Missionerlik va prozelitizmninig salbiy oqibatlari. Reja


Download 64.17 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2020
Hajmi64.17 Kb.
#167135
1   2   3
Bog'liq
. Missionerlik va prozelitizmninig salbiy oqibatlari.


Qadariylar. Bu oqim tarafdorlari “taldir” so’zining inson o’z hatti-harakati, taqdirining hukmdori deb talqin qilishadi. Bu – ilk ilohiyot oqimlaridan biri “ular inson o’z hatti-harakatining yaratuvchisi” deb tushuntiradi.

Mushabbihalar. Arabchao’xshatuvchilar, o’xshatish tarfdorlari degani, ya’ni antropomorfistlar. Bu yo’nalish vakillari Allohni inson qiyofasi shaklida tasavvur qiladilar. Ilk islom davrida “zohiriylar” deb yuritilgan.

As-sifatiya. “sifat” arabcha belgi, xususiyat, tabiat degani. Bu oqim Alloh xususiyatlarini ifoda etishning biri bo’lib, Mutaziylilar tomonidan qo’llangan. Allohdagi insonlar nazdida ijobiy hisoblangan sifatlarni tan oli8sh g’oyasi tarafdorlari.

Salafiya. Bu XX asr boshida Jamolliddin Afg’oniy va Muhammad Abdu asos slogan islohiy harakat. Asosiy maqsadi musulmonlarni asrlab davom etgan taqlid va turg’unlikdan holi etish, hayotni ma’naviy, madaniy va siyosiy jihatdan isloh etish. Bulardan tashqari Vahobiylik, Ahmadiy harakati, “Hizbat- tahrir Al-islomiy” diniy tashkiloti, “Tablerchilar” jamoasi, Akbariylar nurchilar jamoasi, Islom uyg’onish partiyasi “Islom lashkarlari”, “Adolat” jamoalarini aytish mumkin.

Endi ikki og’iz so’z “tariqat” tushunchasining ma’nosi haqida.

Agar “tasavvuf” – insonning komil inson darajasiga etishi natijasida Alloh vasliga musharraf bo’lishi va ruhan Alloh bilan birlashib ketishi haqidagi ta’limot bo’lsa, “tariqat” – komil inson darajasiga etishini ko’rsatuvchi to’g’ri yo’l demakdir, ya’ni ma’naviy – axloqiy poklanish bosqichlarini bosib o’tish va bu maqomatda taraqqiy etish yo’l – yo’rig’idir.

Tariqatning belgisi uchtadir.



  1. Dam (nafas), ya’ni, aytilishi lozim bo’lmagan narsa haqida so’zlamaslik;

  2. Kadam, ya’ni, qilinishi man etilgan ishlarga qadam urmaslik;

  3. Karam, ya’ni ish bilan shug’ullanish, shug’ullanganda ham kerakli ish bilan shug’ullanish, ayni paytda ish bilan shug’ullanayotganda ham qalb toatini kanda qilmaslik.

Xulosa qilib aytganda tariqat – Alloh bilan birlashib ketishning sharti bo’lgan komil insonlikka qanday qilib erishishni ko’rsatuvchi yo’ldir.

Har bir tariqatchi albatta o’z yo’lini ishlab chiqqan va bu yo’lni targ’ib etgan, o’ziga tarafdorlar to’plagan. Tasavvuf o’z ichiga olgan barcha jihatlarni islom ruhida qayta ishlab, uni shariatga moslashtirgan.

Olimlarimizning takidlashlariga ko’ra yassaviya, naqshbandiya sunniylik mazhabiga mansub tariqatlar edi. Hazrati Sayyid Bahouddin Naqshbandning asosiy xizmati tasavvuf va tariqatni sunniy mazhabiga moslashtirish, uni shialikka xos xossalardan tozalashdan iborat bo’lgan.

Markaziy Osiyoda ana shunday tariqatini, ya’ni yo’lini ishlab chiqqan va targ’ib etgan tasvvuf tariqatchilari bo’lmish Hoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Sayyid Bahouddin Naqshband tariqatlari haqida tariximizda ko’plab ma’lumotlar uchraydi.

Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotining paydo bo’lishi Hamadonda (Eron) 1048 yilda tavallud topgan Hoja Yusuf Hamadoniy nomi bilan bog’liqdir. Yirik mutasavvuf olim Yusuf Hamadoniy umrining ikkinsi yarmini Hirot, Marv, Samarqand va Buxoro shaharlarida o’tkazgan. Marv va Buxoroda honaqo va madrasa qurdirib, ko’plab o’ogirdlar tayyorlaydi. Uning ana shunday shogirdlaridan biri Ahmad Yasaviydir. Ayni paytda Ahmad Yassaviy XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatlardan birining asoschisi hamdir.

Ahmad Yasaviy 1041 yilda Sayramda (hozirgi chimkent viloyati) Shayx ibrohim oilasida tug’iladi. Rivoyatlarga ko’ra Yasaviy 63 yoshga etgach (payg’ambar yoshi – bu yosh) er ostida hujra yasatib “Chilla” ga kirgan va qolgan umrini toat – ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozatlar chekib er ostida o’tkazgan. Bir rivoyatda uning 125 yil, boshqasida 133 yil umr ko’rgani aytiladi.

Hoja Ahmad Yasaviy tasavvufda Yassaviya tariqatiga asos solgan. Barcha tariqatlardagi kabi Yassaviya tariqatining ham o’z qoidalari (odob qoidalari) bo’lgan. Bu tariqat tarafdorlari xususan quyidagi 10 qoidaga amal qilishlari shar bo’lgan.

Yassvaiya tariqatining barcha aqidalari uning asosiy asari bo’lgan “Hikmat” da bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi poklik, halollik, to’g’rilik, mehr – shafqat ,o’z qo’l kuchi peshona teri bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo’lida insonni ham botinan, ham zohiran har tomonlama takominlashtirish kabi umuminsoniy qadriuatlar aks ettirilgan.

Hoja Ahmad Yassaviy ham o’z ustozi Yusuf Hamadoniyga o’xshab mol – dunyoga qiziqmagan, kambag’alparvar va g’aribparvar bo’lgan.

Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotinig rivojlanishida Horazmlik buyuk ilohiyotchi olim, shoir va avtanparvar Shayx Najmiddin Kubro( Ahmad ibn Umar) alohida o’rin egallaydi.

Shayx Najmiddin Kubro milodiy 1145 yilda Xiva shahrida dunyoga keladi. Valiylik darajasiga erishgan Ahmad ibn Umarga zamondoshlari “Najmiddin”, ( din yulduzi) ,“Kubro”(buyuk), Valiytarosh nomlarini unvon va kunyalarni munosib ko’rishgan.Shayx Najmiddin Kubro o’z yurtidae etarlicha bilim olgan bo’lishiga qaramay Hijoz va Eronning boshqa shaharlarida ham bilim olishni davom ettirgan. 1185-yilda o’z yurtiga qaytgan Najmiddin Kubro o’z tariqatiga asos solgan.

Kubraviya tariqati o’zidan oldingi tariqatlardan o’zining insonparvarligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari Shayx Najmiddin Kubro tasavvufda keng fellilik yo’lini tutgan.Shuning uchun ham Shayxning honaqosida sunniylar bilan birga shia mazhabidagi shogirdlari ham ta’lim olishgan.

Shayx Najmiddin Kubroning tasavvuf tarixidagi yana bir xizmati shundan iboratki, u javonmardlik g’oyasini tasavvufga tadbiq etgan.Natijada mardlik va poklik qahramonlik va fidoiylik axloqiy yuksaklik va vatanparvarlik so’fiylikning hususiyatlari sifatida o’z aksini topdi.

Markaziy Osiyo Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida keng tarqalgan, o’z davriga nisbatan ilg’or oqim bo’lmish Naqshbandiya tariqati Sayyid Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bog’liqdir.

Bahouddin Naqshband 1318-yilda Buxorodagi Qasri Hinduvon qishlog’ida tug’iladi. So’ngra bu qishloq uning sharofati bilan “Qasri Orifon” deb nom oladi.

Bahouddin dastlab uni o’ziga o’g’il qilib olgan Hoji Muhammad Boboyi Sammosiy qo’lida , keyinchalik esa uning shogirdi yirik mutasavvvuf olim Sayyid Amir Kulol qo’lida ta’lim oladi.

Manbalarda aytilishicha, Hoja Bahouddining sharif nasablari ota tomonidan Hazrat Aliga, ona tomonidan esa Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi.

Hazrat Bahouddin o’ztariqatlari mohiyatini shunday tushuntirib beradi: Bizning tariqatimiz mustahkam tutqich, ya’ni Hazrat Rasul salollohu alayhi vassallam mutoibatlari etagidan tutmoq va sahobai kirom me’rosiga erishmoqdir.

Naqshbandiya tariqatining mohiyati quyidagi shiorda o’z aksini topgan: “Dil ba yoru, dast ba kor”, ya’ni “Qo’ling ishda, diling ollohda” bo’lsin. Bu bilan Sayyid Muhammad Bahouddin hammani mehnat qilishga chaqiradi.O’zlari ham umr bo’yi dehqonchilik bilan kun kechirgan.

Hazrat sohibqiron Amir Temurdek ulug’ zot ham Naqshbandiya tariqatiga amal qilgan.Bahouddin Naqshbandga Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham juda katta ihlos bilan qaraganlar Ular ham “Naqshbandiya” tariqatida bo’lganlar.

Xulosa qilib aytganda Naqshbandiya tariqati tasavvufning rivojlanishida , uning keng tarqalishi va hayotga tadbiq etilishida muhim o’rin tutgan.

Qur’onda faqat aqida, afsona va rivoyatlargina emas islom huquqshunosligiga xos ma’lumotlar ham uchraydi. Islomshunos olim M. I. Sadagdarning fikricha Qur’onda 150 ga yaqin umumiy va 100 tagacha aniq, ravshan huquqiy tusga ega bo’lgan ko’rsatma va yo’l – yo’riqlar mavjuddir.

Keyinroq esa, ya’ni arab istilolari (632 - 751 yy) davrida Qur’ondan zamonning ko’p talablariga javob topish qiyinlashdi. Arab istilochilari hayotida hali paydo bo’lmagan diniy jamoa va davlat, din va siyosiy, diniy qonun – qoidara va davlat huquqi orasidagi aniq farqlarni islom nuqtai nazaridan talqin etish ehtiyojlari yuzaga kelgan.

VII – IX asrlarda din, shariat qonun – qoidalarini biluvchi kasb egalari – ilohiyotchi huquqshunoslar – fiqhga asos solingan. Fiqh musulmon huquqshunosligi sifatida shariatning tarkibiy qismini tashkil etardi. Ingliz islomshunosi Makdonaldning ta’biricha fiqh arab tilida avval – “umuman bilish”, so’ngra shariatni bilish, keyinroq esa – huquqiy bilimdonlik ma’nosida talqin etilgan. Bora – bora faqih deganda “umuman donishmand”, “din bo’yicha mutahassis”, “huquq sohasida maslahatchi” va “kazuist” (bilimdon yurist) degan ma’no chiqadi. Shuning uchun faqih qonunshunos – ilohiyotchi demakdir. Fiqh ilohiyotning bir sohasi sifatida musulmon huquqshunosligida, shariat qonun – qoidalarini ishlab chiqishda, islom tarixida muhim o’rin egallagan. O’rta asrlarda fiqh qoidalari oila, maktab va madrasada asosiy darsga, ulamolar tortishuvida asosiy mavzuga aylangan. Fiqh musulmon sud jarayoni, qozi va muftiylar faoliyatining asosiga aylangan. O’rta asrlarda fiqh asoslarining nozik tomonlarini biluvchilar, yirik musulmon faqihlari, ilohiyotchilari – mujtahidlar yuzaga kelgan. Masalan Samarqand Shayx ul – islomi, mashhur qonunshunos va ilohiyotchi ibrohim as – Samarqandiy o’zining “Fiqh hazinasi”, “Qur’on tafsiri” kabi asralari bilan islom olamida mashhur edi.

Mujtahid – o’rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo’lgan, ya’ni mustaqil hukm chiqara oladigan shaxsdir. Sunniylikda diniy – huquqiy mazhablarning asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar mujtahidlar deb ataladi. Shahristiniyning ta’kidlashicha, mujtahidlar uch darajaga – oliy, o’rta, quyi darajalarga bo’lingan.

Oliy darajadagi mujtahidlarga islomning ilhiyot va huquqiy asoslari sifatida hukm chiqarishga qodir din arboblari kiritilgan. Bularga sahobalar va ularga ergashgan tobe’iylar hamda u mazhablarni asoslagan imomlar – shariat manbalari sohasida ijtihod qiluvchilar kirgizilgan.

O’rta darajadagi mujtahidlar ham mashhur. Lekin ular faqat shariat sohalarida fikr yuritib hukm chiqaruvchi edilar. Bular mazhab asoschilarining shogirdi sifatida ular ishining davomchilari faqihlardir.

Quyi darajadagi mujtahidlarga esa shariatga amal qilib ish yurituvchi faqihlar kiritilardi. Ular 1- va 2- darajali mujtahidlarga tayangan holda ish yuritadilar.



Ekstremizm va fundamentalizmning paydo bo’lishi. Sabablar va oqibatlar.

Hammamizga ma’lumki XX asr oxiriga kelib dunyo jug’rofiy - siyosiy xaritasida katta o’zgarishlar bo’ldi, jumladan yangi - yangi mustaqiil davlatlar paydo bo’lib, jahon hamjamiyatiga kelib qo’shildi.  Ayniqsa xudosizlik g’oyasini ilgari surib, unga amal qilib kelgan sho’rolar saltanatining qulashi va yangi paydo bo’lgan davlatlarda demokratik jarayonlarning kuchayishi qator mamlakatlarda diniy uyg’onishning kelib chiqishida asosiy rol o’ynadi. 

Shu o’rinda savol tug’iladi:

Sho’rolar hukmronligi davrida dinga munosabat qanday edi?

 -  vijdon erkinligi faqat qog’ozda edi. 

 -  to’liq ateistik (dahriylik) tarbiya maktabdan boshlab singdirib borilgan. 

 -  bundan asosiy maqsad qalbida e’tiqodi bo’lmagan xalqni (bo’ysundirish ) boshqarish osonroq bo’ladi deb o’ylaganlar. 

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, xalqimizning ma’naviy madaniy me’rosiga munosabat tubdan o’zgardi.  Ko’p yillar quvg’inda bo’lgan dinimiz yana qayta ravnaq topa boshladi.  Siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, diniy tashkiotlar faoliyatining rivojlanishiga zamin yaratdi. 

 -  musulmonlar uchun turli adabiyotlar chop etildi. 

Arablarni chinakkam Musulmon bayrog’i ostida birlashtirish. 

Ular muqaddas joylarni ziyorat qilishni, avliyo va mozorlarga sig’inishni, zohidlikni qoralaydilar. 

Oddiy kiyinishni, kamtarona hayot kechirishni talab qiladilar, aysh - ishtratga berilishni, qo’shiq aytishni, musiqa tinglashni, tasviriy san’atni qoralab, ma’naviy madaniyatga qarshi chiqadilar. 

Ba’zi abaiyotlarda aytilishicha Vahhobiylikning paydo bo’lishiga Ingliz razvedkasining qo’li bo’lgan.  Abdul Vahhob tahsil olayotgan vaqtlarda ingliz josusi Hemmer bilan tanishadi.  Hemmer keyinchalik o’zining estaliklarida uni qanday qo’lga olganligi va o’z manfaati yo’lida foydalanganligini 1997 - yil Istanbulda chop etilgan “Ingliz josusining aytganlari” kitobida yozib qoldirgan. 

Shu o’rinda savol tug’iladiki,  -  Vahhobiylarga yordam berishdan Angliyaning maqsadi nima edi?

Abdul Vahhob o’z ta’limotini 1730 - yillardan boshladi.  Kuchli diniy bilimga ega bo’lganligi uning tarafdorlarining oshishiga sabab bo’ldi.  Hemmer uni iqtisodiy ta’minlab turdi.  Ular dastlab xalq orasida va’zxonlik bilan cheklangan bo’lsalar, keyinchalik amaliy - harbiy - bosqinchilik yo’liga o’tib oldilar.  Qayerga hujum qilsalar, o’sha yerda mozorlarni, masjidlarni, muqaddas joylarni vayron qildilar.  Natijada tarix uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklar qirilib ketdi.  Vahhobiylar orasidagi fanatizm chidab bo’lmas darajaga yetdi.  Ularning asl qiyofasini ko’rsatadigan qilmishlaridan biri 1802 - yili yuz berdi.  Ular Karbaloga hujum qildilar, Imom Husayn masjidini taladilar, oltin suvi yugurtirilgan g’ishtlarni taladilar, 2 mingdan ortiq kishini qilichdan o’tkazdilar, hatto homilador ayollarni qilich bilan qornini yorib tashladilar.  Ularning davlati tezlik bilan kengaydi.  1806 - yilda Makka shahriga bostirib kirdilar, faqat Ka’bani talashga jur’at etmadilar xolos.  O’nlab masjid - madrasalar vayron etildi.  Ular Madinani egallab payg’ambar qabrlarigacha vayron qilib, taladilar.  Uning yoniga doshqozon qurib ovqat pishirdilar.  Abdul Vahhob 1732 - yil vafot etdi.  Lekin uning tarafdorlari Vahhobiylik bayrog’i ostidagi urushlari 1932 - yilgacha, toki Saudiya Arabistoni tashkil topgunchga qadar davom etdi. 

Savol: Vahhobiylik O’zbekistonda nima uchun tarqaldi?

Birinchi sabab  -  70 yillik dinsizlik - ma’naviy qashshoqlikdan so’ng mafkuraviy bo’shliq vujudga keldi. 

Ikkinchisi  -  O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar. 

Uchinchisi  -  Islom dinini chuqur bilgan olim va ruhoniylarning sho’ro davrida qatag’on qilinishi va diniy ishlarning bir guruh chalamullalar qo’liga tushib qolganligi. 

To’rtinchisi  -  Bizga chegaradagi davlatlarda Islom fundamentalizmi va ekstremizmining kuchayishi. 

Savol: Vahhobiylar bizning Respublikamizda faoliyat yuritishdan asosiy maqsadi nima edi?

Ularning maqsadi: Dinni niqob qilgan holda Respublikamizdagi mavjud demokratik davlatni, dunyoviy jamiyatni o’zgartirish edi. 

Saudiya Arabistonida hozirgi kunda bitta ham teatr yo’q, tasviriy san’at muzeylari to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. 

Islomni payg’ambarlar davriga qaytarish mumkin emas.  Unda texnik yutuqlarni barchasidan voz kechishga to’g’ri keladi.  Bu esa davlatni qoloqlikka undaydi.  Hozir hatto Saudiya Arabistonida ham texnika rivojlanmoqda. 

Hozirgi Vahhobiylarning maslak, ta’limot va da’vatlarini qabul qilib, ularning yo’liga yursak, quyidagilarga rozi bo’lishimizga to’g’ri keladi:

Qimmatli tarixiy obidalar, osori - atiqalar, mozorlarda esdalik uchun qo’yilgan qabr toshlari buzib tashlanadi. 

Payg’ambarimizning Madinadagi qabrlarini ziyorat qilishdan voz kechiladi. 

Inson tafakkurining hurriyati uchun kurashgan, Allohni chin dildan sevgan, hayotlarini Alloh roziligi hamda Islom dinini keng yoyishi uchun baxshida qilgan, Allohning sevgan aziz - avliyolari maqbaralari buzib tashlanadi, tasavvuf ta’limotlari yo’q qilinadi. 

Shariatdan “ijmo”, “qiyos” ahkomlarining ko’pi olib tashlanadi. 

Imom Az’am mazhabining aksariyat qoida, talablari bekor qilinadi. 

Musiqa chalish, tinglash, qo’shiq, ashula aytish, eshitish, raqsga tushish, tasviriy san’at, rasm chizdirish, haykaltaroshlik san’ati yo’q qilinadi, katta bayramlar o’tkazish (ikki hayit bayramidan tashqari) man qilinadi. 

Kino, teatr, konsertlarga ruxsat etilmaydi. 

Barcha erkaklardan soqol - mo’ylab qo’yib, kalta shim kiyib yurish talab etiladi. 

Xotin - qizlarning ko’chaga chiqib ishlab kelishlariga ruxsat etilmaydi, hijobga kirgiziladi. 

Dunyo mamlakatlarining ko’pchiligi tanlagan demokratiya tuzumi yo’q qilinadi. 

E’tiqod, ta’limot, maslaklar zo’rlab, majburlab tiqishtiriladi.  Ularga zid ish tutadigan barcha kishilar, ular uning xoh ota - onasi bo’lsin, xoh aka - uka, opa - singil, farzandlari bo’lsin, ayab o’tirilmaydi.  Zarur bo’lib qolganda ulardan qonli o’ch olinadi.  Vahhobiylar doim ana shu g’ayri insoniy maqsadlarni ro’yobga chiqarish uchun, hamda mavjud konstitutsion tuzumni kuch bilan ag’darib tashlash uchun payt poylab yuradilar.

Endi bizdagi vahhobiylarning ko’rinishiga kelsak, ularning aksariyati kalta shim kiyib, soch - soqollarini o’stirib, xunuk qiyofaga kirib olgan, ko’rinishlari xuddi tarki dunyo qilgan qalandarlarga o’xshab ketadigan, ommadan keskin ajralib turadigan axloqsiz, savodsiz, beo’xshov yoshlardir.  Masjidlarda yoshi ulug’ keksa dindorlarga turli bo’lmag’ur savollar berib, otasi, buvasi tengi keladigan otaxonlarni behurmat qilib, ular bilan ters muomalada bo’lib, surbetlarcha mahmadanalik qilishlari bilan aksariyat xalqning haqli e’tirozlariga sabab bo’lganlar.  Bunday johillik bilan dinimizni taftish qilishga xaqlari bormi ularning? Axir, din ishlarini boshqarib, tartibga solib turuvchi diniy mansabdor shaxslar, fatvolar beruvchi Muftiy hazratlari bor - ku?! Munozarali masalalarni ular bilan murosa - madora asosida yechmaydilarmi? Qanday haqlari bor kishilarga o’zlarining eskirgan, qotib qolgan daqqi aqidalarini, maslaklarini zo’rlik bilan tiqishtirishga? O’sha janobi payg’ambarimiz davrini hozirgi kunga - yuksak taraqqiyot davriga solishtirib bo’ladimi? O’zgaruvchan zamon talablarini nega inobatga olmaydilar? Axir, masjidlarda, to’y - hasham, ma’raka va boshqa amri - ma’ruf, nahiy - munkar o’tkaziladigan yig’inlarda imomlarimiz, notiqlarimiz ular talab qilayotgan vahdoniyatni lozim topilgan qoidalar asnosida har doim targ’ib qilib turibdilar - ku! Kim huquq berdi ularga janjal - to’polon ko’tarib, ba’zilardan esa hatto qonli o’ch olib, mozorlardagi tarixiy obidalarni, esdalik lavhlarni, belgilarni, maqbaralarni buzib tashlashga? Bunday o’rinli savollar bir talay. . . 

Alloh taolo 2  -  “Baqara” surasining 256 - oyatida “Dinda zo’rlash yo’q. . . ” degan. 

Kimda - kim: “Mening yo’lim, mening mafkuram to’g’ri”, deb vahhobiylar va hizbchilar kabi boshqalarni zo’rlash va aldash yo’li bilan o’zining mafkurasiga, yo’liga tortmoqchi bo’lar ekan, albatta, u Allohning hurriyatiga, Allohning irodasiga qarshi borgan bo’ladi.  Qaysi inson Allohning xohishiga qarshi borib g’olib bo’la olardi?! Bunday nodonlar faqatgina xalq boshiga tashvishu kulfatlar keltirib, oqibatda xalqning nafratiga va Allohning g’azabiga uchrashi tayin. 

Radikal diniy oqimlar.

Aslida diniy ekstremizm va fundamentalizm bir birlariga qo’shilib ketgan tishunchalardir.  Ularning ikkalasi ham bir guruh g’arazli kishilar manfaatlariga xizmat qiladi. 

Ekstremizm so’zi aslida fransuzcha - lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, keskin fikr va choralarning qo’llanilishi ma’nosida qo’llaniladi.  Bunday keskin choralar sog’lom yoki nosog’lom bo’lishi mumkin.  Shuning uchun nosog’lom ma’nodagi keskin chora - tadbirlar tarafdorlari ekstremistlar yoki jaholatparastlar, deb ham ataladi. 

Diniy ekstremizm faqat islomgagina xos emas, balki butun dunyodagi barcha dinlarga mansubdir.  Ayniqsa, o’rta asr xristian ruhoniylari bu borada ashaddiy chora - tadbirlarni ko’rganlar - muqaddas kitoblarda belgilangan har qanday aqidalarga qarshi chiqish cherkov tomonidan qat’iy qoralangan.  Ilm - fan, madaniyat cherkovga bo’ysundirilgan.  Fandagi harqanday yangilik qarshilikka uchragan. 

Bunday kishilar “shakkoklar” deb atalgan. 

Yana bir ekstremistik guruh, bu Akromiylar.  Ularni “Iymonchi”lar deb ham ataydilar. 

1996 - 1997 yillarda Respublikamizda vujudga kelgan.  “Hizbut - Tahrir” asoschisi Yo’ldoshev Akrom degan kishidir.  Uning “Iymonga yo’l” nomli, 12 darsga mo’ljallangan risolasi bor.  Ularning maqsadi Farg’onada Islom davlati tuzish edi.  Hozirda deyarli faoliyatini to’xtatgan. 

XIII asrda papa qo’shinlari 20 ming kishini qatl etgan.  Ilg’or ziyolilarga qarshi inkvizatsiya sudi joriy etilgan. 

Mustaqillik uchun kurashchi Yan Tus o’ldirilgan.  Osmon ilmining yulduzlaridan Jordono Bruno  -  gulxanda kuydirilgan, Galileyo Galiley 50 yil qiynoqqa solingan, u shunda ham “yer aylanadi” degan fikridan qaytmagan. 

Islom ekstremistlari ham Islomni qayta tiklash, g’arb davlatlari ta’siriga tushib qolmaslik shiori ostida, dinni niqob qilgan holda harakat qilsalarda, ularning diniy - siyosiy qarashlari hokimiyatga, mamlakatni boshqaruviga untilishga asoslangandir. 

Islomning eng ta’sirchan ekstremistik guruhlaridan biri “Musulmon birodarlari” (Al - ihvon al - Muslimin) uyushmasidir.  Bu uyushma diniy - siyosiy tashkilot bo’lib, 1928 - yil Misrda Shayx Hasan al - Banno tashabbusi bilan tuzilgan.  Ularning maqsadi  -  “adolatli islom jamiyati” tuzish emish.  Bu tashkilot oddiy xayriya va ma’rifiy ishlardan terrorchilikkacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.  1949 - yil Hasan al - Banno o’ldirildi va qator mustaqil tashkilotlar vujudga keldi. 

Ular 1981 - yil Misr Prezidenti Anvar Saodotni o’ldirganlaridan so’ng bu tashkilot man etildi.  Rahbarlari qamaldi.  Hozirgi kunda bu tashkilot 30 ga yaqin mamlakatlarda ish ko’rmoqda. 

1994 - yil Qandahor hududida yuzaga kelgan harakat Tolibonlar harakati deya nom oldi.  Tolibonlar Amerika antiterror harakatlarni boshlagunga qadar hokimiyat tepasida turdi va 20 yildan buyon urushlardan bezgan Afg’on xalqiga hech narsa bera olmadi.  Ular ayollarni qayta paranjiga kirgizdi, erkaklarga soqol majburiy dedi, Navro’zni ham majburiy dedilar.  Yana terrorizmni mablag’ bilan ta’minlash uchun narkobiznesni avj oldirdilar. 

Hizbut - Tahrir al - islomist.  Hizb at - Tahrir 1952 - yil Quddus shahrida Falastinlik ilohiyotchi Taqiy an - Nobahoniy tomonidan asos solingan diniy - siyosiy partiya. 

Ularning maqsadi, avval Arab davlatlari miqyosida, keyinchalik Islom davlatlari miqyosida va nihoyat jahon miqyosida - Xalifalik shaklidagi Islom davlatini tuzish.  Ularning 187 bobli dasturi bor. 

Hizbchilar esa, xalifalik davlatini tiklashni g’oya qilib olib, demokratiyani butkul inkor etadilar. 

Ularning faoliyatlari asosan uch bosqichdan iborat:

Hizbga din niqobi ostida da’vat qilib, o’z siyosiy maqsadlarini amalga oshiruvchi shaxsni shakllantirib yetishtirish. 

Yoshlarni siyosiy fikrlantirgan holda, fikriy kurash, varaqalar tarqatish orqali davlatning boshqaruv idoralari bilan xalq o’rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarish. 

Pirovardida hokimiyatni qo’lga olib, (kerak bo’lsa qurolli kurash yo’li bilan) xalifalik davlatini tuzish. 

“Hizbut - Tahrir” chilarning, yer yuzidagi ko’pchilik musulmonlar yashaydigan barcha mamlakatlarni yagona Islom xalifaligiga birlashtirish haqidagi g’oyasi tamoman puch va xom xayoldan boshqa narsa emas.  Bu g’oyaga ergashganlarning ko’pchiligi go’l, laqma, nodon, qaysar va johil odamlardir.  Boz ustiga, ular tinchlikka rahna soluvchi va hatto havfsizligimizga tahdid qiluvchilardan bo’lib qolmoqdalar. 

Shunday qilib, “Vahhobiya”, “Hizb ut - Tahrir” tarafdorlari dunyoviy taraqqiyot qonunlarini, zamona talablarini hisobga olmay, dunyoviy ilm - fandan yuz o’girib, umuminsoniy ma’naviy - madaniy taraqqiyotga qarshi chiqadilar.  Tinch hayotimizga tahdid solib, hech kimga kerak bo’lmagan, insoniyat taraqqiyotiga faqat zarar keltiradigan o’zlarining dardisar g’oyalarini xalqning boshini aylantirib, tiqishtirishga harakat qiladilar. 

Bir tasavvur qilaylik, agar har bir xalqning ma’naviy madaniyatini aks ettiruvchi musiqa, raqs, kino, teatr, konsert, tasviriy san’at, haykaltaroshlik va hakozolar man etilsa, to’yu tamosholar musiqa, raqssiz motamsaro ko’rinishda, mungli tarzda o’tkazilsa, qani o’zingiz aytingchi, bunga rozi bo’larmidingiz? Bu kelajak avlodni ma’naviy tushkunlikka tushirishga va jamiyatni o’rta asrlar jaholati botqog’iga botirmaydimi?

Hozirgi davrda ilm - fan, texnika, madaniyat, davlatchilik va turli xalqlar o’rtasidagi o’zaro siyosiy va ma’naviy munosabatlar yuqori darajaga ko’tarilgan bir paytda, davlat tuzumini payg’ambar alayhissalom davrlaridagi holatiga qaytarish aslo imkoni bo’lmagan ishdir.  Agar shunday qilinadigan bo’lsa, ilm - fan taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan buyuk yangiliklardan  -  elektr, mashina, samolyot, telefon, telegraf, kompyuter va shu kabilardan ham voz kechishga to’g’ri keladi. 

Bundan tashqari “Vahhobiya” va “Hizb ut - Tahrir” nazarda tutgan davlat barpo qiladigan bo’lsak, ayollarni ijtimoiy foydali mehnatdan, mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishdan mahrum qilamiz. 

Shuni yodda tutish kerakki, boya aytganimizdek, bizning boshimizni aylantirmoqchi bo’layotgan vahhobiylar va hizbchilar hozir deyarli barcha Islom davlatlaridan quvg’in qilingan, faoliyatlari taqiqlab qo’yilgan.  Haligacha yaqin o’rtada birorta davlatda “Xalifalik” davlati qurilmagan, qurilishi ham mumkin emas. 

Mana shunday sharoitda biz xalqimiz tabiati, urf - odatlari, an’analari va kelajagiga zid ta’limot va g’oyalarni O’zbekistonda tarqalishiga qarshi befarq qarab tura olamiz?

Xalifalik yoki Islom Respublikasini qurdik ham deylik, unda nima bo’ladiyu, kimdan o’rnak olamiz?

Hozir yer yuzida barchaga o’rnak, namuna bo’la oladigan, bekamu - ko’st, to’la ijtimoiy adolat o’rnatilgan biror Islom davlati bormi? Hoynahoy, bor, ular Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afg’oniston va boshqalar, dersiz. 

Saudiya Arabistonida har yili millionlab qo’y - echki, tuya, sigirlar so’yilib, qurbonliklar qilinayotgan bir paytda, u yerda bir burda go’shtga, nonga zor odamlar, tilanchilar yo’qmi? Pokistonda - chi?

Imom Burhoniddin Rabboniy Afg’onistonni Islom Respublikasi deb e’lon qilgan bo’lsa - da, u yerda o’n yillardan beri hokimiyat, yuqori lavozimlar uchun kurashib, hammalari musulmon bo’lgani holda bir - birlarining qonini to’kib, birodarkushlik qilmayaptilarmi? Xalqi bir burda nonga zor bo’lib turgan holda butun dunyoni af’yun, qoradori bilan ta’minlab kelmayaptimi?

Eron o’zini Islom davlati deb e’lon qilgandan pushaymon bo’lib, hozirgi kunda orqaga qaytib davlatni yana dunyoviy davlatga aylantirish payida yurmayaptimi?

“Hizb ut - Tahrir” firqasi tashkil topganiga yarim asr bo’lgan bo’lsa - da, hanuzgacha dinyoning biror davlatida tan olinib, ro’yxatdan o’tgan emas.  Islom olamining yetuk din peshvolari bu firqaning mohiyati va g’oyalarini chuqur o’rganib chiqqach, u asl Islom dini ta’limotlariga mutlaqo zidligini, oxir - oqibatda u qonli fojealarga olib kelishi muqarrar ekanligini anglab yetganlar.  Natijada u hech qaysi mamlakatda qaror topa olmagan. 

Demak, bu firqaning dinga, xalqqa zarari - musulmonlarni chalg’itib, yo’lidan adashtirib, xalifalikni tiklash da’vosi bilan xalq boshiga turli musibat va balolar keltirish, eng yomoni shu tariqa Islom dinining rivojiga halal berish va xalqaro o’bro’siga putur yetkazishdan iborat. 

Davlat uchun zararli jihati shundaki, bu firqaning ochiqdan - ochiq bayonotlariga qaraganda, ularning maqsadi - mavjud konstitutsion tuzumni yo’q qilish, davlat to’ntarishini amalga oshirish va nihoyat o’zlari rejalashtirgan utopik (xayoliy) tuzumni barpo etishdan iborat, bunga esa, tabiiyki dunyodagi hech qaysi davlat va xalq yo’l qo’ymaydi, chunki jamiyatdagi hamma ishlarga uning kasri uradi, taraqqiyot sur’ati pasayadi, oqibatda davlat va xalq birdek katta moddiy va ma’naviy zarar ko’radi.  Eng xavflisi insoniyat yangidan - yangi qonli urushlar girdobiga tortiladi.  Bu esa davlatimiz, dinimiz dushmanlari uchun ayni muddaodir. 

Savol tug’iladi, nega yoshlar rasmiy ishlab turgan olimu, ulamolar qolib, betayin, shubhali kishilarga ishonib, ular orqasidan ergashadilar?

Fikrimizcha, bunga sabab yoshlarning ongi, dunyoqarashlari hali shakllanib ulgurmaganligi, sodda, ishonuvchanligi, tayinli diniy, ma’naviy ma’lumotlarga ega emasliklari, eshitayotgan da’vatlari ularga “sirli” bo’lib tuyulishi, moddiy tomondan qiynalganliklari va shu kabi omillar sabab bo’lishi mumkin. 

Endi vahhobiy, hizbchi da’vatchilarga kelsak, ularning aksariyati gapdon, so’zamol, insonni avrab ruhiyatlariga ta’sir qila oladigan, o’zlarining yo’llariga yurganlarga pulni ayamaydigan va’daboz, ayyor, va chapdast kishilardir. 

Ular yoshlarning diniy bilimlari yetarli emasligi yoki umuman yo’qligidan, sodda, har kimga ishonuvchanligidan ustalik bilan foydalana oladigan mug’ombir, ustomon kishilardir.  Ular Qur’on oyatlarini, payg’ambarimiz hadislarini, zarur bo’lib qolganda, hech uyalib netib o’tirmay, gunohdan qo’rqmay o’z foydalariga o’zgartirib tarjima qilib tushuntirib, yoshlar ongini bemalol zaharlay oladilar. 

Ular bilan munozaraga kirishib, ularning fikrini noto’g’riligini isbot qilib “mot” qilsangiz ham ular bunga tan bermaydilar.  “Do’ppi tor kelib qolganda” to’g’ridan - to’g’ri biz faqat fikr berishga, tarqatishga buyurilganmiz, birovlarning fikrini olish, birovlarning fikriga qo’shilish bizga “yuqoridan” man qilingan, deb ochiqdan - ochiq bo’yinlariga oladilar ham. 

Ularga gap uqtirish, to’g’ri yo’lga solish juda mushkul, chunki ularning ko’pchiligi manqurtga (zombi) aylanib bo’lganlar.

Missiоnеrlik hаqidа gаp kеtаr ekаn, аvvаlо ushbu tushunchаning lug’аviy vа istilоhiy mа’nоlаrini tushunib оlish muhim аhаmiyatgа egаligini аlоhidа qаyd etish lоzim.

Ushbu so’z lоtin tilidаgi «missio» fе’lidаn оlingаn bo’lib, «yubоrish», «vаzifа tоpshirish», missiоnеr esа “vаzifаni bаjаruvchi” dеgаn mа’nоlаrni аnglаtаdi. Missiоnеrlik esа bеlgilаngаn vаzifаlаrni hаl qilishgа qаrаtilgаn nаzаriy vа аmаliy fаоliyat mаjmuini bildirаdi.

Turli lug’аtlаr vа mаnbаlаrdа missiоnеrlikkа ko’plаb tа’riflаr bеrilgаn. Ulаrning dеyarli bаrchаsidа missiоnеrlikkа хоs хususiyatlаr tаvsiflаnishi bаrоbаridа, bu so’z аsоsаn хristiаn dini bilаn bоg’lаnаdi. Jumlаdаn,hаr yili qаytа nаshr etilаdigаn «World Book» (“Jаhоn kitоbi”) ensiklоpеdiyasidа “Missiоnеr birоr diniy guruh tоmоnidаn bоshqаlаrni o’z dinigа tаrg’ib qilish vа kiritish uchun yubоrilgаn insоn”,-dеgаn fikr qаyd etilgаn. 2005 yildа Mоskvаdа nаshr etilgаn “Kirill vа Mеfоdiyning kаttа ensiklоpеdiyasi”dа esа «Missiоnеrlik birоr diniy birlаshmа vаkillаrining o’z e’tiqоdini bоshqа din vаkillаri оrаsidа yoyish hаrаkаti»,-dеgаn tа’rif kеltirilgаn.

Umumаn оlgаndа, turli lug’аtlаr vа mаnbаlаrdа bаyon etilgаn tа’riflаr bib-birigа judа yaqin vа o’хshаsh bo’lib, ulаrgа tаyangаn hоldа quyidаgi хulоsаni chiqаrish mumkin: missiоnеrlik - bir dingа e’tiqоd qiluvchi хаlqlаr оrаsidа bоshqа bir dinni tаrg’ib qilishni аnglаtаdi.

Bugungi kundа хristiаn diniy tаshkilоtlаri tоmоnidаn оlib bоrilаyotgаn missiоnеrlik hаrаkаti ko’pdаn-ko’p bаhslаrgа sаbаb bo’lmоqdа. Zеrо, hоzirgi dаvrdа jаhоn аhоlisining mutlаq ko’pchiligi yakkахudоlikkа аsоslаngаn o’z dinigа egа bo’lgаn dаvrdа missiоnеrlik sаlbiy bir hоlаtgа аylаnib qоlgаnini tа’kidlаsh zаrur.

Аyni pаytdа, "missiоnеrlik" tushunchаsining o’zi turlichа tаlqin etilаyotgаnini hаm qаyd etish lоzim. Хususаn, prоtеstаnt diniy tаshkilоtlаri "missiоnеrlik" so’zini inkоr etаdilаr vа o’z fаоliyatlаrini "injillаshtirish" tushunchаsi bilаn izоhlаshgа hаrаkаt qilаdilаr. Buni ulаr “Injil”ning tаrkibiy qismi bo’lgаn аvliyo Mаrkdаn rivоyat qilingаn «Hushхаbаr»dа qаyd etilgаn хristiаnlаr uchun jаhоn uzrа o’z dinlаrini bаrchа хаlqlаrgа еtkаzish zаrurligi to’g’risidаgi ko’rsаtmаning bаjаrilishi sifаtidа tаqdim etаdilаr. Аmmо “Injil”dа qаyd etilgаn yuqоridаgigа o’хshаsh fikrlаr o’z dаvri uchun to’g’ri kеlishini аyrim хristiаn diniy tаshkilоtlаri tushunishni хоhlаmаyotgаnliklаrini vа ulаr оlib bоrаyotgаn hаrаkаtlаr hаqli nоrоziliklаrni kеltirib chiqаrаyotgаnini tа’kidlаsh zаrur.

Prоzеlitizm - bu to’g’ridаn-to’g’ri birоn bir dingа ishоngаn fuqаrоni o’z dinidаn vоz kеchishgа vа o’zgа dinni qаbul qilishgа mаjbur qilishdаn ibоrаtdir.

Prоzеlitizm kеltirib chiqаrаyotgаn sаlbiy оqibаtlаrni аyrim hаyotiy misоllаrdа hаm ko’rish mumkin. Хususаn, bizgа qo’shni bo’lgаn аyrim dаvlаtlаrdа хristiаn dinini qаbul qilgаn kishilаr vаfоt etgаndа jаsаdni qаbristоngа qo’yish bilаn bоg’liq muаmmоlаr kеlib chiqmоqdа. Mаyitning musulmоn оtа-оnаlаri o’z fаrzаndlаrini хristiаn mоzоrigа dаfn etishni хоhlаmаgаnlаri, musulmоnlаr esа хristiаn dini vаkili jаsаdini o’z musulmоn birоdаrlаri yotgаn jоygа qo’yishni istаmаgаnliklаri nаtijаsidа kеlishmоvchiliklаr yuzаgа kеlmоqdа.

Shuningdеk, хristiаn dinini qаbul qilgаn kishi o’z o’g’lini хаtnа qildirishni хоhlаmаgаni, uning оtаsi esа, o’z nаbirаsini musulmоn urf-оdаtlаrigа ko’rа хаtnа qildirishni istаgаni tufаyli оtа-bоlа o’rtаsidа jаnjаllаr kеlib chiqqаni hаm mа’lum.

Хristiаn yoki bоshqа dinni qаbul qilgаn qizning turmushgа chiqishi hаm muаmmоgа аylаnmоqdа. Оilаdа qizning оtа-оnаsi musulmоn. Аlbаttа, ulаr o’z qizlаrini musulmоn kishigа turmushgа chiqishini istаydilаr. Аmmо хristiаn dinidаgi qizgа musulmоn kishining uylаnishi аmri mаhоl.

YUqоridаgi kаbi misоllаrni yanа dаvоm ettirish mumkin. Аmmо shulаrning o’zi hаm missiоnеrlik vа prоzеlitizm hаrаkаtlаri bоshqа dinni qаbul qilgаn tub millаt vаkillаri оilаlаridа nizоlаr vа jаnjаllаrning аvj оlishigа hаmdа хristiаnlikning аyrim yo’nаlishlаri vаkillаrigа nisbаtаn dushmаnlik hissiyotlаrining pаydо bo’lishi оrqаli dinlаrаrо nizоlаrni kеlib chiqishigа zаmin yarаtishi mumkinligini yaqqоl tаsаvvur qilish imkоnini bеrаdi.

Mа’lumki, хristiаnlаr “Missiоnеrlik hаr bir dindоr uchun shаrt”,-dеb hisоblаydilаr. Bundаy fikrlаrning аsоsi vа mаnbаini «Injil»dаn tоpish mumkin. Jumlаdаn, “Injil”dа Isо Mаsihning o’zigа 12 hаvоriyni tаnlаb оlishi vа ulаrni Isrоilning qishlоqlаri bo’ylаb dа’vаt qilish uchun yubоrgаni qаyd etilgаn. Ushbu sаfаr оldidаn Isо Mаsih elchilаrigа o’zlаri bilаn hеch qаndаy еgulik vа kiyim bоsh оlmаslikni buyurаdi. Mаrkdаn rivоyat qilingаn “Injil”dа jumlаdаn shundаy so’zlаr kеltirilgаn:

... 15. Isо shоgirdlаrigа dеdi: «Butun jаhоn bo’ylаb yuringlаr vа hаmmа tirik jоngа Injil Хushхаbаrini tаrg’ib qilinglаr”.

Bundаy dа’vаt Mаttоdаn rivоyat qilingаn «Injil»dа hаm mаvjud. Undа Isо hаvоriylаrgа yaqinlаshib, shundаy dеgаni qаyd qilinаdi :

19. ...bаrchа хаlqlаrdаn shоgird оrttiringlаr. Ulаrni Оtа, O’g’il vа Muqаddаs Ruh nоmi bilаn cho’qintiringlаr.



Download 64.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling