Mixail Bulgakov ityurak (qissa)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana21.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1642504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ityurak [@kitoblar pdf]




Mixail Bulgakov 
ITYURAK (qissa) 



Mixail Bulgakov rus klassik adabiyotida salmoqli iz qoldirgan 
adiblardandir. O’zining serqirra ijodi bilan Oktyabr revolyusiyasidan 
keyingi ijtimoiy hayotga, odamlar ongining shakllanishiga yalovbardor 
singari ta’sir ko’rsatgan bu ulkan ijodkor o’z vaqtida quvg’inlarga 
uchragan, bir qator asarlari uzoq yillar mobaynida maxsus idoralar 
tomonidan taqiqlab qo’yilgan edi. 
Adibning shoh satira asari bo’lmish «Ityurak» qissasi ana shular 
jumlasidandir. Qissa M. Bulgakov tomonidan 1927 yili yozilgan. 
Shundan keyin chet ellarda qayta-qayta bosilgan bu asar mamlakatimizda 
qayta qurish sharofati bilan «Znamya» jurnali sahifalarida 1987 yili, 
oradan 60 yil o’tgachgina dunyo yuzini ko’rdi va ittifoqimiz adabiy 
jamoatchiligi fikrini junbushga keltirdi. 
Qissa o’z mohiyat-e’tibori bilan fantastik motiv asosiga qurilgan. 
Butun Yevropaga nomi chiqqan mag’rur va ulug’vor professor 
Preobrajenskiy odamzodni yanada takomillashtirish maqsadi-da itning 
miyasi o’rniga inson miyasini ko’chirib o’tqazadi. Takabbur olimning bu 
qaltis tajribasi mohiyatan ma’naviyatsizlik va odamzod hamda tabiat 
ustidan qilingan zo’ravonlikdan iborat ekanligi tufayli inqirozga yuz 
tutadi. Oxir-oqibatda professorning o’zi bunyod etgan chala odam — 
chala it — Sharikov o’z egasining boshiga malomat toshlarini yog’diradi. 
M. Bulgakov asarda fantastikaga moyilligiga qaramay, inqilobdan 
keyingi jamiyatimiz hayotidagi kamchiliklarni ayovsiz satira tig’i ostiga 
oladi, o’zining boy hayotiy tajribasi va kuzatuvlaridan kelib chiqib, o’sha 
davr «qiyofa»sini badiiy umumlashtiradi. 
M. Bulgakov doimo o’zini buyuk rus yozuvchilari Shchedrin va 
Gogollarning shogirdi deb hisoblardi. Adib sifatida uning hayoti ana shu 
yozuvchilarning nomini beixtiyor esga soluvchi gazeta feletonlari va 
satirik qissalarni mutolaa va ijod qilish jarayonida shakllandi. Bu hayot 
katta o’ylar va mulohazalar natijasi bo’lmish hamda falsafa, fantastika, 
chuqur va o’tkir satira o’zaro mahorat bilan mujassamlangan «Ityurak» 
qissasi, pirovardida esa «Usta va Margarita» romanlari bilan yakunlandi. 
Mubolag’asiz aytish mumkinki, bular faqat adibning, qolaversa, rus 
adabiyotininggina emas, balki butun jahon badiiy adabiyotining ham 
durdona asarlari sirasiga kiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling