Mndarija: kirish Asosiy qism 5


Download 190.65 Kb.
bet2/16
Sana24.03.2023
Hajmi190.65 Kb.
#1292312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Muzaffar kurs ishi

II Asosiy qism
1. Neft va gaz uyumining energetik tavsifi.
Neft yoki gazning quduqqa qarab oqimi qatlam bosimi va quduq tubi bosimi ayirmasi bilan bog’lik bo`ladi. Bosimlar ayirmasining miqdori quduqdan olinadigan suyuqlik yoki gaz miqdori, suyuqlik va tog’ jinslarining fizikaviy xususiyatlari va qatlam energiyasi turi bilan belgilanadi.
Neft yoki gaz qatlami va quduqlar yagona gidravlik tizimni tashkil etadi (albatta tektonik buzilish bilmagan shollarda).
Uyumdagi energiya zahirasi neft yoki gazning qatlamdan quduq tubiga oqimini ta`minlashga sarflanadi. Bu energiya zahirasi qatlam bosimi bilan bog’lik.
Qatlam energiyasi manbai sifatida qatlam suvlari tayziqi energiyasi ozod va bosim pasayishida neftdan ajraladigan erigan gaz energiyasi, sikilgan tog’ jinslari va suyuqliklar energiyasi va neftning og’irlik kuchi ta`siridagi energiyasi xizmat qiladi.
Uyumlarni ishlatish jarayonida qatlam energiyasi zahirasi qatlamdan neft va gaz harakatiga qarshilik qiluvchi kuchlarni engib o`tishga, suyuqlik va gazlarning ichki ishqalanishi, ularning tog’ jinslari bilan ishqalanishi va kapillyar kuchlarni engib o`tishga sarflanadi.
Ishqalanish kuchlari suyuqlik va gazlarning qovushqoqligi bilan bog’liq.
Neft yoki gaz bir vaqtning o`zida bir yoki bir necha qatlam energiyalarining ta`sirida harakat qilishi mumkin.
Uyumlarning ishlashi va ishlatilishi to`laligicha konlarning energetik hususiyatlari bilan belgilanadi.
endi yuqorida qayd qilib o`tilgan energiya turlari xarakteri va xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.
2. Energiya turlari xarakteri va xususiyatlari.
Qatlam suvi tayziqi energiyasi.
Bu uyumda neft oqimi kontur chekka qismida H balandlikdagi suyuqlik sathi orqali bajariladi. Bunday uyumlarda burg’ulangan quduqqa neft oqib kelishi va yuqoriga ko`tarilish chekka suvlar tayziqi ta`sirida amalga oshadi. Bu holatda chekka suvlar tayziqi samaradorligi nafaqat qatlamning quduq ustki qismidan ham balandroq qismga chiqqanligi, balki qatlam tog’ jinslarining o`tkazuvchanligi va suyuqliklarning qovushqoqligiga ham bog’lik.
Tog’ jinslarining o`tkazuvchanligi yuqori bo`lgan hollaridagi mavjud tayziq ta`sirida qatlam tizimi orqali etarli miqdorda suyuqlik oqimi ta`minlansa, chekka suvlar tayziq energiyasi uzoq muddat suyuqlik oqimini ta`minlashi mumkin.

Download 190.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling