Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr Reja


Misr fir`avnlarining istilochilik yurishlari


Download 49 Kb.
bet7/8
Sana06.04.2023
Hajmi49 Kb.
#1333813
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr

4. Misr fir`avnlarining istilochilik yurishlari. Yangi podsholik davrida Misr fir`avnlari qo`shni mamlakatlar ustiga tez-tez talonchilik va bosqinchilik urushlarini uyushtirib turganlar. Fir`avn Tutmos I Suriya va Palastinga bostirib kirib, Frot daryosi sohillarigacha yetib borgan. Tutmos III esa O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarga 15 marta yurish qilgan. Misr qo`shinlari Suriya va Palastinni qayta ishg`ol qilib, Frot daryosi bo`yidagi Karxemish shahrini ham bosib olganlar. Misr qo`shinining kuch-qudratidan cho`chigan Ossuriya, Xett, Bobil va Mitanni podsholari o`zlarini fir`avnning «birodarlarimiz» deb e`lon qilganlar va o`z mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Tutmos III qo`shinlari janubdagi Kush, Nubiya va Punt kabi mamlakatlarga ham bir necha bor bostirib kirganlar. Askarlar bu mamlakatlardan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar, fil suyaklari olib qaytganlar. Fir`avn Amenxotep davrida ham Misr qo`shinlari Suriya, Palastin, Mitanni va Nubiyaga harbiy yurishlar uyushtirib, Misrga juda ko`p o`lja va harbiy asirlar bilan qaytganlar. Tutmos III va Amenxotep II davrida Misr Yaqin Sharqdagi qudratli davlat boiib qolavergan.
Fir`avn Amenxotep III davrida behuda urushlar bo`lmagan. U tinchlik siyosatini qo`llab, qo`shni mamlakatlar bilan do`stona savdo va madaniy aloqalarini kuchaytirgan. Amenxotep III podsholigining
oxirlarida Misrning bosib olingan mamlakatlar ustidan o`rnatilgan ta`siri susaya boshlagan. Finikiya va Palastin Misrga itoat etmay qo`yganlar. Amenxotep IV davrida esa Misr davlati kuchsizlanib,
qaram mamlakatlar uning ta`siridan chiqib keta boshlaganlar. Misrning kuchsizlanishidan foydalangan ko`chmanchi urushqoq qabilalar mamlakatga bostirib kirganlar. .
5. Exnaton islohotlari. Amenxotep IV davrida Misrda har xil nizo va fitnalar kuchaygan. Fir`avn diniy islohot o`tkazib, ko`p xudolikni cheklab yakka xudolikni joriy qilishga uringan. U Amon xudosiga sig`inishni bekor qilib, ularning xodimlarini quvg`in qilgan. Amenxotep IV mamlakatda Aton – quyoshga sig`inishni joriy qilgan. Shu munosabat bilan Misrda yangi poytaxt – Axetaton shahrini bunyod etgan. Bu shahar «Exnaton» deb atalgan. Uning ma`nosi quyosh shu`lasi demakdir. Amenxatop IV ham o`zini Exnaton nomi bilan atashni buyurgan. U yangi din – Quyosh ruhoniysi bo`lib olgan. Ammo yangi din eski din ruhoniylari va aholi tomonidan qo`llab-quvvatlanmagan. Misr zodagonlari ham Exnatonning diniy islohotiga qarshi turganlar. Exnaton vafotidan so`ng uning yaqin qarindoshlari va amaldorlari ilgarigi dinning ruhoniylari bilan murosa qilishga majbur bo`lganlar. Zodagon va ruhoniylar Exnatonning kuyovi Tutanxamonni taxtga o`tqizganlar. Mamlakatda eski din tartibi o`rnatilib, uning kohinlari ruhoniylariga katta imtiyozlar berilgan. Ularning baxtiga qarshi Tutanxamon 19 yoshda o`lgan. Ruhoniylar uni g`oyat katta dabdaba bilan yer osti dahmasiga dafn etganlar. Tutanxamonning beva qolgan xotini Xett shahzodasiga turmushga chiqqan. Misrning oliy amaldorlari Misr taxtiga begonaning kelib o`tirishiga yo`1 qo`ymaganlar. Xett shahzodasi fitnachilar tomonidan oidirilgan. 18-sulola davrida Misrda parokandalik boshlanib mamlakat zaiflashib ketgan.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling