Mizroraxmatova Gulnoraning
Abdulla Qahhor hikoyalari haqida
Download 82.5 Kb.
|
Mayiz yemagan xotin
Abdulla Qahhor hikoyalari haqida
Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar. Abdulla Qahhor «Xotinlar», «Asror bobo», «Ming bir jon», «Mahalla» hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go‘zalligini ko‘rsatishga alohida e’tibor bergan. U hikoyalarida xalq maqollari va matallaridan o‘rinli foydalangan. «O’g‘ri» hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga «Otning o‘limi itning bayrami» maqoli epigraf qilib olingan. «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi» - kabi misralar shu hikoyadan olingan. «O’g‘ri» hikoyasida «Begim deguncha belim sinadi», «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi», «Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz», «Kuruq qoshiq og‘iz yirtadi», «O’ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan» kabi maqollar qo‘llangan. «Bemor» hikoyasida qattiq og‘rib, vafot etgan ayol taqdiri va unga biror yordam berishdan batamom ojiz, qo‘li kalta Sotiboldining ahvoli, uyquga to‘ymagan, hali aniq shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi «begunoh go‘dak» - qizcha holati bayon etilgan. Ona esa har qanday vaziyatda ham o‘z bolasini o‘ylaydi. Bu hikoyaga «Osmon yiroq, yer qattiq» maqoli epigraf qilib olingan. «Dahshat» hikoyasida Unsinning «O’g‘ri» dagi Qobil bobo, «Anor» dagi Turobjon, «Bemor» dagi Sotiboldidan farqi shuki, u o‘z salaflariga o‘xshab mute’lik asirasi va jaholat qurboni bo‘lib yashashni istamaydi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini ichida eng kichigi - bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak - Unsin agar eri butunlay javobini bersa, Ganjiravonga - o‘z uyiga ketmoqchi bo‘ladi. Dodxoning katta xotini Nodirmohbegim bir voqeani aytib berayotganda «- Bola edim. Raxmatli dadam gap yer edilar. Bir mexmonxona yigit.. . Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Xozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsotning go‘riga pichoq sanchib keladi?» - degan gap bo‘libdi» - deydi. Unsin Dodxo bergan topshiriqni bajaraman deb borganda o‘tinni unutadi va hikoya so‘ngida qo‘rqinchdan jon beradi. «Ming bir jon» hikoyasi 1956 yilda yozilgan. Asar qahramonlari quyidagilar: jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib olgan, «bu xotinning joni bitta emas, ming bitta» degan Mirrahimov, sakkiz oydan beri palatadan chiqmay yotgan, o‘n yildan beri xasta ayol Mastura Alieva, Masturaning eri Akromjon, Hoji aka. «Asror bobo» hikoyasida Usta Mo‘min kitob ko‘rib, Asrorqulning o‘g‘liga qochoq bo‘lib yurgan kunlardan yodgor bo‘lsin deb, «Yodgor» ismini qo‘yadi. Hikoyada «Soxta tabassum» birikmasi salbiy emas, balki qahramonning matonati, irodasi, bardoshi belgisi bo‘lib yuzaga chiqqan. Hikoya qahramoni Asror bobo Nikolay davrida tegirmonchi bo‘lgan. «Mayiz yemagan xotin» hikoyasida yozuvchi yangi zamondagi o‘zgarishlarni ko‘rolmaydigan, paranjini tashlagan qizaloqdan tortib har bir keksa ayolgacha - barchaga gumonsirab qaraydigan, ular haqida kurakda turmaydigan g‘iybat gaplarni tarqatishdan or qilmaydigan mulla Norqo‘zining hajviy qiyofasini yaratgan. Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyachiligining yetuk namoyondalaridan biri edi. G‘afur G‘ulom bejizga “qahhorona qisqalik” iborasini ishlatmagan. Abdulla Qahhor bir varoqlik hikoyalariga ham butun kitoblarning zalvorli yukini jo qila olgan. Uning yozgan hikoyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini, g‘oyaviy muhimligini saqlab qola olgan. Xususan, uning “Bemor”, “Adabiyot muallimi”, “To‘yda aza” kabi hikoyalari shunday jonli ijod namunalari bo‘lib, ma’lum bir zamon o‘tgach, o‘ladigan hikoyalardan emas. Ammo, biz “Mayiz yemagan xotin” hikoyasini bunday jondor hikoyalar safiga kirita olmaymiz. Bu asar, xuddi Hamza Hakimzoda Niyoziyning qator asarlari kabi ayollarning ochiqligini yoqlovchi, ularni paranjini tashlashga da’vat qiluvchi va to‘laqonli ochiq tashviqot qilinuvchi asarlari kabidir. Umuman olganda, bu asar Qahhor ijodining bir dog‘idek, bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaraganda. Ammo, sobiq Sho‘ro hukumati, o‘sha zamonda ijod qilgan ijodkorlar aytganiga tayanib fikr yuritadigan bo‘lsak, bunday asarlarga “buyurtma bergan”. Ya’ni, sobiq ittifoq g‘oyalari asarlarga majburan singdirilgan. Oddiygina misol, Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha”siga taqalgan siyosiy ayblarni bir yodga oling. Hikoyaga qaytsak. Hikoya o‘z jarining turi bilan qisqa bir davr haqida yoki biror bir syujetning yakuni haqida bo‘ladi. Ushbu “Mayiz yemagan xotin” hikoyasi ham mulla Norqo‘zi ismli “g‘oyat taqvodor” bir kishining fikrlashini ochib berish bilan boshlanadi. – Аёл киши эркакка қўл бериб сўрашдими – бас!.. Рўза тутган киши оғзини чайқаса, сув томоғига кетмаса ҳамки, рўзаси очилади – шу оғиз айқашдан баҳра олади-да! Hikoyaning asosiy maqsadi ham mulla Norqo‘zi kabi eskicha fikrlaydigan odamlarni fosiq, ziqna, ilmsiz yoki ozroq ilmi bilan kishilarga aql o‘rgatishga urinadigan chalasavod, o‘zini o‘ylovchi xudbin qilib ko‘rsatishdir. Hikoyada bunga erishiladi ham. Shundan so‘ng, ikkinchi maqsad - ayollarni paranjini tashlashga, paranjisiz emas, paranji ostidagi ayollar o‘z bilganlarini qilishlarini uqtirishga o‘tiladi. Николай замонида исловотдаги хотинлар бош яланг эмас эди-ку! Va paranjisiz yurganlar to‘g‘ri yo‘ldan yurishi, o‘z haddini bilishi o‘quvchi ongiga singdiriladi: Тўғрисини айтайми? Паранжилик хотин ҳаром ишга яқинроқ бўлади. Сабаб денг! Агар сиз юзига кулиб қарамасангиз, деворға шоти қўйиб кўчага мўралайди: кўйлаклик олиб бермасангиз, том орқасидан кўйлаклик узатадиган чиқиб қолади. Очилган хотин-чи, кўйлак олиб бермасангиз ўзи ишлаб, ўзи олади. Hikoyaning kulminatsion nuqtasi. Pardalar ochilsin. Paranji ostidagi yigitning fosh etilish sahnasi. Bu sahna shu qadar qiyomiga keltirilgan-ki, o‘quvchi beixtiyor paranji ostidagilar xuddi asardagi kabi ikkiyuzlamachi, ma’nan buzuq ekaniga va bunday ayollar yonidagilarga ham ijtimoiy xavfli ekaniga ishonib qoladi. Axir, bizning mentalitetimizga ko‘ra, el-yurt oldida shamranda-yu sharmsor bo‘lishdan ko‘ra og‘irroq zarb bormi?! Yana deng, o‘zi boshqalarga aql bo‘luvchi ishda o‘z jufti haloli unga pand bersa! Mana bu tamomila yakuniy fikrga keltiruvchi qism - yo paranjini tashlat, yo mulla Norqo‘zi kabi nomus o‘tida qovril! Yo paranjini tashla, yo mulla Norqo‘zining xotini kabi el ko‘zida sharmsiz, yuzsizdek ko‘rin! Adib 1935-yilda yozgan “Mayiz yemagan xotin” hikoyasida xotin-qizlarning tengligi, ozodligi, erlari bilan barobar ishlashi mavzusi yorqin bir badiiy shaklda ochiladi. Shu ilg`or g`oyaga tish-tirnog`i bilan qarshi turgan mulla Norqo`zi paranjisini ochgan xotin-qizlar shaniga ertayu-kech bo`hton to`qiydi. “Sotiboldining xotini dorixonada ishlaydi, har kuni mingta odam bilan javob-muomala qiladi: axir, bittasi bo`lmasa, bittasi ko`z qisadi-da. Meliqo`zining xotini avtobusda konduktor, ba`zan yarim kechada keladi; ishi erta tugagan kuni ham yarim kechagacha yursa, ayshini qilsa, eri bilib o`tiribdimi? Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o`g`li bir hovuch mayiz berganini o`z ko`zim bilan ko`rganman. Hayo bormi shularda?” Uyda “yetti qavat parda” ichida o`tiradigan o`z xotini mulla Norqo`ziga farishta bo`lib ko`rinadi. Ammo hikoya davomida bu “farishta”ning o`taketgan buzuq ayol ekanligi fosh bo`ladi. O’ynash yigiti paranji yopinib kirib, birga tunar ekanu, mulla Norqo’zi erkaklarga hatto ovozini ham eshittirmaydigan bu ikki “farishta”ni behayolardan qo`riqlab, ayvonda poyloqchilik qilib o`tirar ekan. Zaifona kiyingan ikkinchi “farishta”ni esa o’z xotini gunoh ustida tutib oladi. Janjal bo`ladi, mahalla-kuydan odam yig`iladi. Shu o’rinda tajribasiz yozuvchi bo`lsa voqeani majlisga aylantirib, ilg’or xotin-qizlarni so’zga chiqarishi mumkin edi. Mulla Norqo`ziga o`xshash eskilik tarafdorlarining sha’niga gazeta maqolalarida ham aytish mumkin bo`lgan rasmiy gaplarni ko`plab aytishi mumkin edi. Ammo A.Qahhor bunday qilmaydi. U asarida aytmoqchi bo`lgan fikrini yorqin obrazlar holiga keltirib, xarakterlar mantig`iga singdirib aytadi. Mana o`sha hikoyaning kulminatsion nuqtasi: Erini mulla Norqo`zining uyidan topib olgan xotin: “Voydod, xaloyiq, bu qanday erkakki, xotinini birovga qo`shib qo`yib, o`zi eshik poylab yotadi!” deb dod soladi. Mulla Norqo`zi qo`shmachi emas, u xotinini farishta deb o`ylab aldangan, ammo buni endi odamlarga isbot qilib berolmaydi. Keksa bir odam unga qo`lini paxsa qilib “Sadqai odam keting-e, ayb emasmi?! –deydi. –Xotin qilish qo`lingizdan kelmasa taloq qiling!” Mulla Norqo`zi yana hech narsa deya olmaydi. Eski e`tiqod uning o`zini sharmandali bir ahvolga solib qo`ygan. Shu payt devor ustida turgan o`n ikki yoshlardagi qizcha “devordan kesak ko`chirib olib mulla Norqo`ziga o`qtaldi: -Hu, o`l, turqing qursin! Boshingga solaymi shu bilan! mahallada sasib, o`quvchi qizlarga kun bermaysan-u, o`zing noto`g`ri ish qilasan! Mulla Norqo`zi ortiq chiday olmadi. Devor ortidan qizga qarab o`shqirdi: -Sen gapirma! Senga kim qo`yipti gapirishni! Usta Mavlonning o`g`lidan bir hovuch mayiz olganingni o`z ko`zim bilan ko`rganman! Hamma kulib yubordi. Tomdan kimdir qichqirdi: Ha, bu kishining xotini mayiz yemagan”. Xalq tilining qudratidan, boyliklaridan mahorat bilan foydalangan yozuvchi mo’jiza yaratishi mumkinligi bu misolda yaqqol ko`rininb turibdi. Mulla Norqo`zining uyiga kirib dod solgan xotin ham, keksa chol ham, o`quvchi qiz ham, mulla Norqo`zining o`zi ham bu yerda faqat bir og`izdan gapiradilar. Lekin shu qisqa gaplarda ularning ruhiy holatlari, har birining o`ziga xos tili va dili, saviyasi va pozitsiyasi, yoshi va jinsi yaqqol ko`rinib turadi. Mulla Norqo`zini qo`shmachilikda ayblayotgan xotin “Voydod, bu qanday erkak!” deganda biz erini o`zga ayol bilan tutib olgan ayol kishining alamini, g`azabini yonishini sezamiz. “Sadqai odam keting-e, xotin qilish qo`lingizdan kelmasa taloq qiling!”degan gaplar ham yetmish yashar mo`ysafidaga juda mos, uning dilida borini, fe`lini, e`tiqodini aniq ifodalaydi. O`quvchi qizchani devordan kesak ko`chirib olib, yomon ko`rgan odamiga o`qtalishi ham, “mahallada sasib, o`quvchi qizlarga kun bermaysan-u, o`zing noto`g`ri ish qilasan” deyishi ham uning tabiatiga, yoshiga juda munosib. “O `zing noto`g`ri ish qilasan” degan ibora kishiga zavq beradi. Qizchaning chindan ham yangi maktab tarbiyasini olayotganiga bizni ishontiradi. Otdan tushsa ham egardan tushmayotgan mulla Norqo`zi bu qizchaga o`shqirib, unga birovning o`g`li bir hovuch mayiz berganini aytganda, odamlar gur etib kulib yuboradi. O`zi qo`shmachining ahvoliga tushib turgan kishining yangi zamon ayollariga qarab aytgan gaplari endi chindan ham kulguli tus oladi. Demak, yozuvchi g`oyani ritorik so`zlar orqali emas, to`laqonli real xarakterlar orqali ifodalaydi. Shu tariqa A.Qahhorning mahorati tufayli mulla Norqo`zi va uning “farishta”lari kulgu bilan ma`nan o`ldiriladi. Hikoyada ko`rsatilgan ma`naviy g`alaba mulla Norqo`zilarni jismoniy o`ldirib erishiladigan g`alabadan ming marta afzal. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling