Mm52k-2 guruh talabasi Raximov Komiljonning pul va banklar fanidan yozgan yakuniy nazorat ishi


Download 69.26 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi69.26 Kb.
#199953
Bog'liq
Raximov K.B Pul va Banklar YaN MM52k-2


MM52k-2 guruh talabasi Raximov Komiljonning pul va banklar fanidan yozgan yakuniy nazorat ishi

23-bilet


  1. Pullarga bo’lgan talabni baholash

  2. Pul tizimining elementlari

  3. Inflyatsiyaga qarshi kurashish yo’llari


1.Pul tarkibiy qismlari nuqtayi nazaridan naqd pullar – metall va qog‘oz pullardan iborat bo‘ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30– 35% ni tashkil qilgan. Monetaristik yondashuvga ko‘ra Fisher tenglamasida Transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi. Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi. Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo‘llarida yetarlicha pulga ega bo‘lishi zarur. Кorxonalarga ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. Кishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi.

Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.



Кeyns nazariyasida pulga bo‘lgan talabni iqtisodiyot subyektlari o‘z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi. Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (to‘lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lishini hisobga olish) va olib-sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo‘qotishdan qochish xohishi) motivi asosida unga bo‘lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi. Кeyns pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko‘rsatadi. Кeyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi. YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha, aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi.



Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir. Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur. Кeragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda, maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuqori mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.

2. Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.

Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi.

Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Evropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan. Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning

arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.



Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 1847- 1875 yy. da mavjud bo’lgan. Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyichalik muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so’nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va amalda ular qog’oz pulga aylanib qoldi. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda. Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch ko’rinishga ajratiladi: oltin tanga standarti (zolotomonetniy standart), olting’isht (zolotoslitkoviy) standarti, va oltin valyuta (zolotovalyutniy ili zolotodevizniy) standarti. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: Mamlakat ichki muomalasida to’laqonli oltin tanga mavjud bo’ladi, oltin pulning barcha funktsiyalarni bajaradi; Xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko’pincha mamlakat zarbxonasida);

Muomaladagi to’la qiymatli bo’lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi; Oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi. Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin zaxiralari bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi bo’lgan. Birinchi jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o’sishi, uning zayomlar chiqarish va tabora o’sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning oltin zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullarning oltin tangalarga erkin almashinishini xavf ostiga qo’ydi. Bu davrda oltin tanga standarti urushda qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko’pchilik boshqa mamlakatlarda ham (AQSh dan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o’tab bo’ladi: banknotalarning oltinga almashtirishi tugatildi, uni chegaradan olib chiqish man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. Birinchi jahon urushi tugagandan so’ng kapitalizmning umumiy inqirozi sharoitida hech qanday kapitalistik mamlakat o’z valyutasini barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga qaytish asosida amalga oshira olmadi. Oltin qolip standartida, oltin tanga standartidan farqli o’laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. Banknota va boshqa to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar oltin quyilmalarga almashiniladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyilmasi 1700 f. st., Frantsiyada esa 12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan. Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin deviz standarti o’rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muomalasi va erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. To’la qiymati bo’lmagan pullarni oltinga almashish oltin ko’yilma standarti bo’lgan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo’l bilan oltin valyuta standarti o’rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi saqlanib turilgan. Shunday qilib, oltin deviz standartida bir mamlakat valyutasi boshqa davlat valyutasiga bog’liq bo’lgan. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin standart barcha mamlakatlarda bekor qilindi (masalan, Buyuk Brirtaniyada - 1933 yilda, AQSh da - 1933 yilda, Frantsiyada - 1936 yilda) va banknotalar muomalasi qaror topdi. 1944 yilda tashkil qilingan Bretton-vud Jahon valyuta tizimi o’zi bilan davlatlararo oltin-valyuta standarti tizimini, boshqaga qilib aytganda o’z mohiyati bo’yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltin-dollar standarti tizimini qaror toptirgan. Oltin-dollar standartining mohiyati shundaki, u faqat markaziy banklar uchun o’rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSh dollari oltin bilan aloqador bo’lgan. Oltin zaxira salmog’ining susayib ketishi sababli qo’yilmalarni dollarga sotish to’xtatildi va oltin-dollar standartga ham yakun yasaldi. Rivojlangan kapitalizm sharoitida banknotalar kredit tabiatini saqlab qolgan - ular iqtisodiyot,davlatni kreditlash uchun mo’ljallangan bo’lib rasmiy chiqariladi va qog’oz-pul muomalasi qonuniyatlariga bo’ysunadi. Pul tizimining holati mamlakat iqtisodiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga uzviy bog’liq bo’ladi. Pul tizimi ishlab chiqarishini sur’atlarini ushlab turish yoki tezlashtirishga ta’sir ko’rsatadi.

3. Inflyatsiyaga qarshi kurashish usullari bilvosita va to'g'ridan-to'g'ri bo'linadi, ikkinchisi zamonaviy iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasining pasayishiga eng samarali ta'sir qiladi.
Bilvosita usullarga quyidagilar kiradi:
1. "bosmaxona" ni boshqarish orqali pulning umumiy massasini tartibga solish;
2. tijorat banklarining foiz stavkalarini Markaziy bank tomonidan boshqarish orqali tartibga solish;
3. tijorat banklarining majburiy naqd zaxiralari;
4. Markaziy bankning ochiq qimmatli qog'ozlar bozoridagi operatsiyalari.
Inflyatsiya bilan kurashishning bevosita usullari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. kreditlarni to'g'ridan-to'g'ri va darhol davlat tomonidan tartibga solish va shu bilan pul massasi;
2. narxlarni davlat tomonidan tartibga solish;
3. ish haqini davlat tomonidan (kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda) tartibga solish;
4. tashqi savdoni, kapitalni olib kirish va eksport qilishni va valyuta kursini davlat tomonidan tartibga solish.
Inflyatsiyaga qarshi kurashning uchta asosiy turi mavjud:

  1. Inflyatsiyaga qarshi siyosat

  2. Inflyatsiyaga qarshi strategiya

  3. Inflyatsiyaga qarshi taktikalar

Inflyatsiyaga qarshi siyosatning mohiyatini baholashda unda uchta umumiy yondashuvni ajratish mumkin.
Birinchisi doirasida (zamonaviy tarafdorlari tomonidan taklif qilingan
keynschilik) faol byudjet siyosatini ta'minlaydi -
samarali talabga ta'sir o'tkazish uchun davlat xarajatlari va soliqlarini manevr qilish: hukumat o'z xarajatlarini cheklaydi va soliqlarni oshiradi. Natijada talab pasayib, inflyatsiya pasaymoqda. Biroq, shu bilan birga, investitsiyalar va ishlab chiqarishning pasayishi sodir bo'lishi mumkin, bu esa turg'unlikka va hatto dastlab belgilangan maqsadlarga qarama-qarshi bo'lgan hodisalarga, ishsizlikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Turg'unlik sharoitida talabni kengaytirish uchun soliq siyosati ham olib borilmoqda. Kam miqdordagi talab bilan davlat investitsiyalari dasturlari va boshqa xarajatlar amalga oshiriladi (hatto byudjetning katta tanqisligi sharoitida ham) soliqlar kamayadi. Bu iste'mol tovarlari va xizmatlariga talabni kengaytiradi deb ishoniladi. Ammo byudjet mablag'lari bilan talabni rag'batlantirish, 1960 va 70-yillarda ko'plab mamlakatlarning tajribasi ko'rsatganidek, inflyatsiyani oshirishi mumkin. Bundan tashqari, byudjetning katta kamomadlari hukumatning soliqlar va xarajatlarni boshqarish qobiliyatini cheklaydi.
Ikkinchi yondashuv iqtisodiy nazariyada monetarizmni targ'ib qiluvchi mualliflar tomonidan tavsiya etiladi. Iqtisodiy vaziyatga bilvosita va moslashuvchan ta'sir ko'rsatadigan pulni tartibga solishga e'tibor qaratiladi. Ushbu turdagi tartibga solish markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi, u hukumat tomonidan nazorat qilinmaydi, u masalani belgilaydi, muomaladagi pul miqdori va kreditlar foizlarini o'zgartiradi. Ushbu yondashuvni qo'llab-quvvatlovchilar, davlat cheklash uchun deflyatsiya choralarini ko'rishi kerak, deb hisoblashadi
samarali talab, chunki iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va ishsizlikning tabiiy darajasini pasaytirish orqali ish bilan bandlikni sun'iy ravishda ushlab turish inflyatsiya ustidan nazoratni yo'qotishiga olib keladi.
Nazoratdan tashqarida bo'lgan inflyatsiyani jilovlash maqsadida ko'plab mamlakatlarning hukumatlari, 1960-yillardan boshlab, narx va daromad siyosati deb nomlangan siyosatni olib bordilar, ularning asosiy vazifasi asosan ish haqini cheklash bilan bog'liq - uchinchi usul. Ushbu siyosat inflyatsiyaga qarshi kurashning bozorga asoslangan strategiyasini emas, balki ma'muriy ma'nosini anglatishi sababli, u har doim ham belgilangan maqsadiga erisha olmaydi.
Inflyatsiyaga qarshi strategiyaning tarkibiy qismlari:
1. aholini xabardor qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kutishlarni to'xtatish;
2. uzoq muddatli pul-kredit siyosati (pul massasining yillik o'sishiga qat'iy cheklovlarni joriy etish);
3. byudjet kamomadini kamaytirish (soliqlarni ko'paytirish yoki davlat xarajatlarini kamaytirish).
Inflyatsiyaga qarshi taktikalar talabni ko'paytirmasdan tovarlarni etkazib berishni ko'paytirishga yoki taklifni pasaymasdan talabni kamaytirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bu erda muhim rolni milliy iqtisodiyotning tovarga yaroqliligi darajasini oshirish o'ynashi mumkin. Bunga yangi bozorlarni tashkil etadigan ishlab chiqarish, xizmatlar, ma'lumotlarning yon mahsulotlarini sotadigan korxonalarni imtiyozli soliqqa tortish yordam beradi. Inflyatsiyani pasaytirishning kuchli omili davlat mulkini xususiylashtirish, davlat strategik zaxiralarini, korxonalarning moddiy resurslarini sotish va iste'molchilarning katta hajmdagi importi hisoblanadi. Talablarni tartibga solish jamg'arma stavkalarining o'sishini va ularning likvidligi darajasining pasayishini ta'minlaydi. Buning uchun depozitlar va davlat obligatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari sezilarli darajada oshiriladi va xususiylashtirish majbur qilinmoqda. Ba'zan depozitlarni vaqtincha muzlatish ham joriy etiladi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning barcha usullari to'liq tugatilganda, musodara qilish usulida pul islohoti o'tkazilishi mumkin.
Bundan tashqari, gallop va giperinflyatsiyaga qarshi kurashish uchun foydalaniladigan ba'zi barqarorlashtirish dasturlarini ajratib ko'rsatish kerak. Bu:

  1. ustuvor yo'nalishlari byudjet kamomadini bartaraf etish va muomaladagi pul massasi o'sish sur'atlarini ishlab chiqarishni ko'paytirishning real imkoniyatlariga muvofiq ushlab turish bo'lgan moliyaviy barqarorlashtirishning pravoslav dasturlari;

  2. talab inflyatsiyasi va xarajatlar inflyatsiyasi mexanizmlarining parallel harakatlaridan kelib chiqadigan heterodoks dasturlari (daromad siyosatini olib borish, past foiz stavkalari va soliqlarni pasaytirish yordamida ishlab chiqarishni rag'batlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalarini davlat tomonidan tartibga solish).

Download 69.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling