Mixail Bulgakov ityurak (qissa)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ityurak [@kitoblar pdf]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shchedrin va Gogol
1 Mixail Bulgakov ITYURAK (qissa) 2 Mixail Bulgakov rus klassik adabiyotida salmoqli iz qoldirgan adiblardandir. O’zining serqirra ijodi bilan Oktyabr revolyusiyasidan keyingi ijtimoiy hayotga, odamlar ongining shakllanishiga yalovbardor singari ta’sir ko’rsatgan bu ulkan ijodkor o’z vaqtida quvg’inlarga uchragan, bir qator asarlari uzoq yillar mobaynida maxsus idoralar tomonidan taqiqlab qo’yilgan edi. Adibning shoh satira asari bo’lmish «Ityurak» qissasi ana shular jumlasidandir. Qissa M. Bulgakov tomonidan 1927 yili yozilgan. Shundan keyin chet ellarda qayta-qayta bosilgan bu asar mamlakatimizda qayta qurish sharofati bilan «Znamya» jurnali sahifalarida 1987 yili, oradan 60 yil o’tgachgina dunyo yuzini ko’rdi va ittifoqimiz adabiy jamoatchiligi fikrini junbushga keltirdi. Qissa o’z mohiyat-e’tibori bilan fantastik motiv asosiga qurilgan. Butun Yevropaga nomi chiqqan mag’rur va ulug’vor professor Preobrajenskiy odamzodni yanada takomillashtirish maqsadi-da itning miyasi o’rniga inson miyasini ko’chirib o’tqazadi. Takabbur olimning bu qaltis tajribasi mohiyatan ma’naviyatsizlik va odamzod hamda tabiat ustidan qilingan zo’ravonlikdan iborat ekanligi tufayli inqirozga yuz tutadi. Oxir-oqibatda professorning o’zi bunyod etgan chala odam — chala it — Sharikov o’z egasining boshiga malomat toshlarini yog’diradi. M. Bulgakov asarda fantastikaga moyilligiga qaramay, inqilobdan keyingi jamiyatimiz hayotidagi kamchiliklarni ayovsiz satira tig’i ostiga oladi, o’zining boy hayotiy tajribasi va kuzatuvlaridan kelib chiqib, o’sha davr «qiyofa»sini badiiy umumlashtiradi. M. Bulgakov doimo o’zini buyuk rus yozuvchilari Shchedrin va Gogollarning shogirdi deb hisoblardi. Adib sifatida uning hayoti ana shu yozuvchilarning nomini beixtiyor esga soluvchi gazeta feletonlari va satirik qissalarni mutolaa va ijod qilish jarayonida shakllandi. Bu hayot katta o’ylar va mulohazalar natijasi bo’lmish hamda falsafa, fantastika, chuqur va o’tkir satira o’zaro mahorat bilan mujassamlangan «Ityurak» qissasi, pirovardida esa «Usta va Margarita» romanlari bilan yakunlandi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bular faqat adibning, qolaversa, rus adabiyotininggina emas, balki butun jahon badiiy adabiyotining ham durdona asarlari sirasiga kiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling