2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja
Download 475.66 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mavzu
Etalonlar o’lchash va nazorat asboblarining aloxida turini hosil qiladi. Ular
umumdavlat va halqaro ko’lamda fizik kattaliklarni qayd qilish va o’lchov birliklarining doimiyligini saqlash uchun xizmat qiladi. Uzunlik birligi “metr” etaloni sifatida 1.650.763,73 ta yorug’lik to’lqinlari olingan. Yangi ta’rif bo’yicha 1metr qilib – yorug’likning vaakumda 1/ 299.792.458 sekundda bosib o’tgan yo’li tushiniladi va hakozo. Sanoatda uzunlikni qayd qilish maqsadida shtrixli va tekis yassi yuzali o’lchash vositalari (me’yor) qo’llaniladi. Universial asboblar turlicha geometrik parametrlarni o’lchash uchun qo’llaniladi. Maxsus asboblar esa alohida olingan paramertlarni o’lchash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Universal o’lchash asboblariga shtangen va mikroasboblar kiradi. O’lchash kallakchalari – mexanik qurilma bo’lib, ko’pchilik o’lchash asboblarida tashkil etuvchi bo’lib xizmat qiladi. Optik-mexnik asboblar sanoatda ko’p qo’llanilib, o’zining yuqori aniqligi bilan ajralib turadi. O’lchash vositalarini tanlash har-xil faktorlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ulardan muhimlari ishlab chiqarish ko’lami (donalab, seriyada hamda ommaviy) va o’lchash aniqligi darajasiga qo’yiladigan talab hisoblanadi. Ishlab chiqarish ko’lami o’lchash asbobining turi va ish unumdorligini belgilaydi. Odatda donalab ishlab chiqarishda – universial, seriyalab ishlab chiqarishda – maxsus va ommaviyda- mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan o’lchash asboblari qo’llaniladi. Shuning bilan bir qatorda mahsulotning konstruktiv shakli, nazorat qiluvchi paramertlar soni, o’lchamlari va massasi ham o’lchov vositalarini tanlashga bevosita ta’sir qiladi. Har bir parametr uchun o’lchash asbobini tanlashda o’lchashda ruxsat qilingan xatolik hal qiluvchi ahamiyatiga egadir. Detallarni ishga yaroqlilik chegaralari ham parametrlarning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi, chunki o’lchashda ruxsat qilinadigan xatolik detalni tayyorlash aniqligiga qo’yilgan talablarga bog’liq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida nominal o’lcham va kvalitetga bog’liq.dir (T=ai). Odatda o’lchash xatoligi tayyorlash (xatoligining) joizligining aniq ishlov berishda 35%ni, qo’pol ishlov berishlar uchun 20%ni tashkil qiladi. Bu xatolik tasodifiy, tizimli va boshqa turdagi barcha xatoliklarni o’z ichiga oladi. Download 475.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling