Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Mavzu: Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Reja: Kirish i-bob. Misrning Usmoniylar bosqini arafasida va undan keyingi davr tarixi
Download 75.02 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVII
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob. Misrning ijtimoiy, iqtisodiy, tashqi va ichki siyosiy hayoti (XVII-XIX).
Mavzu: Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Mavzu: Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Reja: Kirish I-bob. Misrning Usmoniylar bosqini arafasida va undan keyingi davr tarixi. Turklar bosqiniga qadar Misr tarixi. Misrni Usmoniylar tomonidan zabt etilishi. 1.3. Misr Usmonli turklar hukmronligi ostida. (XVI – XVIII asrlarda). II-bob. Misrning ijtimoiy, iqtisodiy, tashqi va ichki siyosiy hayoti (XVII-XIX). 2.1 Misr XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida. 2.2 Misr XIX asr boshida. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bizning Vatanimiz mustaqillika erishgandan so’ng, dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar o’rnatildi. Ularni tarixini, tilini, urf – odatlarini bilish hammamiz uchun, ayniqsa biz sharqshunos tarixchilar uchun katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I. A. Karimov o’zlarining qator asarlarida yoshlarga murojaat qilib o’lkamiz va jahon tarixini qunt bilan o’rganishga undaydilar. Xususan yurtimizni birinchilardan bo’lib tan olgan Misr tarixini bilish, o’rganish biz tarixchilarni yanada chuqurroq bilim olishimizni talab qiladi. Darhaqiqat “Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir”. O’tmishini bilmasdan porloq kelajak qurib bo’maydi. Inson davlatchilik tarixining o’chog’i bo’lmish Misr XVI asrga kelib Usmonlilar davlati tarkibiga qo’shib olingani hammaga ma’lum. Misr hududiga qadimdan qo’shini bo’lgan xalqlar intilganlar, chunki Misr ikki qit’ani, ya’ni Afrika va Osiyoni bog’lab turuvchi, Yevropaliklar uchun Hindistonga olib boradigan asosiy tranzit yo’li hisoblangan. Biz o’rganayotgan davrimizda Misr Arab Islom xalifaligining markazidan Turk Usmonlilar imperiyasining hududiga aylanib qolgani hammaga ma’lum. Bundan tashqari Misr keyinroq G’arb mamlakatlari ta’siri ostiga tushib qolganini ham mana shu kurs ishimizda ko’rib chiqamiz. Misrda mana shu davrda ba’zan yuksalishlar, ba’zan esan orqaga ketishlar ko’zga tahlanadi. Misrda bu davrda ham siyosiy, ham iqtisodiy o’zgarishlarga guvoh bo’lasiz. Misr biz ko’rib chiqayotgan davrda rasman Usmonlilar imperiyasi tarkibida bo’lsa ham u ba’zi paytlarda mustaqillikka erishganini ko’rishimiz mumkin. Mana shu XVI – XIX asrlardagi Misr tarixini ochib berishda maqsad va o’tilganlarni birma – bir o’rganar ekanmiz, shu maqsad yo’lida olib borgan izlanishlarimiz o’z – o’zidan ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Vazifasiga keladigan bo’lsak, kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda aytib o’tsak, bu davrda isloxotlarni amalga oshirishda olib borilgan harakatlar, turklar zulmining kuchayishi, mahalliy aholi tomonidan ham mamlyuklarga, ham turklarga norozilik kayfiyati uy’gonishi va keyinchalik bu holatdan sillasi qurigan xalqning Yevropaliklardan najot istab fransuzlar aldoviga uchishi, hamda inglizlar tomonidan tazyiqning kuchayishini ochib berish asosiy vazifa hisoblanadi. Bu davr tarixini o’rganishda asosan rus va g’arb olimlarining asarlariga ko’proq murojaat qilindi. Sabab bu davr tarixini o’rganishda ular ko’proq ma’lumot qoldirganlar. Buning asosiy sababi esa bu olimlarning ba’zilari mana shu yerlarda o’z ilmiy faoliyatlarini amalga oshirganlar. Lekin shuni aytib o’tish kerakki bizning olimlarimiz ham bu davrni qisman bo’lsada o’rganganlar. Biz bu kurs ishimizda o’sha davr tarixini o’rganish maqsad qilib, mana shu ish orqali qisman bo’lsada Misr tarixini yoritib berishga harakat qildik. Bu davr haqida “Новая история Азии и Африки”, “История востока”, XVI – XIXвв., Л. Л. Василев, “История ислама” А. Мюллер, “Османская империя: могущество и гибель” Петросян Ю. А. asarlarida mana shu davr haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari barcha arabshunos tarixchilar ham Misr tarixini qisman bo’lsada o’rganib chiqqanlar va hali xamon o’raganishda davom etmoqdalar. Bu davr haqida o’zbek tilidagi adabiyotlarni kamligini hisobga oladiga bo’lsak, bu kurs ishidan kelajakda o’quv jarayonida foydalanish, yoki bu ishni yanada boyitish orqali keljakda ilmiy ishlar olib borish imkoniyatini vujudga keltiradi va bu ishlarda yaqindan yordam berishi mumkin. Bu davr Misr tarixini o’rganar ekanmiz bizning ko’z o’ngimizda qadimdan kuchli bo’lib kelgan Misr, nafaqat qadimdan balki shu davrgacha ham Islom olamining markaziga aylaninib bo’lgan Misr qanday qilib bunday holatga tushib qolganini bilichga qizishimiz ortadi. Bu holatlar barchasi Misrni inglizlar nazorati ostiga tushirib qo’yadi. Buning asosiy sababchilari sifatida bu yerda hukmronlik qilayotgan yuqori tabaqa vakillarini aytib o’tsak bo’ladi. Download 75.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling