Ishlab chiqarish jarayonidagi yong’in xavfini tahlil qilish. Ishlab chiqorishda yong’inni kelib chiqishiga, ko’pincha yong’in yoki elektr xavfsizligi qoidalarini qo’pol ravishda buzilishi, elektr tarmoqlarini yaxshi himoyalanmaganligi, yonuvchi moddalarning saqlash qoidalarini buzilishi hamda olovga nisbatan ehtiyotsizlik qilish kabilar sabab bo’ladi. Ba’zan yong’inni yoki portlashni kelib chiqishiga, inshootni loyihalash vaqtida bo’lajak sanoat korxonasini yonish va portlash xavfi bo’yicha noto’g’ri toifalanishi, ya’ni unda ishlatiladigan xomashyoning yonish va portlash xususiyatlari aniq xisobga olinmaganligi ham sabab bo’ladi. Ishlab chiqorish jarayonida yong’in xavfsizligini to’la ta’minlashda korxonalarni yong’in xavfi bo’yicha toifalanishi kifoya qilmaydi. Buning uchun ishlab chiqorishda yong’in va portlashni keltirib chiqaruvchi xavfli omillarni mukammal o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Demak ishlab chiqorish tartiboti jarayonida yonish va portlash xavfi mavjudligini quyidagi tartibda aniqlash mumkin: 1.Korxonada ishlatiladigan yonuvchi va portlovchi moddalarning turlari va ularning miqdori aniqlanadi;
1.Korxonada ishlatiladigan yonuvchi va portlovchi moddalarning turlari va ularning miqdori aniqlanadi;
2.Ishlab chiqorish tartiboti va unda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning ishlatilish tartibi aniqlanadi;
3.Korxonadagi texnologik uskunalardan yonuvchi moddalarning oqib chiqishini mavjud sabablari va hajmi aniqlanadi;
4.Yondiruvchi va portlovchi manba’larni kelib chiqish sabablari aniqlanadi;
5.Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yong’in sabablarini va uning ehtimoliy yo’nalishini, binoning loyihalanish uslubiga va yonishga moyil bo’lgan pardozlov ashyolarining joylanishiga qarab aniqlanadi va hokazolar.
Texnologik jarayonlarni yonish va portlash xavfini tahlil qilishda, odatda texnologik jarayonda qo’llaniladigan tartibot uslubi va ishlab chiqorishni me’yoriy rejalari, hamda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlar atroflicha keng o’rgaaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |