Mobil aloqa tizimlarida uzatish va qabul qilish qurilmalari
Nazorat savollari va topshiriqlar
Download 78.34 Kb.
|
1 - Laboratoriya ishi
Nazorat savollari va topshiriqlar.
Istokli stabillashli maydoniy tranzistorda yig’ilgan rezistorli kaskadning printsipial sxemasini chizing. Sxema elementlarining vazifalarini tushuntiring. MTdagi rezistorli kaskad printsipial sxemasida tranzistor chiqish tokini, o’zgaruvchan va o’zgarmas tashkil etuvchilarning oqib o’tish yo’llarini ko’rsating. MTdagi rezistorli kaskadning to’liq printsipial sxemasini chizing (ekvivalent sxema). Printsipial sxemada MT chiqish tokini o’zgaruvchan tashkil etuvchisini oqib o’tish zanjirlariga mos tuzilgan ekvivalent sxemasining to’g’riligini isbotlang. Kuchaytirgich AChXsiga tavsif bering. AChXni o’lchash usulini tushuntiring. Kaskad sxemasining qaysi elementlari nominal kuchaytirish koeffitsiyentining qiymatini aniqlaydi? Kaskad sxemasi elementlaring AChXda chastotaviy buzilishlarga ta’sirini tushuntiring. Kaskadning kesish chastotasi deb nimaga aytiladi? Laboratoriya ishida kesish chastotasi qay tarzda aniqlanadi? Tranzistor stok zanjiridagi Rc rezistor qiymatining ortishi (kamayishi) nominal kuchaytirish koeffitsiyentiga va AChXdagi chastotaviy buzilishlarga qanday ta’sir qiladi? Sa ajratuvchi kondensator sig’imining qiymati ortganda (kamayganda) kuchaytirgich AChXsi qanday o’zgaradi? Javobni kaskadning ekvivalent elektr sxemasidan tushuntiring. C0 parazit sig’imi qiymati ortganida (kamayganida) kuchaytirgich AChXsi qanday o’zgaradi? Javobni kaskadning ekvivalent elektr sxemasidan tushuntiring. Kuchaytirgich O’Xsiga tavsif bering. Kuchaytirgich O’X sining grafigini chizing. O’tish buzilishlari deb nimaga aytiladi? O’X bo’yicha katta va kichik vaqtlar sohalarida o’tish buzilishlari qanday aniqlanadi? Katta va kichik vaqtlar sohalarida O’Xsidagi buzilishlarga kaskad sxemasi elementlarining ta’sirini tushuntiring . Tranzistor stok zanjiridagi Rc rezistor qiymati ortishi (kamayishi) kaskad kuchaytirish koeffitsiyentining o’rnatilgan qiymatiga va o’tish buzilishlarga qanday ta’sir etadi? C0 parazit sig’imi qiymati ortganida (kamayganida) kuchaytirgich O’Xsi qanday o’zgaradi? Javobni kaskadning ekvivalent elektr sxemasidan tushuntiring. Sa ajratuvchi kondensator sig’imining qiymati ortganda (kamayganda) kuchaytirgich O’Xsi qanday o’zgaradi? Javobni kaskadning ekvivalent elektr sxemasidan tushuntiring. Kuchaytirgich AChXsi va O’Xsi orasida qanday aloqa (bog’liq) mavjud? Javobni MTdagi kaskadning ekvivalent elektr sxemasidan tushuntiring. Tajribada olingan ma’lumotlarni tushuntiring. ILOVA HISOBOT
I.1. Tadqiq qilinadigan maydoniy tranzistordagi rezistorli kaskadning printsipial sxemasi.
Kaskadning kesish chastotasi. 1.2-jadval
Bunda o’rta chastotalarda kuchaytirish koeffitsiyenti fo’r = 1kGts bo’lganda aniqlanadi. 1.1-jadval ma’lumotlari bo’yicha kuchaytirgichning AChXsini chizish va unda 1000 Gts chastotadagi normal kuchaytirish koeffitsiyentini, pastki fpkes va yuqori fyukes kesish chastotalarini aniqlash. Kichik vaqtlar sohalarida chiqish impulsli signalli ostsillogrammasi bo’yicha (5.3- va 5.4.2-bo’limlar bo’yicha tu = 5 mks.) tu o’sish vaqtini aniqlash. Katta vaqtlar sohalarida chiqish impulsli signalli ostsillogrammasi bo’yicha (5.3- va 5.4.2-bo’limlar bo’yicha tu = 1250 mks.) impuls balandligining pasayishini aniqlang. Ish bo’yicha xulosalar (og’zaki) Download 78.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling