Mndarija: kirish Asosiy qism 5
Download 190.65 Kb.
|
Muzaffar kurs ishi
4. Hisob qism.
4.1. Iqtisodiy samaradorlik. Suvlangan qatlamlardan qoldiq neftni mitsellyar eritmalrni qo‘llab qazib olish samaradorligi murakkabdir. Bunday jarayon juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, eritmalarni g‘ovaklik muhiti va qatlam suyuqliklari bilan o‘zaro ta’sir etish jarayonini murakkabligi, tuzlarni fizik-kimyoviy almashish holatlari, molekulalarni tuzilmasini buzilishi, massani kuchishi erishi, aralashib ketishi o‘rganilmagan jarayonlardir. Mitsellyar eritmalarni tarkibini o‘rnatilgan tartibda tayyorlash uni yaxshi neftni siquvchanlik qobiliyati, qanday usulidagi neft kontaktlashuvi to‘g‘ri o‘rnatilsa samaradorlikka erishish mumkin. Qoldiq neftni bufer xarakati qatlam bo‘ylab qanday siqish samarasi polimer eritmasini xossasiga qatlam suvini xossasiga va qatlamni har xil jinsliligiga bog‘liqdir. Suvlangan qatlamlardan qoldiq neftni 40-50 % miqdorini olishi yaxshi natija hisoblanadi. Buning uchun sifatli mitsellyar eritmalarini bufer xarakatchanlik va etarli yuqori qatlamni neftga to‘yinganlikni bo‘lishi talab qilinadi. Agarada mitsellyar va polimer eritmalarini sifati yomon bo‘lsa qatlam suvlarini xossasi yomon va qatlamni neftga to‘yinganligi past bo‘lsa qoldiq neftni qazib olish 15-20 % dan kichik bo‘ladi. Bu ko‘rsatgiya iqtisodiy samara bermaydi. Neftni mitsellyar eritmalar yordamida siqish samarasi qatlamni neftga to‘yinganligini boshlang‘ich holatini darajasiga bog‘liqdir: qanchalik to‘yinganlik kam bo‘lsa, shunchalik qoldiq neft beruvchanlik samarasi ham pastdir. Mitsellyar eritmalarni qo‘llashni texnologik samaradorligi sarfldanadigan mitsellyar eritmasiga nisbatan olinsa, u keng oraliqda o‘zgaradi, ya’ni 1-1.5 t/t dan 5-6 t/t gacha bo‘ladi. Mitsellyar eritmalarni qo‘llab qo‘shimcha neft olishni samaradorligi komponentlarni bahosiga nisbatan aniqlanadi. Mitsellyar eritmalarni tayyorlash uchun suvli mitsellyar eritmalarini kam tarkibli SFM va karbon suvchil suyuqliklardan tayyorlashdir. Konlar bo‘yicha neft va gazni qazib olishni rejalash, kon geologik xizmatining eng muhim vazifalaridandir, chunki ushbu rejalar natijasida neft va gaz sohasining istiqboli tuziladi. O‘zining muddatiga qarab joriy bir yillik, besh yillik hamda o‘n besh yilligi tuziladi. Rejalashtirishning eng asosiy ko‘rinishi besh yillik bo‘lib,unda xar yilning ko‘rsatgichlari hisoblangan bo‘ladi. U xuddi shunga qarab xalq xo‘jaligi uchun neft va gaz qazib chiqarishga mo‘ljallangan bo‘ladi, hamda er osti boyligi bilan ta’minlanishi uchun lozim bo‘lgan imkoniyatlar ham hisobga olinadi. Bu tartibda rejalash har bir konning aniq hisoblarini oldindan bilishga asoslangan bo‘lgani uchun ham ahamiyatlidir. SHuning uchun ham bunday asoslashga turli usullar orqali yondoshiladi. Ishlab chiqarishni boshqarish texnologik jarayonlarni biror yagona maqsad sari rejali boshqarish bilan muvaffaqiyatga erishish hisblanadi. Ishlab chiqarishni boshqarish usullari quyidagilardan iborat: a) Belgilangan texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarni boshqarishda reja asosida yondoshish. b) Vaqt mobaynida ishlab chiqarishni rejalashtirishga erishish. v) Ko‘rsatgichlarni bilgan holda yagona maqsad bilan ishni va sharoitni tashkillashtirish. g) Ishlab chiqarilgan mahsulotni sifatli va arzon holda tayyorlash. d) Konlarni ishga tushirish, ishlatish va mahsulotlarni qayta ishlash jarayonidagi asbob uskuna va jihozlarni ishlashini ta’minlab berish. e) Maxsulot tannarxini kamaytirish yo‘lida qilinadigan harajatlarni iqtisod qilishga erishish. Bu kabi uslubiy bosqichlarni har xil neft gaz tarmoqlarida o‘zlarining dasturi etib olishlari lozim. CHunki har bir olib boriladigan ishlari va ularning jarayonlarini qo‘llash bilan samaradorlikka erishish mumkin. Hozirgi vaqtda neft va gaz sanoati yagona tizimda ishlash rejalaridan ishlab, chiqilgan bo‘lib, axborot, reja, xisobotlar ma’lumotlar va texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlar bilan yoritilgan. Download 190.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling