Mixail Bulgakov ityurak (qissa)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana21.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1642504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ityurak [@kitoblar pdf]

Derazasidan Valtornaning
2
yoqimli ovozi eshitilayotgan o’t 
o’chirish komandasi yoniga yetganlarida, janob itning sadoqatini yana bir 
bo’lakcha kolbasa bilan taqdirladi, lekin bu bo’lakcha avvalgisidan 
kichikroq, besh tiyinlik chaqani eslatardi. 
Eh, g’aroyib odam ekan! Meni o’ziga og’dirib olmoqchi... 
Xavotirlanmang! Shundoq ham hech qayoqqa jilmayman. Qayerga 
desangiz, o’sha yoqqa ergashib ketaveraman!.. 
— Fit-fit-fit! Bu yoqqa yur! 
Obuxovgami? Ma’zur tutasiz. Bu jinko’cha bizga juda yaxshi tanish. 
— Fit-fit! — Bu yoqqami? Bajoni... E, yo’q, ma’zur tuting. Yo’q. U 
yoqda shveysar bor. Bunaqasi olamda yo’q. Ko’cha supuruvchi farroshlar 
ham uning oldida ip esholmaydi. Juda xudo urgan zot. Indamasang, 
boshingga minib, qorningni chavaqlashdan ham toymaydi. 
— Nega qo’rqasan, axir? Yuraver. 
2
 Valtorna — puflab chalinadigan mueika asbobi. 


10 
— Salomatmisiz, Filipp Filippovich. 
— Salom, Fyodor. 
Mana buni shaxs desa bo’ladi. Voy xudoyim-ey, baxtiqaro qismatim 
meni kimga ro’para qildi? Ko’chada yurgan itlarni bunday hashamatli 
o’rtoqlik uyiga olib kirishga qodir juda hurmatli, gapi hammaga o’tadigan 
qanaqa shaxs ekan o’zi bu? 
Qarang-a, anavi ablahning qimir etgani holi yo’q. Ko’zlariga e’tibor 
bering, o’zi indamagani bilan, ko’zlari yeb tashlaguday tikilayapti, 
shunga qaramay, har doimgiga nisbatan ancha sipo, ancha bosiq. Go’yo 
shunday bo’lishi kerakday. Hurmat qilar ekan, juda hurmat qilar ekan bu 
janobni! Eh-ha! Men bo’lsam u bilan birgaman, izma-iz ketyapman. 
Nima, tegib ketdimmi? Eplasang, uzib ol. O’sha qadoq bosgan proletar 
oyog’idan bi-ir g’ajisang! Avlodimizga ko’rsatgan hamma hunarlari 
uchun. Basharamni kaltak bilan necha marta bejaganding, a? 
— Yur, yura qol. 
Albatta, albatta, siz hech xavotir olmang, faqat yo’lakni ko’rsatsangiz 
bas, u yog’ini bizga qo’yib beravering. Biqinimning lo’qillashiga 
qaramay, orqangizdan bir qadam ham qolmayman. 
Janob zinadan pastga qarata: 
— Fyodor, menga xat kelmadimi? — deya savol berdi. 
Pastdan iltifot ila javob berishdi: 
— Yo’q-yo’q, Filipp Filippovich — dedi (keyin sekin, sirli tovushda),— 
uchinchi kvartiraga bir necha o’rtoq joylashtirildi. 
Itlarga mehribon hurmatli janob zinada keskin orqasiga o’girilib, 
pastga engashdi-da, dahshatga tushib so’radi: 
— Xo’sh-sh? 
Uning ko’zlari ola-kula bo’lib, mo’ylovlari tikkayib ketdi. 
Shveysar pastdan og’ziga kaftini tutib, bosh irg’agan holda 
tasdiqladi: 
--- Xuddi shunday, bir emas, to’rt kishi. 
— Yo tavba! Uyimizda nimalar bo’lishini endi tasavvur qilish mumkin. 
O’zlari nima qilishyapti? 
— Hech nima. 
— Sizdan so’rayapman, Fyodor Pavlovich? 
— G’isht va parda olib kelgani ketishdi. Uyni ikkiga bo’lib, devor 


11 
qurishmoqchi. 
— E, jin ursin, bu qanaqasi, axir! 
— Hamma kvartiralarga odam qo’yisharkan, Filipp Filippovich, 
siznikidan tashqari. Hozir majlis bo’ldi, yangi shirkat saylashdi, 
eskilarining esa dumini tugishdi! 
— Nimalar bo’lyapti o’zi, tavba... Fit-fit. 
Ketyapman, mana, yonginangizdaman. Biqinim qurg’ur zing’illab, 
sira tinchlik bermayapti-da. Ijozat eting, botinkangizni yana bir yalab 
qo’yay. 
Shveysarning zar uqali bosh kiyimining gardishi ko’rinmay ketdi. 
Marmar yotqizilgan maydonchada quvurdan chiqayotgan issiqlik «gup» 
etib dimog’imga urildi. Yana bir marta burilib, mana, manzilimizga ham 
yetib keldik. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling