Mobil aloqa tizimlarida uzatish va qabul qilish qurilmalari


Laboratoriya maketining tavsifi


Download 78.34 Kb.
bet3/4
Sana24.01.2023
Hajmi78.34 Kb.
#1117515
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Laboratoriya ishi

4. Laboratoriya maketining tavsifi.

Laboratoriya maketining printsipial sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan.


Kuchaytiruvchi element sifatida n-p o’tishli KP303B turdagi maydoniy tranzistor qo’llanilgan.
S1 qayta ulagich sxemaning stok zanjiridagi elementlarni kommutatsiyalaydi. S1 qayta ulagichning 2-holatida R3, C9 ajratuvchi filtr elementlari sifatida ishlatiladi va stok zanjirida tuzatish elementlari mavjud bo’lmaydi.
S1 qayta ulagichning 3-holatida stok zanjiriga YuCh va PCh tuzatish kiritiladi, R3, C2 elementlar esa, PCh tuzatish elementlari hisoblanadi.
S5 qayta ulagich C6 va C7 ajratuvchi kondensatorlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradi.
S6 qayta ulagich zarurat bo’lganda C8 kondensatorni uzish imkonini beradi.



1.2-rasm. Laboratoriya maketining printsipial sxemasi.


5. Ishni bajarish tartibi

Maketga sinusoidal tebranishlar o’lchash generatorlari ulash.


Tadqiq qilinadigan kaskadning kirish va chiqishiga elektron voltmetrlarni ulash.
Tuzatish elementlarisiz kuchaytirgichning parametrlarini va xarakteristikalarini o’lchash.
5.1. Kuchaytirgichning AChXsini olish, kaskadning kesish chastotalarin o’lchash.
5.2. Kuchaytirgich kirishiga to’g’ri burchakli impulslarni berish.Buning uchun «Preobrazovatel - usilitel» qayta ulagichini ulash.
5.3. Ajratuvchi kondensator sig’imining ikki qiymati uchun kuchaytirgich O’Xsini ostsillograf ekranidan chizib olish. O’X ostsillogrammasidan tu o’sish va D pasayish vaqtlarini aniqlash.
5.4. PCh va YuCh tuzatish elementli kuchaytirgichning parametrlarini va xarakteristikalarini o’lchash.
5.4.1. Kuchaytirgichning AChXsini olish, kaskadning kesish chastotalarin o’lchash.
5.4.2 Ajratuvchi kondensator sig’imining ikki qiymati uchun kuchaytirgich O’Xsini ostsillograf ekranidan chizib olish. O’X ostsillogrammasidan tu o’sish va D pasayish vaqtlarini aniqlash.
Izoh. AChXni o’lchash Vkir = 100 mV va S3 qayta ulagichning «Vkl.» holatida amalga oshiriladi. Diapazonning o’rta chastotasi fo’r = 1000 Gts ga teng.



Download 78.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling