
Futerovkasi: shamotli va magnezitoxromitli g‘ishtlardan iborat.
Pechga quritilgan shixta pechning old qismidagi furmalar orqali katta
aeratsion bosim bilan pech ichiga purkaladi va o‘sha yerda mash’ala hosil
bo‘ladi. Shuning uchun pechni kislorod-mash’alali pech deyilgan.
Xomashyoning ma’lum qismi erib, ba’zi Fe li birikmalar oksidlanadi:
4CuFeS2=2Cu2S+4FeS+S2
2FeS2+5O2=2FeO+4SO2 +Q (ekzotermik)
2Cu2S+3O2=2Cu2O+2SO2+Q (ekzotermik)
FeS+Cu2O=Cu2S+FeO
Flyus sifatida kvarsdan (va qisman ohakdan) foydalaniladi.
Shteynda: 36-40% Cu (Cu2S; FeS)
Shlakda: 0,8-1% Cu (2FeO·SiO2, CaO·SiO2, Fe3O4)
Chiquvchi gazlarda: 55-75% SO2 (H2SO4 olishga yaroqli)
Furmadan beriladigan kislorod- shixta aralashmasining tezligi 15-
20m/sek ga teng. Furmalar 2 ta shlak va shteyn pechning orqa qismidan
maxsus sifonlar orqali chiqariladi. Purkashda 95% li texnik kislorod
ishlatiladi (hajm bo‘yicha).
Shlak harorati: 1200 ͦC
Shteyn harorati: 1150 ͦC


darajasining 1,7-2 m, shlak to‘kiladigan tuynukning balandligi 2-2,2 m.
Furmalar qismida pechning kengligi 2,5 m (qabul qilinadi), uzunligi 36 :
2,5 = 14,4 m (36 – bu furmalar qismidagi maydon, m²).
KONVERTORLASH
Konvertor pechning umumiy ko‘rinishiva ishlash prinsipi
Olingan shteynlar tarkibidan Fe va S ni yuqotish maqsadida
konvertor pechida havo (O2) bilan puflanadi. Natijada suyuq shteyn
tarkibidan dastlab temir (va u bilan birikkan S) so‘ngra Cu bilan birikkan S
sistemadan chiqib ketadi va xomaki Cu qoladi.
- 66 -
Konvertor pechining sxematik ko‘rinishi- 67 -
Fe—S—Cu uch komponentli sistemaga O2 ta’sir ettirilsa mazkur 3 ta
komponentdan O2 ga tortiluvchanligi yuqoriroq bo‘lgan – Fe oksidlanadi,
so‘ng S va Fe oksidlanganda hosil bo‘lgan Fe oksidi kvarsli flyuslar bilan
birikib shlak qatlamini hosil qiladi.

Anod pechidan olingan misning tarkibi 99,4–99,6% Cu bo‘ladi.
Anod pechi deb atalishiga sabab,bu pechdan olingan xomaki Cu anod
qolipiga quyiladi.
. Quyilgan Cu anodi elektrolitik rafinirlashga beriladi
(Rafinirlash-tozalash degani). Elektroliz jarayonida mis anodi erib katodga
yopishadi. Anod 99,6% Cu dan, katod esa 99,99% li Cu dan yasaladi.
Kuchlanishi +0,35V bo‘lgan elektr toki beriladi. Shunda anoddagi faqat
Cu erib katodga yopishadi. Chunki Cu ning elektrod potensiali +0,34 V ga
teng. Elektr tokining bunday miqdorda berilishiga sabab anoddagi
faqatgina Cu erib katodga o‘tishi, 0,4% dagi Au, Ag, Se, Te metallari
cho‘kib shlam tarkibiga o‘tadi. Uni “Dore” qorishmasi ham deyiladi.
Elektrolit sifatida Mis kuporosi va sulfat kislota (H2SO4) dan
foydalaniladi. OKMK da 16000 A (amper) toki kuchi beriladi. 1 ta
vannada 33 ta anod va 34 ta katod bo‘ladi. Katodlar soni bittaga
ko‘pligining sababi anodning 2 yuzi ham eriganda Cu ni yopishtirish
uchun vannadagi elektrodlar katod bilan boshlanib, katod bilan tugaydi.
Anod misni elektrolitik tozalash jarayoni
8. Olingan 99,99% Cu li katodlar iste’molchiga va Au, Ag, Se, Te li
shlam affinajlash jarayoniga beriladi. Bunda induksion pechda
suyuqlantirilib oltin va kumush ajratib olinadi.
Mis katodlaridan turli xil dastlabki detallar tayyorlanadi. Bunda
Katod mislari suyuqlantirilib, sovitilib va mexanik ishlov berilib mis
g‘altaklari (misli cho‘lg‘amlar uchun) va o‘rama listlar (misli katanka)
tayyorlanadi.
Download 351.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling