2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja
Download 475.66 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja: 1. O’lchov birligini ta’minlash tizimi. 2. O’lchov vositalari. 3. O’lchash usullari. 4. Etalon va me’yorlar. Tayanch so‘z va iboralar: metrologiya,o’lchov birligi, o’lchov vositalari, o’lchash usullari, o’lchash asboblari, graduirovka, optik-mexanik, etalon va me’yorlar. Metrologiya – fizik kattaliklarni o’lchash, bu kattaliklarning birligini ta’minlash usullari va vositalari, hamda talab qilingan o’lchash aniqligini olish usullari to’g’risidagi fandir. Metrologiyaning asosiy vazifasi fizik kattaliklar, davlat etalonlari, namunali o’lchash asboblarini belgilash, o’lchash nazariyasini, metodlarini, vositalarini, nazorat va o’lcham birliklarini baholash usullarini ishlab chiqish, o’lchash asboblarining holatini baholash va o’lcham birliklarini etalonlardan ishchi o’lchov asboblariga uzatishlardan iboratdir. Fizik kattaliklar amaliy yo’l bilan aniqlanadi. Aniqlashda texnik vositalardan foydalaniladi. O’lchash natijasida fizik kattalikning miqdori aniqlanadi: Q=q·U (2.1) bu yerda, q- qabul qilingan birlikda olinadigan fizik kattalikning son miqdori; U - fizik kattalik birligi. O’lchash natijasida aniqlangan kattalik haqiqiy o’lcham deb ataladi. Me’yorlangan metrologik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan va o’lchash ishlarida qo’llaniladigan texnik qurilmalar o’lchash vositalari deb ataladi. Oʼlchash asboblari oʼlchash oʼzgargichi, oʼlchash mexaiizmi va oʼlchanadigan kattalikning qiymatiii aniqlash imkonini beradigan hisob qurilmasidan tashkil topadi. UzRST 8.010-93 ga muvofnq birlamchi, oralikuzatuvchi va masshtab oʼlchash oʼzgartgichlari boʼadi. Oʼlchash zanjirida birinchi oʼrinni egallagan va unga oʼlchanadngan kattalik uzatiladigan oʼzgartgich birlamchi oʼzgartgich deb ataladi. Undan keyin oraliq oʼzgartgich turadi. Uzatuvchi oʼzgartgich oʼlchanadigan axborotni (malumotni) mavjud masofaga uzatish uchun xizmat qiladi. Masshtab oʼzgartgichlar, bir fizik kattalikni oʼzgartirmasdan oʼlchanadigan kattalik haqidagi signalni zarur marta oʼzgartirish uchun xizmat qiladi. Koʼrsatuvchi asbobning hisob qurilmasi shkala va strelka yoki yorugʼlik nuri koʼrinishidagi koʼrsatkichga ega boʼladi. Xozirgi vaqtda raqamli indikatsiya koʼrinishidagi hisob qurilmasi keng tarqalgan. Shkala oʼlchanadigan kattaliklar qatoriga mos keluvchi raqamlar yoki boshqa simvolni quyilgan belgilar yigʼindisidan iborat boʼlib, hisob qurilmasining bir qismidir. Shkalaning ikkita qoʼshni belgisi orasidagi masofa shkala darajasi deb ataladi. Oʼlchash asbobining asosiy metrologik koʼrsatkichlariga shkalaning ikkita qoʼshni belgilari orasidagi farqni bildiruvchi shkala larajasiniig qiymati; shkalaning eng qisqa belgilari oʼrtasidan oʼtuvchi faraz qilinadigan chiziq boʼylab oʼlchanadigan, shkalaning ikkita yonma-yon belgilari orasidagi masofani bildiruvchi shkala darajasining uzunligi; shkalada oʼlchanadigan kattalikning eng katta va eng kichik kiymatlarini bildiruvchi shkalaning boshlangʼich va oxirgi qiymatlari; shkalaning oxirgi va boshlangʼich qiymatlari bilan cheklangan shkala qiymatlarining oraligʼini bildiruvchi koʼrsatish oraligʼi; oʼlchash vositalarining ruxsat etilgan xatoliklari meʼyorlangan oʼlchanadigan kattaliklar qiymatlarini bildiruvchi oʼlchash oraligʼi; oʼlchash vositalarining ruxsat etilgan xatoliklari meʼyorlangan oʼlchanadigan kattaliklar qiymatlarini bildiruvchi oʼlchash oraligʼi; oʼlchash oraligʼining eng katta va eng kichik qiymatlarini bildiruvchi oʼlchash chegarasi; oʼlchash asbobi koʼrsatadigan signal oʼzgarishining uni keltirib chiqaruvchi oʼlchanadigan kattalik oʼzgarishiga nisbatini bildiruvchi uzatish nisbati (bu termin chiziqli oʼlchashlar uchun moʼljallangan asboblar uchun qabul qilingan, boshqa asboblar uchun esa «oʼlchash asbobining sezgirligi» termini ishlatiladi) kabi koʼrsatkichlar kiradi. Uzatish iisbatini daraja uzunligini shkala darajasining qiymatiga boʼlib topish mumkin; oʼlchash kuchi buyum bilan kontaktda boʼlganda oʼlchov chizigʼi boʼyicha taʼsir etadigan asbob hosil qiluvchi kuchdir; oʼlchash asbobining absolyut xatoligi deb, asbob koʼrsatishi bilan oʼlchanadigan kattalikning haqiqiy qiymati orasilagi farqqa aytiladi (kattalikning haqiqiy qiymati nomaʼlum boʼlganda, uning oʼrniga amaldagi qiymatidan foydalaniladi). Oʼlchash asbobining keltirilgan xatoligi deb, asbob absolyut xatoligining meʼyorlangai qiymatiga boʼlgan nisbatiga aytiladi: meʼyorlangan qiymat sifatida oʼlchashlarning yuqori chegarasi, oʼlchashlar oraligʼi, koʼrsatishlar oraligʼi va boshqalar tushuniladi; asosiy xatolik - normal sharoitda (20 0 S temperaturada, 101324,72 Pa yoki simob ustunining 760 mm ga teng atmosfera bosimida 58% nisbiy namlikda) ishlatilgan oʼlchash vositalarining xatoligidir. Oʼlchash vositalarining aniqlik klassi oʼlchash vositalarining umumlashgan tavsifi boʼlib, ruxsat etilgan asosiy va qushimcha xatoliklarning chegaralari bilan, shuningdek oʼlchash vositalarining aniqlikka taʼsir qiluvchi boshqa xossalari bilan belgilanadi; aniqlik klassi oʼlchash vositalarining ayrim turlari uchun standartlarda koʼrsatilgan boʼladi. Download 475.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling