Mizroraxmatova Gulnoraning
Download 82.5 Kb.
|
Mayiz yemagan xotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart » Abdulla Qahhor.
Farg'ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish : Ingliz tili yo'nalishi 4-bosqich 18.100A guruh talabasi Mizroraxmatova Gulnoraning Adabiyotshunoslik fanidan Mustaqil ishi Mavzu: “Mayiz yemagan xotin” asari tahlili Reja: Abdulla Qahhor haqida ikki og’iz Abdulla qahhor hikoyalari haqida “Mayiz yemagan xotin” asarida o’zbek ayollari qiyofasining shakllanishi « Kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart » Abdulla Qahhor. Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi. Yozuvchi bu haqda o‘z tarjimai holida shunday yozgan: «Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni -17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilganman. Otam temirchi edi». Uning bolaligi Qo‘qon atrofidagi Yaypan, Kudash, Buvayda, Olqor, Oqqo‘rg‘on singari qishloqlarda o‘tadi. Abdulla dastlab Buvaydadagi eski maktabda o‘qiydi, keyin Oqqo‘rg‘ondagi jadid maktabida, Qo‘qondagi internatda, 1922-24 yillar mobaynida esa Qo‘qonda ochilgan o‘qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil oladi. U 1926, yilda SamDU ning tayyorlov fakultetini bitiradi va 1930 yilga qadar O’rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida o‘qnydi. Umri davomida barakali ijod qildi, «Qizil O’zbekiston», «Mushtum», xotin-qizlar gazetasi «Yangi yo‘l» da «Nish», «Norin Shilpiq», «Mavlono Kufur», «Guluyor», «Erkaboy», «E-boy» imzolari bilan qatnashib turgan. Chexovni o‘ziga ustoz deb bilgan. Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskvada vafot etdi. Abdulla Qahhor Pushkinning «Kapitan qizi» qissasini, Gogolning «Uylanish» va «Revizor» komediyalarini, rafiqasi Kibriyo Qahharova bilan birga Tolstoyning «Urush va Tinchlik» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Yozuvchi o‘z tarjimai holida: «...Ba’zan bularning oyog‘i ostida o‘ralatib, ko‘nglimizni xira qilgan kimsalarga ham ko‘z tashlab «Xalal berma, chetga chiq!» - deganman» - deb yozgan. Asarlari; «Qishloq hukm ostida» (1932, ilk kitobi), «Sarob» romani, «Hikoyalar» to‘plami, «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «O’g‘ri», «Bemor», «Anor», «Sinchalak», «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951, dastlab «Qo‘shchinor» deb nomlangan. Bu asarda O’zbekistonda jamoa xo‘jaligini tashkil qilish (kollektivlashtirish) jarayoni, bu jarayondagi murakkabliklar, kurash va qiyinchiliklar aks etgan. Asar haqida A. Qahhor shunday yozadi: «Men o‘z to‘pidan ayrilib, keyinda qolgan batrak-so‘nggi batrakning o‘sha yangi yo‘lga chiqib olguncha boshdan kechirganlarini tasvir qilmoqchi bo‘ldim. Biroq o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan maqsadimga yetolmadim... romanni tanqid xush qabul qabul qilgan bo‘lsa ham, ta’bimdagi kitob emas»), «Shohi so‘zana» (1950, qahramonlari: Dehqonboy, Hafiza, Xolbuvi, Saltanat va boshq. Bu asarni yozishda adib dramaturgiya janrida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, Mirzacho‘ldagi bir jamoa xo‘jaligiga ko‘chib borgan), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962, keyingi nomi «So‘nggi nusxalar», poraxo‘rlik illati fosh qilingan), «Ayajonlarim» (1966), «O’tmishdan ertaklar» (1964), «Muhabbat» (1966), «Mahalla», «Tomoshabog‘», «Millatchilar», «Adabiyot muallimi», «Zilzila» (tugallanmay qolib, uning vafotidai so‘ng nashr etilgan) va boshq. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling