2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja
Oʼlchash xatoliklari va ularga baho berish
Download 475.66 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mavzu
Oʼlchash xatoliklari va ularga baho berish Oʼlchash xatoligi, shuningdek, ishlov berish xatoligi turli sabablar tufayli yuzaga keladigan elementar xatoliklar yigʼindisidan paydo boʼladi. Asbob hosil qiladigan oʼlchash xatoligi ishlatiladigan oʼlchash vositalaridagi mavjud xatoliklarga bogʼlik boʼladi. Bu xil xatoliklar paydo boʼlishiga asbobning printsipial sxemasi yoki mexanizmi nomukammalligi tufayli uni tayyorlash va sozlashda yoʼl qoʼyilgan xatoliklar sabab boʼladi. OʼqISh xatoligi oʼlchash vositalari koʼrsatuvini noaniq uqish tufayli yuzaga keladi. Parallaksdan boʼladigan xatolik shkala sirtidan kuzatish sharoiti oʼzgarishi tufayli paydo boʼladi. Parallaks xatoligi shkaladan koʼrsatkichgacha boʼlgan masofaga va koʼz nurining shkala sirtiga tushirilgan normaldan chetga ogʼishiga proportsional boʼladi. 15.1-rasmda qabul qilingan belgilarga muvofiq parallaks xatoligi n htg boʼladi. Qiyshayish tufayli boʼladigan xatolik Abbe printsipi buzilganda paydo boʼladi. Abbe printsipi shundan iboratki, oʼlchash vositalarini yaratishda ularning shkalalarini oʼlchanadigan oʼlchamlar bilan bir chiziqda yotishiga erishish lozim, yaʼni oʼlchov chizigʼi go’yo shkala chizigʼining davomi boʼlishi kerak. 15.2-rasmda ramkasi qiyshaygan shtangentsirkul tasvirlangan. Bunday shtangentsirkul jagʼlari orasidagi masofa bir xil emas. Shtangentsirkul «a» oʼlchamga oʼrnatilganda ramkaning qiyshayishi tufayli uning jagʼlari orasidagi oʼlchamlar «v» va «s» boʼladi. Qay tomonga qiyshayishiga qarab bu oʼlchamlar «a» dan katta yoki kichik boʼlishi mumkin. Bunda paydo boʼladigan xatolik a=c-a=l formula boʼyicha hisoblanadi. Normal oʼlchash sharoitidan chetga chiqish sababli hosil boʼlgan kattalik taʼsiridan oʼlchash asbobining koʼrsatishi oʼzgaradi. Masalan, temperatura normal kiymati 20°C dan chetga oʼgganda oʼlchash vositalari detallarining va tekshirilayotgan buyumning uzunligi oʼzgaradi. Bunda oʼlchash vositasi detalining materiali bilan buyum materialining chiziqli kengayish koeffitsienti turlicha boʼlganligi uchun bu oʼzgarishlar har xil boʼladi. Temperatura taʼsiridan paydo boʼladigan xatolik formula asosida hisoblanadi. Temperatura taʼsiridan paydo boʼladigan xatolikni, normal temperaturada oʼlchash, tekshirilayotgan buyum bilan asbob temperaturasini tenglashtirish, oʼlchash natijalariga temperatura taʼsiridan paydo boʼladigan xatolikka teng tuzatish kiritish bilan kamaytirish mumkin. Oʼlchash vositasi (oʼlchov uchligi)ning buyum sirtlariga tegadigan joylaridagi kontakt deformatsiya, yupqa devorli detallar deformatsiyasi, ustun yoki shtativnipg elastik deformatsiyasi tufayli oʼlchash kuchi taʼsiridan xatolik paydo boʼladi. Agar yupqa devorli va oson deformatsiyalanadigan buyumim oʼlchashda asbob uzunlikning tugal oʼlchovlari boʼyicha sozlansa, oʼlchash kuchi taʼsiridan paydo boʼladigan xatolik pasta boʼlishi mumkin. Uni kamaytirish uchun oʼlchash natijalariga tugatish kiritish lozim. Bu tuzatish tajriba yoʼli bilap aniqlanadi yoki asbob namuna detal boʼyicha rostlanadi. Bunda asbobni sozlashdagi va keyingi oʼlchashdagi deformatsiyalar bir xil boʼldi va toʼldiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling