-insonga xos tovushlarga taqlid: xa-xa-xa, hi-hi-hi, xax-xax-xa, hingir-hingir(kulgiga taqlid), big’-big’, inga-inga, miz-miz, ar-ar, ho’ng-ho’ng, ho’ngir-ho’ngir(yig’iga taqlid), bidir-bidir, duk-duk, qult-qult, pix-pix, chalp-chulp, qars-qurs, qiy-chuv, qasir-qusur, tars-turs, tars, shapur-shupur;
-jonzodlar chiqargan tovushga taqlid: vov, uv-uv, irr, ing-ing, ang-ang(kuchukning hurishiga,irillashiga taqlid), xur-xur, miyov-miyov, mav(mushukning miyovlashiga taqlid), vaq-vaq,vaqur-vuqur(qurbaqaning vaqillashiga taqlid), viz-viz, g’uv-g’uv(qo’ng’iz,ari va boshqa hashorotlarning uchishiga taqlid), qa-qa-qa, qag’-qag’, pit-bildiq, parr(qushlarning tovushiga xos taqlid);
-tabiat hodisalari chiqargan tovushga taqlid: gumbur-gumbur, jangir-jungur, taqir-tuqur, shuv-shuv, shar-shar, chars-churs, g’arj-g’urch
2. Holatga (obraz) taqlid: Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so`zlar holatga taqlid so`zlar sanaladi. Masalan: yalt, yilt-yilt, lip-lip, jimir-jimir, milt-milt, lov-lov, alang-jalang, lim-lim, hang-mang, duv-duv, vij-vij, gir-gir, hil-hil, g`ir-g`ir, yalt-yult, hilp-hilp, dang`-dang`, lang, dik-dik, lapang-lapang.
Morfologik xususiyati: Taqlid so`zlarning morfologik xususiyati quyidagilardan iborat:
taqlid so`zalar egalik va kelishik qo`shimchalari bilan o`zgaradi. Masalan: Ko`chadan qadamlarning tapi-tupuri eshitilib turardi.
Salimaning yuragiga chaqmoq gumbur-gumburining dahshati yanada qo`rquv solardi.
taqlid so`zlar yasalish xususiyatiga ega emas,ammo boshqa turkum yasalishiga xizmat qiladi: Masalan: yaltira(fe`l), jizza(ot), gurros(sifat), hilpira(fe`l), sharshara(ot), jimirlamoq(fe`l)
Taqlid so`zlar tuzilishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1) sodda taqlid so`zlar: yarq, ship, taq, qiyq, qars, quv, yilt, mu
2) juft taqlid so`zlar: alang-jalang, taraqa-turuq, apil-tapil, tars-turs
3) takror taqlid so`zlar: gumbur-gumbur, gurs-gurs, tars-tars, lip-lip
Do'stlaringiz bilan baham: |