Juft va takror taqlid so`zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Allakim, ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo`lardi.
Ta`kiddagi kabi taqlid so`zlar egalik va kelishik qo`shimchalarini oladi,turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan: Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. Daryoning shov-shuvidan qulog`imiz bitib qolayozdi.
Sintaktik vazifasi: Taqlid so`zlar gapda quyidagi vazifalarda keladi.
1) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida: Masalan: Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g`o`ng`ir-g`o`ng`ir ovozdan uyg`onib ketdim.
2) hol vazifasida: “Viz-viz” uchib arilar, Gul o`par, sharbat yalab ( Q.Muhammadiy)
3) ot kesim vazifasida: Amakimning uyida bunaqa kitoblar g`ij-g`ij
Taqlid so`zlar otlashganda ega, to`ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifasida ham kelishi mumkin.
1. Ega vazifasida: Atrofdagi ovozga gala-gala chug`urchiqlarning vijir-vijiri eshitilardi.
2. Qaratqich -aniqlovchi vazifasida: Shivir-shivirning oxiri nima bilan tugashini bila olmadim.
3. To`ldiruvchi vazifasida: Komila uyda yolg`iz o`tirib, uy tomidan tomayotgan yomg`irning shitir-shitirini tingladi.
Taqlid so`zlarning barchasidan fe`l so`z turkumi yasaladi: shovullamoq, gumburlamoq,dupirlamoq, qarsillamoq, yaltilamoq.
!!!UNDOV SO`ZLAR!!!
So`zlovchining his-hayajon,buyruq-xitobini,shuningdek hayvon parrandalarni biror harakatga undash(haydash,chaqirish)ni ifodalovchi so`zlarga undov so`zlar deyiladi.Yozuvda undov so`zlardan keyin vergul qo`yiladi.Masalan,Oh-ho,muncha muzdek?
UNUTMANG! Undov so`zlar tortmoq,urmoq,solmoq, demoq kabi fe`llar bilan birikib,qo`shma fe`l hosil qiladi.Masalan,dod solmoq,uf tortmoq,oh urmoq, oh demoq.
|
Undovlar ma`nosiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |