Mm 57-2 guruh talabasi Igamberdiyeva Durdona Variant – 18


Korxonalar xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi


Download 21.33 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi21.33 Kb.
#1023689
1   2   3
Bog'liq
MM 57-2 Igamberdiyeva Durdona Moliyaviy tahlil 18-variant



2. Korxonalar xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1) tahlil obyekti va predmetini tanlash va rejasini (dasturini) tuzish;
2) tahlil uchun zarur bo'lgan hisobot materiallarini у ig'ish;
3) ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash va taqqoslash holatiga keltirish;
4) ko'rsatkichlarni taqqoslash, tahlil qilish, natijalarini baholash, o'zgarish sabablarini aniqlash va omillar ta’sirini hisoblash;
5) tahlil natijalarini umumlashtirish, xulosa va takliflar berish.
Tahlilning obyekti va predmetini tanlash va rejasini tuzish bosqichi xo'jalik nomi, tahlil mavzusi, o'tkazish muddatlari, ijrochilari, tahlil vazifalarini qamrab oladi. Tahlilning ikkinchi bosqichi tahlil uchun zarur bo'lgan ma’lumotlarni yig'ish, ularni o'zaro bog'liqligini, haqqoniyligini tekshirib ko'rish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Tahlilning uchinchi bosqichida ko'rsatkichlarni tanlash, qayta ishlash, ular orasidagi bog'liqlikni belgilash, tahliliy jadvallar tuzish, ma’lumotlar bazasini taqqoslash holatiga keltirish vazifasi bajariladi. Tahlilning to'rtinchi bosqichida ko'rsatkichlarni taqqoslash va tahlil qilish asosida xo'jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. Biznes rejaning bajarilishi o'rganiladi. Qo'rsatkichlar dinamikasi tahlil etiladi. Erishilgan natijalar, ularning o'zgarish sabablari, omillarning ta’sir etish doiralari hajmi tahlil qilinadi. Tahlilning yakuniy bosqichida tahlilning natijalari umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi. Tahlil yakuni qisqa, lo'nda, tushunarli tarzda bayonnoma, ma’lumotnoma shaklida ifoda etiladi. Tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim yakuniy bosqichi bo'lib hisoblanadi. Ushbu bosqichda tahlil natijalari umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi. Tahlil natijalarini umumlashtirishda o'zaro ta’sir va uslubiy ketma-ketlik asosida korxona biznes-rejasining bajarilishi, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari hamda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanish darajasiga 19 baho beriladi. Xo'jalik faoliyatida yo‘l qo'yilgan kamchiliklar va ularning sabablari, ichki imkoniyatlar va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Umumlashgan tahliliy ma’lumotlar korxona faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, istiqbolIi reja topshiriqlarini belgilashning zaruriy asosi sifatida alohida bayonnoma va izohlar tarzidagi qisqa, lo'nda va tushunarli qilib yoritilishi lozim. Bayonnoma ma’Iumotlarining haqqoniyligi ko'p jihatdan hisob-kitob ishlarining hamda iqtisodiy tahlilning qay darajada yo'lga qo'yilganligiga va tahlil etuvchining kasbiy mahoratiga bog'liqdir. Odatda, korxona faoliyatining natijasi yuzasidan umumiy xulosa - tavsifnoma mazkur korxona ma'sul xodimlari tomonidan tuziladi va tahlil natijalari yuzasidan tuzilgan barcha axborotlar, yozma xulosalar jamlanib, korxona rahbariga, mulkdorlarga topshiriladi. Rahbar tahlil natijasiga asosan boshqaruv qarorlarini qabul qiladi. Xulosada barcha erishilgan yutuqlar bilan birga yo'l qo'yilgan kamchiliklar, ularning sabablari va qanday oqibatlarga olib kelganligi ko'rsatiladi. Ayniqsa, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar uchun kimlar aybdor ekanligi ochiq-oydin ko'rsatilishi lozim, chunki bu tadbir kelajakda mazkur shaxs va boshqa ma’sul shaxslarning kamchilikka yo'l qo'ymasligini ta’minlaydi.

3.





Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling