Mis qotishmalari Latunlar. Latunlarning markalanishi Bronzalar. Bronzalarning markalanishi
Download 222 Kb.
|
Qotishmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Antifriksion qotishmalar. Bu qotishmalar Sn, Fe, Cu, Al elementlari asosida olinib, sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni val bilan ishqalanib ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga antifriksion qotishmalar deyiladi. Bu materiallar val sirtiga oson moslanuvchan, yetarli darajada yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi, ishqalanish koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, korroziya-bardoshligi va suyuqlanish temperaturasi deyarli past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunday talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar, antifriksion cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi. Shuni qayd etish lozimki, bunday qotishmalarda puxta, nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos materiali tez yeyilib, mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib, ularga moy o‘tib, yuzani moylab turadi, yeyilish mahsulotlari esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan almashtiriladi. Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat, shu boisdan ulardan og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina foydalaniladi. Boshqa hollarda qalay tejash uchun qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar
qo‘shiladi. Antifriksion materiallar sifatida bronzalar (BrOSS5-5-5, BrOSS4-4-17, BrS30) latun, cho‘yan, tekstolit, rezina va boshqa materiallardan ham foydalaniladi. 13-jadvalda amalda ko‘proq ishlatiladigan antifriksion qotishmalarning xili, tarkibi, qo‘llanish sharoiti va ishlatilish joylariga misollar keltirilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Болховитинов Н.Ф. Металловедение и термическая обработка. «Машиностроение», Москва, 1965 г. 2. Долматовский Т.А. Справочник технолога по обработке резанием. Машгиз, 1962 г. 3. Дубинин М.П. и др. Технология металлов. «Высшая школа», Москва, 1964 г. 4. Далский А.М. Технология конструкционных материалов. Машст, 1990 г. 5. Иванова Г.А. Основа теории резания, инструмента, станка. Москва, 1963 г. 6. Kнорозов Б.В. и др. Технология металлов. «Металлургия», Москва, 1974 г. 7. Mirboboyev V.A. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.: «O‘qituvchi», 1977-y. va 1991-y. 8. Материалы и машиностроении. «Машиностроение», Москва, 1969 г. Download 222 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling