Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari
Download 34.04 Kb.
|
Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy aqidaparastlik
Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinishdir. Qisqa va lo‘nda qilib izohlaganda ekstremizm (lotincha extremus – o‘ta) – ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir.
Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi, boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin etilgan diniy aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat suvereniteti va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch bilan egallash yoxud mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir. Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish yoxud tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy ekstremistik, fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish yoxud ular faoliyatida qatnashishga undash, diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish, diniy adovat qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Diniy aqidaparastlik esa dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki o‘rinsizligidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. Aqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo va to‘qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan. Aqidaparast guruhlar haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. Ular o‘z g‘oyalari bid’atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta johil va boshqalarga nibatan murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi. YA’ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni ham hamz ichiga oladi. Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini barpo qilishga intiladi. Bu maqsadga ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘ravonlik orqali erishishni ko‘zlaydi. Download 34.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling