2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja
-rasm. Hisoblashda parallaks hodisasi
Download 475.66 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mavzu
2.1-rasm. Hisoblashda parallaks hodisasi
2.2-rasm. Abbe prinsipi buzilganda xatoliklarning paydo bo’lishi Obʼekt xatoligi tekshirilayotgan sirtning tugʼri geometrik shakldan chetga chiqishi, sirtning gʼadir-budurligi, materialning eskirishi, detal shaklining va oʼlchamlarining oʼzgarishi tufayli yuzaga keladi. Oʼlchash usulining xatoligi tanlangan oʼlchash usulining mukammal emasligidan paydo boʼladi. Bu xatolik deyarli, barcha usullarga tegishlidir. Asbobning absolyut xatoligi oʼlchamlari avvaldan maʼlum boʼlgan xatoliklari inobagga olinmaydigan obʼektni (namuna detalli, andazani) oʼlchash bilan aniqlanadi. Asbob koʼrsatkichlari bilan obʼekt oʼlchamlari orasidagi farq asbobning absolyut xatoligini biddiradi. Oʼlchashlarda (shuningdek, tayyorlashda) muntazam paydo boʼladigan xatoliklar aniqlanishi va kerakli tuzatiishar kiritib 3 yoki asbobni rostlab yoʼqotilishi mumkin. Tasodifiy xatoliklarni baholash uchun ularning paydo boʼlish qonuniyatini bilish kerak. Tasodifiy xatoliklarni detallarni tayyorlash hamda oʼlchashda ularning paydo boʼlishi ehtimoli bilan bogʼlovchi qonunlar mavjud. Ular tasodifiy qiymatlarning taqsimlanish qonunlari deb ataladi. Mashinasozlikda tasodifiy xatoliklarning paydo boʼlishi va taqsimlanishi normal taqsimlanish qonuni boʼyicha yoki Gauss qonuni boʼyicha sodir oʼulada. Paydo boʼlishi juda koʼp sabablarga bogʼliq boʼlgan (lekin bu sabablarning birontasi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʼlmaydi) tasodifiy kattaliklar bu qonunga boʼysunadi. Etalon –rasmiy tasdiqlangan va ishlash o’lchov asboblariga tekshirish tizimi orqali o’lchamlarni uzatish vositasidir. Zarur bo’lgan miqdorlarni hosil qilish uchun foydalaniladigan o’lchash vositalari me’yoriy o’lchash vositalari deyiladi (toshlar, paralel ko’ndalang yuzali tugal plitalar, kondensatorlar va h.k). Namuna o’lchash asboblari ishchi o’lchash asboblarini solishtirib tekshirish uchun xizmat qiladi. Ishchi o’lchash vositalari bevosita o’lchash uchun qo’llaniladigan asboblardir. Etalondan ishchi asboblarga o’lcham birligini uzatish belgilangan bosqichlar bo’yicha ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. O’lchash usullari (GOST 16263-70) fizik printsiplar va vositalarning qo’llanilishiga qarab quyidagilarga bo’linadi: bevosita, bilvosita, obsolyut, nisbiy, defferentsial, kompleks, kontaktli va kontaktsiz. Agar, parametr kattaligi o’lchash asosida to’g’ridan-to’g’ri aniqlansa, bu bevosita o’lchash usuli deyiladi. Kattalikni aniqlashda asbob ko’rsatkichi va ma’lum bir fizik bog’lanishdan foydalanib hisoblansa, bilvosita usuldan foydalanilgan bo’ladi. Absalyut usuldan foyladanilganda kattalik to’g’ri o’lchab aniqlanadi (shtangentsirkul, mikrometr, leneykalar yordamida o’lchamni aniqlash). Nisbiy usuldan foydalanganda esa olingan natija oldindan belgilangan kattalik bilan solishtirib aniqlanadi. Bunga nutromer yordamida ichki yuzalarning o’lchamlarini aniqlashni misol qilib ko’rsatish mumkin. Differensial usulda mahsulot ko’rsatkichlari alohida–alohida o’lchanadi. Kompleks usulda o’lchanganida esa mahsulot sifati ko’rsatkichini yoki boshqa turdagi bir nechta ko’rsatkichlarini umumlashtirib aniqlanadi. O’lchash asboblari, ularning metrologik ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi. O’lchash asboblarining asosiy parametrlari jumlasiga shkala bo’limlari oralig’i uzunligi, bir-biriga yondashgan shkalaning ikki belgisi (shtrixi) oralig’idagi masofa, shkala bo’limi bahosi-yondosh belgilariga to’g’ri keluvchi o’lchamlarning farqi kabi ko’rsatkichlar kiradi. Download 475.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling