Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’ibot usullari Reja
Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari
Download 127.92 Kb.
|
Missionerlik va prozelitizm tarix va bugun, targ’ibot usullari -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- «xorijiylar»
- «Azraqiylar»
- «hashshoshiylar»
- Xizb-ut-tahrir
- Musulmon birodarlari
Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari. Islom niqobi ostidagi ekstremistik harakatlarrning ildizlari uzoq o’tmishga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko’rish mumkin. Uning ilk vakillaridan biri sifatida 657 yili xalifa Ali (r.a.) askarlaridan ajralib chiqqan, o’zlarini haqiqiy musulmon, saflariga qo’shilmaganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arabcha–ajralib chiqqanlar, isyonchilar) diniy-siyosiy oqimi faoliyati fikrimizning isboti bo’la oladi.
Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya (r.a.) o’rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishidan iborat qo’shinning bir qismi norozi bo’ldi. Ular «hukm chiqarish faqat Allohning iznidadir», degan shior bilan qo’shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog’iga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xypyj» (bo’ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo’ldi. Bu voqea Harura qishlog’ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriylar» deb ham ataganlar. Ular o’zlarini «Shurot» (Jonlarini Alloh yo’lida tikkan kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm Allohning iznida» deguvchilar) degan nomlari ham bo’lgan. Xorijiylar o’zlariga Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiyni amir etib saylab, Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.)ni yo’q qilish payiga tushdilar. Xalifa Ali (r.a.)ni 661 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o’ldirgach, xorijiylar ikki firqaga bo’linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qo’liga o’tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o’z kuchini yo’qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so’nggina xorijiylar inqirozga yuz tutdi. Demak, islomda dastlab paydo bo’lgan firqa «xorijiylar»dir. «Xorijiylar» o’z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish tarafdori edi. Aynan ular o’z qarashlari va faoliyatiga qo’shilmaganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish haqidagi g’oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo’llash orqali hukmdorlarni jismonan yo’q qilish amaliyotini boshlab bergan edi. Bunday g’oyalar kelib chiqishiga ko’ra hokimiyat uchun kurashning zo’ravonlikka asoslangan usullaridan bo’lib, minglab kishilarning halok bo’lishiga olib kelgan. VII asrning ikkinchi yarmida xorijiylar orasida rahbarlarining ismi bilan ataladigan bir necha firqalar paydo bo’ldi. Ana shunday mutaassib firqalar orasida eng murosasiz va shafqatsiz jamoa nomini olgan Nofi’ ibn Azraq (v.685y.) boshchiligidagi «Azraqiylar» oqimi alohida o’rin egallaydi. Azraqiylar gunohi kabira (katta gunoh) qilgan barcha musulmonlarni «kofir» deb, ularning ta’limotiga qo’shilmagan kishilarga qarshi jihod e’lon qilish, hattoki, qariya, ayol va bolalarning qonini to’kishni halol, deb bilganlar. IX asr oxirida Janubiy Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar namoz, ro’za, zakot, haj kabi amallar farz qilinmagani, Qur’on oyatlarida masjid qurish yoki u erda yig’ilish haqida hukmlar yo’q, degan da’vo bilan masjidlarga borishni man qilish darajasigacha borgan edi. Harakat o’z nomini uning asoschisi Hamdon ibn al-Ash’asning laqabi Qarmat so’zidan olgan bo’lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha «kalta oyoq» yoki «qizil ko’z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Islomdagi mavjud qoida va tartiblarning mohiyatini buzib talqin qilish oqibatida ular hattoki, hajga keluvchilar Ka’baga sig’inib, Allohga shirk keltirishmoqda, degan da’volar ostida 930 yilda Makkaga hujum qilib, uni talon-taroj qilib, hojilarning bir qismini qul qilishgan, bir qismini esa o’ldirishgan. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo’lib, Bahraynga olib ketishgan, faqat 20 yildan keyin katta to’lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. Qarmatiylar islom tarixida o’chmas dog’ qoldirgan jinoyatlarni sodir etgan. XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko’rgan «hashshoshiylar» (arabcha – hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadida ularga xayrixoh bo’lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko’plab hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mamlakatlari rahbarlari o’z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga to’lov to’lashga majbur bo’lgan. Shu bilan birga, «hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng qo’llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand moddalarni iste’mol qildirib, o’lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan. Islom qadriyatlarini himoya qilish va qayta tiklash niqobi ostida diniy terroristik aktlar sodir etgan va hamon dunyoning ko’pgina nuqtalarida yashirin faoliyat yuritayotgan jinoiy guruhlardan biri vahhobiylik harakatidir. Vahhobiylar islomni Muhammad (s.a.v.) davridagi asl holiga keltirishga, arablarni chinakam islom bayrog’i ostida birlashtirishga harakat qilganlar. Harakatning asoschisi Muhammad ibn Abdul Vahhob ibn Sulaymon bo’lib, 1703 yilda Arabistondagi Nadj viloyatining Ayyana shahrida tug’ilgan. Vahhobiylik muqaddas joylarni ziyorat qilishni, avliyo va mozorlarga sig’inishni, zohidlikni qoralaydi. XVIII asrning o’rtalarida Markaziy Arabistonda yuzaga kelgan vahhobiylik oqimi islom dinini «asl holatiga qaytarish» da’vati ostida bosqinchiliq, talonchilik va begunoh insonlarning qonini to’kish kabi terrorchilik ishlari tufayli tarixning qora sahifalaridan o’rin oldi. Jumladan, bu oqim vakillari marhumlarni xotirlash, ularning ruhiga Qur’on tilovatini qilib, qabrlarini ziyorat etishni kechirilmas gunoh hisoblaydilar. Ular har qanday yangilikni islomga zid deb bilib, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanishni qat’iy qoralab, musiqa, teatr va tasviriy san’at bilan shug’ullanishni rad etadilar. Bir so’z bilan aytganda, o’zlari yashab turgan jamiyatni Muhammad (s.a.v.) davrlaridagi sodda hayot tarziga qaytarishga intiladilar. Bunga qarshi chiqqanlarni esa islom dushmanlari deb atab, ularga nisbatan siyosiy va qurolli kurash olib boradilar. Yurtimizga suqilib kirib olgan vahhobiylar hokimiyatni qo’lga kiritish yo’lida har qanday buzg’unchilik, xunrezlik, suiqasd uyushtirishdan qaytmasliklarini 1999 yil 16-fevralida mamlakatimiz Prezidenti va hukumat a’zolariga qarshi uyushtirgan jinoyatkorona harakatlari bilan isbotladilar. Biroq hukumatimizning izchil va qat’iy siyosati bu oqimning keng yoyilishining oldini oldi. Diniy terroristik tashkilotlardan yana biri «Xizb-ut-tahrir» (Ozodlik partiyasi)dir. Bu tashkilot mohiyatan g’oyaviy-siyosiy tashkilotdir. To’liq nomi «Xizb-ut-tahrir al-Islomiy» bo’lgan bu norasmiy diniy-siyosiy partiya 1952 yilda Quddus shahrida falastinlik huquqshunos Taqiyuddin Nabaxoniy (1909—1979) tomonidan tashkil etilgan. Xozirda bu diniy-siyosiy partiyani falastinlik Abulqadim Zallum boshqarib kelmoqda. Asosiy maqsadlari musulmonlar yashovchi mavjud yigirma ikkita arab, jami 55 ta musulmon mamlakatlarini birlashtirib, yagona islom davlati — xalifalikni yaratishdir. «Hizb-ut-tahrir»ning siyosiy strategiyasi mafkuraviy ta’sir vositasida aholining ko’pchiligini qamrab olish, agar bunga imkon bo’lmasa noqonuniy yo’l bilan davlat to’ntarishini amalga oshirish va konstitutsiyaviy hokimiyatni ag’darib tashlashni ko’zda tutadi. Dastlab xayr-ehson va ma’rifatchilik ko’rinishida o’z faoliyatini shakllantirishga harakat qilib, tarafdorlar orttirgach, o’z maqsadlariga erishish uchun terror usulini qo’llovchi hizbchilar «Xudo bizning ideal, Payg’ambar bizning dohiy, Qur’on bizning konstitutsiya, jihod bizning vosita, din va Xudo yo’lida qurbon bo’lish bizning ezgu niyatimiz» kabi soxta iboralarni shior qilib olishgan. Vahhobiylar hukumatni qo’lga olishda ochiq kurash, ekstremizm, terror yo’lini tutsalar, «hizbchilar» g’oyaviy, mafkuraviy kurash usulini qo’llaydilar. Hizbchilar demokratiyani butkul inkor etadilar. Mazkur diniy tashkilot 1992 yildan O’zbekistonda maxfiy faoliyat yurita boshlagan. O’z maqsadlari halifalikni tiklash yo’lida mamlakatimizdagi tinch, osoyishta hayotni izdan chiqarib, fuqarolar urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatiga putur yetkazish, millatlararo va dinlararo nizolarni keltirib chiqarishga uringanliklari sir emas. Ular o’z faoliyatlarini asosan uch bosqichda olib borishga yo’naltirganlar: - Tushuntirish ishlari. Ongi to’liq shakllanmagan yoshlarni din niqobi ostida o’z tuzog’iga ilintirish. Fikri zaif, ta’sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas’ul shaxslarni o’z tarafiga og’dirish; - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali «ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi» yo’lida fikriy inqilobga etishish. Ya’ni g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan kishilarni hizbchilarning yovuz niyatli inqilobiga tayyor holga keltirish; - inqilob-to’ntarish, hukumatni ummat orqali qo’lga kiritib, «Halifalik» davlatini tuzish. Islomdagi eng ta’sirchan diniy ekstremistik guruhlardan yana biri 1928 yilda Misrda tashkil topgan «Musulmon birodarlari» («Al-ixvon al-muslimun») uyushmasidir. Bu uyushma diniy-siyosiy tashkilot bo’lib, u xayr-ehson va ma’rifatchilik faoliyatidan tortib to siyosiy hayotda terror usulini qo’llashgacha bo’lgan murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Diniy ekstremistik kuchlar 20-asrning 60-70 yillarida Misrda Jamol Abdul Nosir hukumatini ag’darib tashlashga urindilar. 1981 yilda esa Misr prezidenti Anvar Sadatga suiqasd uyushtirib o’ldirdilar. 1994 yilda Qandahor xududida yuzaga kelgan yangi siyosiy harakat – «Tolibon» harkati ham diniy ekstremizmning Afg’onistondagi bir ko’rinishidir. Ular Afg’oniston hayotiga o’rta asr diniy tartib-qoidalarini tatbiq etish, xalqni dunyo madaniyatidan uzib qo’yish yo’lidan bordilar. Tolibonlar hokimiyat tepasiga kelgach insoniy haq-xuquqlar poymol etildi. Xotin-qizlarni erkin bilim olish va mehnat qilish xuquqidan maxrum etish, ularni yana paranji ichiga tiqish yo’lida keskin chora-tadbirlar o’tkazdilar. Yigitlarni soqol o’stirib yurishga majburladilar. Diniy ekstremistik tashkilotlardan yana biri «Akromiylar» diniy-siyosiy harakatidir. 1997-1999 yillarda Farg’ona vodiysida paydo bo’lgan. Uning asoschisi 1960 yilda Andijonda tug’ilgan Akrom Yo’ldoshevdir. U vahhobiylik oqimiga tayanib 1992 yilda 12 darsga mo’ljallangan «Imonga yo’l» deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Bu harakat vakillari faqat Allohgagina e’tiqod qilib, Payg’ambarimizga imon keltirmaydilar. Harakat a’zolari davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga bo’ysunish lozim deb hisoblaydilar. Ularning pirovard maqsadi islom davlatini qurishdir. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 1. «Sirli» yoki «maxfiy»; 2. Moddiy. 3. Ma’naviy. 4. «Uzviy maydon»; 5. To’ntarish. Dasturda diniy taassubga moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini so’zsiz bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag’darib tashlab, o’z hokimiyatlarini o’rnatishi bayon etilgan. Akromiylar xozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro’za, zakot, haj amallari farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb hisoblaydilar. Toki islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb hisoblaydilar. Oqim xalqning keskin qarshiligiga uchrab, faoliyati barxam topdi. «Nurchilar» diniy-siyosiy oqimi g’oyalarining mamlakatimizga kirib kelishi 1992 yillardan boshlab kuzatilgan. Bu oqim asoschisi turkiyalik Said Nursiy bo’lib, maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi chiquvchi o’ta diniy-mutaassib, fanatik kishilarni tarbiyalashdan iborat. Xozirgi kunda «Nur» harakati Turkiyadagi eng nufuzli diniy-siyosiy oqim sanaladi. Uning saflari asosan yoshlardan iborat. «Nur» chilar diniy bilim berish yo’li bilan islom aqidaparastligini avj oldirish yo’lini tutadilar. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O’zbekistonda faoliyat ko’rsatgan ekstremistik ruhdagi harakatlardan yana biri «Tavba» sanaladi. Unga Ozarbayjonda Xoji Abdullo asos solgan. O’zbekistonda bu harakatga namanganlik Abduvali Yo’ldoshev va Isxoq Jabborovlar rahbarlik qilgan. Islom diniy ekstremizmi turli mamlakatlarda barpo bo’lajak «islomiy tartib» o’rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilish zarur deb hisoblaydi. Ular o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun turli usullardan foydalanmoqdalar. Bular asosan quyidagilardan iborat: - Zo’ravonlik, ya’ni terroristik harakatlarni amalga oshirish orqali omma ichida qo’rquv paydo qilish va o’zlarining kuchlarini ko’rsatish orqali hukumatga bosim-tazyiq o’tkazish; - Mamlakat iqtisodini turli yo’llar bilan: diversiya, sanoat va qishloq xo’jaligi manbalarini izdan chiqarish orqali uni tanazzulga uchratishga urinish bilan hokimiyatni zaiflashtirish va pirovardida osonlik bilan ag’darib tashlash; - Turli tashkilot va ommaviy axborot vositalarining «beg’araz» yordamida go’yo «mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi xuquqlari buzilmoqda va diniy e’tiqod poymol etilmoqda» kabi soxta, g’arazli qarashlarni tarqatib hukumatni din sohasidagi siyosatini buzib ko’rsatish orqali uni obro’sizlantirish va fuqarolarning unga bo’lgan ishonchini yo’qotish; - Oz sonli diniy tashkilotlarga qarshi xujum uyushtirib, hatto ulardan ba’zilarni namoyishkorona jismonan yo’q qilish yo’li bilan dinlararo va millatlararo nizo keltirib chiqarishga urinish orqali mamlakatda beqaror vaziyatni vujudga keltirish va undan o’z maqsadlari yo’lida foydalanish; - Islomiy ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zimdan tashkil etish orqali mamlakatni islomlashtirish va soddadil fuqarolar ongiga asta-sekin xorijiy va mahalliy doiralarning ekstremistik g’oya va maqsadlarini singdirib borish. Oqibatda tayyor bo’lgan ijtimoiy ongni kerakli vaqtda o’z diniy ekstemistik maqsadlarini amalga oshirish uchun osonlik bilan yo’naltirib yuboradigan holatga keltirish va boshqalar. Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko’rinishga ega bo’lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyat tepasiga kelishdan iborat. Download 127.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling