Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr Reja
Download 49 Kb.
|
Misr Chet elliklar Hukmronligi davrida Sónggi podsholik davrida Misr
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Misr qo`shini.
2. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Yangi podsholik davrida hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan. Temirchilik, yog`och-sozlik, ko`nchilik, binokorlik, kulolchilik, to`qimachilik, zar-garlik, qurolsozlik va boshqa kasb-korlik rivojlangan. Yangi podsholik davrida mamlakatning ichki va tashqi savdosi ravnaq topgan. Ichki va tashqi savdoda mol ayirboshlash Nil daryosi, O`rtayer, Qizil dengiz va quruqlikdagi yo`llar orqali amalga oshirilgan. Misrdan o`zga mamlakatlarga quyma oltin, oltin, fil suyagi, kumush, yog`ochdan ishlanib, lojuvard toshlari bilan bezatilgan buyumlar chiqarilgan. Misr chet mamlakatlarga yana shisha buyumlar, qimmatbaho mato, qurol-aslaha va boshqa buyumlar ham chiqargan.
Suriyadan Misrga don, sharob, quruq meva, yog`och, asal, chorva mollari, charm va boshqa buyumlar keltirilgan. Kipr oroli, Sinay yarimoroli va Mesopotamiyadan esa mis, jez, Badaxshon lojuvardi, gazmol, kiyim-kechak, jang aravalari va boshqa narsalar olib kelingan. Shunday qilib, Yangi podsholik davrida Misrda hunarmandchilik ichki va tashqi savdo rivojlanadi. Bu davrda Misr Sharqdagi eng boy mamlakatga aylangan. 3. Misr qo`shini. Misr fir`avnlariga mamlakatni tashqi dushman-lardan himoya qilish va o`zga o`lkalarni bosib olish, mamlakatdagi ichki qo`zg`olonlarni bostirish uchun kuchli qo`shin zarur edi. Shuning uchun Misr fir`avnlari o`z qo`shinlarini qayta tuzishga kirishganlar. Ilgarigi podsholik davrida Misr qo`shinlari faqat piyoda askarlardan iborat edi. Yangi podsholikdan boshlab esa Misr qo`shinida ot qo`shilgan jang aravalaridan iborat yangi qismlar tuzilgan. Misrliklar jang arava-laridan tuzilgan harbiy qismlardan foydalanishni giksoslardan o`rgan-ganlar. Shu davrdan boshlab Misrda yilqichilikka katta e`tibor berilib, ot parvarish qilinadigan alohida davlat xo`jaligi tashkil etilgan. Piyoda, otliq va jang aravalaridan tuzilgan harbiy qismlaming asicarlari o`q-yoy, nayza, oybolta, qilich va boshqa aslahalar bilan qurollangan edilar. Misr jangchilari qalqon tutib, dushmanlarning o`tkir qurollaridan himoya-lanadigan zirhli kiyimlar kiyib jangga kirganlar. Og`ir qurolli qismlar kamonchi va nayzachi guruhlar bilan to`ldirilgan. Misr qo`shinlariiia ot qo`shilgan ikki g`ildirakli yengil jang arava-lari alohida o`rinni egallar edi. Aravada ikki askar bo`lib, jang vaqtida ularning biri otlarni boshqarar, ikkinchisi esa kamondan dushmanlarga o`q uzib, nayza sanchib, qilich chopar edi. Jang vaqtida ular dushman ustiga shiddat bilan hujum qilar, chekinayotgan dushmanlarni tezkorlik bilan ta`qib qilib borar edilar. Misr fir`avnlari dengiz jangini olib borish uchun harbiy-dengiz floti qismlarini ham tuzganlar. Shunday qilib yangi podsholik davrida misrliklar butun Sharq dunyosida eng kuchli qo`shinga ega bo`lganlar. Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling