Mis ishlab chiqarishning qisqacha mazmuni
Download 351.07 Kb.
|
Mis ishlab chiqarish
Mis ishlab chiqarishning qisqacha mazmuni 1. Rudada 0,35% atrofida Cu bo‘ladi. Koni: Olmaliq tumani atrofidagi “Qalmoqqir” koni. Yangi ochilgan kon: “Yoshlik-1” va “Yoshlik-2” (oldingi далнее) Minerallari: asosan, CuFeS2 - Xalkopirit, qo‘shimcha: CuS- kovellin, Xalkozin - Cu2S, Pirit-FeS2. 1. Misli rudani qayta ishlashga tayyorlash Maydalash 3 bosqichda: 1-bosqichda: 1500 – 350 mm; 2-bosqichda: 350 – 75 mm; 3- bosqichda: 75 – 10 mm; 1-bosqichda - jag‘li maydalagichlardan, 2-3 bosqichlarda esa konusli maydalagichlardan foydalaniladi. 3. Elash: +10 va -10 deganda g‘alvirlar ko‘zining o‘lchami nazarda tutilgan. Bunda +10— elak usti mahsuloti; -10— elak osti mahsuloti Yanchish: O‘lchami 0,074 nm (yoki 74 mkm) bunday o‘lchamdagi zarralar 80% dan kam bo‘lmasligi kerak. Dastgohlari: Sharli yoki sterjenli tegirmon, o‘z-o‘zini yanchar tegirmon va h.k. Yanchish suvli muhitda olib boriladi va undan chiqqan mahsulot “bo‘tana” (ruscha “пулъпа”) deyiladi. Sinflash: Dastgohlari asosan: Spirallari klassifikator, qo‘shimcha gidrosiklon. Qum va quyma (bo‘tana)ga ajratib beradi. Sinflash dastgohi: klassifikator Tindirish: Sinflashdan chiqqan bo‘tana zarur bo‘lsa tindiriladi. Bunda quyuq va suyuq qismlarga ajratiladi. Boyitish: Cu rudada sulfidli mineral ko‘rinishida bo‘lgani uchun flotatsion usulda boyitiladi. Sulfidli Cu ni flotatsion usulda boyitishda qo‘llaniladigan reagentlar turi: 1. Muhit regulyatorlari 2. So‘ndiruvchilar 3. Faollashtirgichlar 4. To‘plovchilar 5. Ko‘pik hosil qiluvchilar Flotatsion jarayoni minerallarning suvda ho‘llanish va ho‘llanmaslik xususiyatiga asoslangan bo‘lib, suvda ho‘llanmaydigan sulfidli minerallarni ajratib olinadi. Buni fan tilida quyidagicha ataladi: Gidrofob - suvda ho‘llanmaydi; Gidrofil - suvda ho‘llanadi. Olingan mahsulot “Boyitma” deyiladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis boyitish fabrikasidan 16 – 18% gacha Cu saqlagan boyitma olinadi. 4. Suyuqlantirish (yuqori haroratda): Sulfidli Cu boyitmalari pirometallurgik qayta ishlanadi. OKMK da 3 xil pechda mis boyitmalari pirometallurgik qayta ishlanadi: Xomashyo: 16 – 18% Cu boyitmasi; Harorat: 1250 – 1350 ͦC; Yoqilg‘isi: Tabiiy gaz yoki mazut (kislorod bilan birga gorelkalardan beriladi). Futerovkasi: Pechning tubi dinas va xrommagnezitli g‘ishtlardan taxlanib, yoriqlari olovbardosh tuproq bilan to‘ldiriladi. Pechning tom qismidagi xampalar orqali shixta yuklanadi. Shixta — bu boyitma, flyus va aylanma materiallardan tashkil topgan va pechga yuklashga tayyorlab qo‘yilgan xomashyolar qorishmasi (namlik 8-10% gacha). Pechga solingan xomashyo suyuqlanadi va juda kam miqdorda oksidlanadi. Natijada pech vannasida 2 ta suyuq qatlam yuqorida oksid va silikatlardan tashkil topgan shlak qatlami, pastda va suyuq sulfidlardan iborat shteyn qatlami hosil bo‘ladi. Tabiiy gaz yonishidan hosil bo‘lgan CO2 va sulfidlarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan SO2 hamda reaksiyaga kirishmagan havodagi azot gazlari aralashmasi pechning yuqori qismidagi mo‘ri (apteyk) orqali chiqariladi. Apteyk shamot g‘ishtlaridan qurilgan bo‘ladi. Hosil bo‘lgan shlak pechning shlak qatlamidagi quvursimon metall shnur (nova) orqali, shteyn esa pechning pastki qismidan 2 yon tomondan quvursimon metall shnur yoki sifon orqali chiqarilib cho‘yan idishlarga (kovshga) quyiladi. Shlak: 0,7% gacha Cu, 2FeO·SiO2, CaO·SiO2 Shteyn: 25% gacha Cu, Cu2S, FeS, Fe2O3 Chiquvchi oqava gazda: 1-2% SO2 (yaroqsiz H2SO4 uchun) Kamchiligi: Yoqilg‘ini ko‘p sarflaydi. Masalan, 1 t xomashyoni eritish uchun 150-200 kg yoqilg‘i sarflaydi. Jarayon reaksiyasi: 4CuFeS2 = 2Cu2S+4FeS+S2 2FeS2 = 2FeS+S2 4CuS=2Cu2S+S2 Flyus sifatida ohak (CaO) va kvars (SiO2) dan foydalaniladi. Pechga konvertor shlaki ham qo‘shiladi. Unda 3,5% Cu bo‘lib, uning 80 foizinigina shteynga o‘tkazish mumkin. Pechning nomi “yallig‘ qaytaruvchi” deyilishiga sabab, pechning tom qismi arkasimon (qavariq yoysimon) bo‘lib pastdan nurlanayotgan issiqlik shu arkaga urilib yana xomashyo sirtiga qaytadi va bunda issiqlik energiyasi tejaladi. Xomashyo: 16-18% Cu li boyitma; Harorat: 1350-1450 ͦC Shixta namligi 0,15% dan oshmasligi kerak, ya’ni juda quruq bo‘lishi lozim. Pechga yoqilg‘i berilmaydi. Pech 100 % “avtogen” uslubda ishlaydi. Avtogen jarayon — Bu tashqaridan hech qanday yoqilg‘i sarflanmasdan, pechni o‘zining ekzotermik reaksiyalari hisobidan chiqadigan issiqlik bilan qizdirish. Pech o‘lchami (OKMK dagi): pech hajmi 580 m³; Foydali maydoni 120 m²; 1 sutkada 2000 t shixtani qayta ishlash imkoni bor. Futerovkasi: shamotli va magnezitoxromitli g‘ishtlardan iborat. Pechga quritilgan shixta pechning old qismidagi furmalar orqali katta aeratsion bosim bilan pech ichiga purkaladi va o‘sha yerda mash’ala hosil bo‘ladi. Shuning uchun pechni kislorod-mash’alali pech deyilgan. Xomashyoning ma’lum qismi erib, ba’zi Fe li birikmalar oksidlanadi: 4CuFeS2=2Cu2S+4FeS+S2 2FeS2+5O2=2FeO+4SO2 +Q (ekzotermik) 2Cu2S+3O2=2Cu2O+2SO2+Q (ekzotermik) FeS+Cu2O=Cu2S+FeO Flyus sifatida kvarsdan (va qisman ohakdan) foydalaniladi. Shteynda: 36-40% Cu (Cu2S; FeS) Shlakda: 0,8-1% Cu (2FeO·SiO2, CaO·SiO2, Fe3O4) Chiquvchi gazlarda: 55-75% SO2 (H2SO4 olishga yaroqli) Furmadan beriladigan kislorod- shixta aralashmasining tezligi 15- 20m/sek ga teng. Furmalar 2 ta shlak va shteyn pechning orqa qismidan maxsus sifonlar orqali chiqariladi. Purkashda 95% li texnik kislorod ishlatiladi (hajm bo‘yicha). Shlak harorati: 1200 ͦC Shteyn harorati: 1150 ͦC darajasining 1,7-2 m, shlak to‘kiladigan tuynukning balandligi 2-2,2 m. Furmalar qismida pechning kengligi 2,5 m (qabul qilinadi), uzunligi 36 : 2,5 = 14,4 m (36 – bu furmalar qismidagi maydon, m²). KONVERTORLASH Konvertor pechning umumiy ko‘rinishiva ishlash prinsipi Olingan shteynlar tarkibidan Fe va S ni yuqotish maqsadida konvertor pechida havo (O2) bilan puflanadi. Natijada suyuq shteyn tarkibidan dastlab temir (va u bilan birikkan S) so‘ngra Cu bilan birikkan S sistemadan chiqib ketadi va xomaki Cu qoladi. - 66 - Konvertor pechining sxematik ko‘rinishi- 67 - Fe—S—Cu uch komponentli sistemaga O2 ta’sir ettirilsa mazkur 3 ta komponentdan O2 ga tortiluvchanligi yuqoriroq bo‘lgan – Fe oksidlanadi, so‘ng S va Fe oksidlanganda hosil bo‘lgan Fe oksidi kvarsli flyuslar bilan birikib shlak qatlamini hosil qiladi. Anod pechidan olingan misning tarkibi 99,4–99,6% Cu bo‘ladi. Anod pechi deb atalishiga sabab,bu pechdan olingan xomaki Cu anod qolipiga quyiladi. . Quyilgan Cu anodi elektrolitik rafinirlashga beriladi (Rafinirlash-tozalash degani). Elektroliz jarayonida mis anodi erib katodga yopishadi. Anod 99,6% Cu dan, katod esa 99,99% li Cu dan yasaladi. Kuchlanishi +0,35V bo‘lgan elektr toki beriladi. Shunda anoddagi faqat Cu erib katodga yopishadi. Chunki Cu ning elektrod potensiali +0,34 V ga teng. Elektr tokining bunday miqdorda berilishiga sabab anoddagi faqatgina Cu erib katodga o‘tishi, 0,4% dagi Au, Ag, Se, Te metallari cho‘kib shlam tarkibiga o‘tadi. Uni “Dore” qorishmasi ham deyiladi. Elektrolit sifatida Mis kuporosi va sulfat kislota (H2SO4) dan foydalaniladi. OKMK da 16000 A (amper) toki kuchi beriladi. 1 ta vannada 33 ta anod va 34 ta katod bo‘ladi. Katodlar soni bittaga ko‘pligining sababi anodning 2 yuzi ham eriganda Cu ni yopishtirish uchun vannadagi elektrodlar katod bilan boshlanib, katod bilan tugaydi. Anod misni elektrolitik tozalash jarayoni 8. Olingan 99,99% Cu li katodlar iste’molchiga va Au, Ag, Se, Te li shlam affinajlash jarayoniga beriladi. Bunda induksion pechda suyuqlantirilib oltin va kumush ajratib olinadi. Mis katodlaridan turli xil dastlabki detallar tayyorlanadi. Bunda Katod mislari suyuqlantirilib, sovitilib va mexanik ishlov berilib mis g‘altaklari (misli cho‘lg‘amlar uchun) va o‘rama listlar (misli katanka) tayyorlanadi. Download 351.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling