Modal soʻzlarning nutqdagi oʻrni kirish birinchi bob. Tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning o‘rganilishi


Download 152.07 Kb.
bet10/12
Sana18.10.2023
Hajmi152.07 Kb.
#1708693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MODAL SOʻZLARNING NUTQDAGI OʻRNI1

To‘g’ri –da, harna ko‘ngli yozilgani! Qolaversa, kasal onasiga madad bo‘ladi. To‘g’ri, qora kunga asrab qo‘ygan bug’doyimiz ham, jo‘xori ham ko‘p edi. ( O‘tkir Hoshimov ). Har ikkala gapda ham bir xil modal so‘z bir xil ma’noda ya’ni fikrni kuchaytiruvchi tasdiq ma’nosida qo‘llanilgan. Birinchi gapda kelgan to‘g’ri modal so‘zi yana o‘z yoniga -da kuchaytiruv – ta’kid yuklamasini ham ola kelgan. Ayni shu ahvolda bu so‘z birinchi gapda ikkinchi gapdagidan ko‘ra ko‘proq, kuchliroq ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Shunisi ham borki, biz bu gaplarni shunchaki yolg’iz o‘zini qo‘llasak ham xato bo‘lmaydi, ma’noga putur ham yetmaydi. Biroq gapda bo‘shagan modal so‘zning o‘rni bilinib qoladi. Nimadir yetishmayotganligini baribir his qilib turamiz. Mana masalan, xuddi shu gaplarni modal so‘zlardan xoli ravishda o‘qib ko‘raylik:
Harna ko‘ngli yozilgani! Qolaversa, kasal onasiga madad bo‘ladi. Qora kunga asrab qo‘ygan bug’doyimiz ham, jo‘xorimiz ham ko‘p edi. Bu gaplarning yuqoridagi gaplarga nisbatan ta’sir kuchi kamayganligini ushbu misollar orqali yaqqol sezishimiz mumkin. Ikkinchi gapda mavjud qolaversa modal so‘zini ham gapdan uzib olsak, gap butunlay hissiz, quruq bo‘lib qoladi. Harna ko‘ngli yozilgani. Kasal onasiga madad bo‘ladi. Bu gaplarda ham modal so‘zlarsiz ma’no oqsashi tayin. Yana misollarga murojaat etamiz:
Rais ham Ra‟noxonning ahvolini sezdi, shekilli, haytovur yo‘q demadi. ( O‘tkir Hoshimovdan ). Gapda modal ma’noni ifodalovchi shekilli so‘zi so‘zlovchining o‘z fikriga nisbatan tusmolli munosabatda ekanligini anglatyapti. Ya’nikim, so‘zlovchi raisning Ra’noxonning holini sezgan yoki sezmaganligini aniq aytib berolmaydi. Chunki buni o‘zi ham bilmaydi. Biroq Ra’noxonga har qalay yo‘q demaganligining boisini aynan ana shu taxmini orqali tafakkur qiladi. Xuddi shunday, chamamda, chamasi, taxminan, taxminimcha, chog’i kabi modal so‘zlar ham xuddi shu vazifada shu uslubda qo‘llaniladi. Modal so‘zlarning uslubiy ma’no qirralari, ayniqsa, she’riyatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. She’riyatda mustaqil so‘z turkumlaridan yangi modal so‘zlar o‘sib kelayotganini ham payqash mumkin.
Degaylarki, charos-u ol gilos olmish labingdan rang,
Labing teksa hasad qilgum, gilos birlan uzumdan ham. ( Erkin Vohidovdan). Ushbu misrada degaylarki so‘zi modal so‘z ma’nosida qo‘llangan. Ya’ni aytishlaricha, demishlarki so‘zlari xuddi shu degaylarki so‘ziga ma’nodosh bo‘la oladi. Muallif charos, gilos mevalarining yorning labidan rang olib qizarganini shunchaki aytib qo‘ya qolsa ham bo‘ladi. Biroq degaylarki so‘zi fikrning isboti uchun ma’qul tanlanib, muallif fikrining yanada hissiy va subyektiv bo‘yoqdorligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etgan. Xuddi shu she’rning keyingi misralarida ham modal so‘zdan fikrni ta’kidlash uchun unumli foydalanilgan.
Visol onida ko‘z ochsa, Ne tong, tongdan ko‘ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz, xumor ko‘z yulduzimdan ham. ( Erkin Vohidov ). Ushbu misralarda ne tong modal so‘zi ishtirok etgan bo‘lib, bu so‘z ham so‘zlovchining voqelikdan ajablanish, taajjub munosabatini ifodalashga xizmat qilmoqda. Aniqrog’i, ne tong modal so‘zi bugungi kunda arxaiklashgan shoyad, shoyadki modal so‘zlarining zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Umuman, she’riyatda modal so‘zlarning ma’nolari yanada ingichkalashib, badiiiy asar matnining ta’sirchan va ifodali bo‘lishiga betakror hissa qo‘shishi, shubhasiz. Yuqorida biz modal so‘zlarning tarkibi xususida so‘z ochdik. Darhaqiqat, modal so‘zlarning tilshunoslikda aniq chegarasi belgilab berilmagan. Til hamisha taraqqiyotda ekan, modal so‘zlar ham biri arxaiklashib, o‘rniga boshqasi paydo bo‘laveradi. Modal so‘zlar tilning boshqa birliklari kabi har doim ana shunday o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi. Tabiiyki, ularning uslubiy ma’no qirralari ham o‘zgarishi mumkin. Buni yuqorida misol keltirganimiz she’r misrasida qo‘llanilgan ne tong modal so‘zining taraqqiyotidan ham bilsa bo‘ladi. Bu so‘z o‘zining modal so‘zlik faoliyatini, asosan, XX asrda boshlagan bo‘lsa, undan oldin tilshunosligimizda mustaqil so‘z turkumi sifatida ya’ni payt ravishi ma’nosini ifodalashga xizmat qilgan. Keyinroq, badiiy asar matnlari orqali, ko‘proq Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi mahoratli adiblarning asarlaridan xalqning so‘zlashuv tiliga ham kirishib, singishib ketdi. Biroq, baribir bu so‘zni biz ko‘proq badiiy uslubda, she’riyatda qo‘llanilganligi bois uslubiy xoslangan modal so‘z sifatida qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi. Adabiy tilimizda bunga o‘xshash holatlarni ko‘plab kuzatishimiz mumkin. Ya’ni ko‘proq badiiy uslubda, yoki ko‘proq ilmiy uslubda qo‘llaniluvchi maxsus modal so‘zlar ham bor. Masalan, fikrning noaniqligini ifodalashga xizmat qiluvchi taxminan, chamasi, chog’i, ehtimol, balki kabi modal so‘zlar orasida taxminan modal so‘zi uslubiy betaraf so‘z hisoblanadi. Bu so‘z keng xalq so‘zlashuv tilida ham, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublarda ham birday teng qo‘llanila oladi. Shu boisdan ham bu so‘zning o‘z ma’nosidan tashqari uslubiy ma’no ifodalashi qiyinroq masala, albatta. Uning ma’nosiga uyg’un chog’i va shekilli modal so‘zlari esa ko‘proq uslubiy xoslangan so‘zlar safiga kirishi mumkin. Boisi bu so‘zlar ilmiy va rasmiy uslubda deyarli qo‘llanilmaydi. Faqat ommabop uslubda, oddiy so‘zlashuv uslubida, ba’zan esa badiiy uslubda qo‘llanilish ehtimoli kuchli. Ehtimol, balki so‘zlarida ham biroz uslubiy bo‘yoqdorlik mavjud, deb o‘ylayman. Chunki bu so‘zlar ham o‘zining ko‘proq kitobiy uslubga xos ohangi bilan ajralib turadi. Modal so‘zlarning uslubiy ma’nolarini tahlil qilishda ko‘proq misollar asosida yondashilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo‘lishi, shubhasiz. Shu bois fikrimizni ba’zi misollar orqali davom ettirmoqchimiz.
Chunki mening daraxtlarga chiqish, gilos danaklarini otishdan ham ko‘ra kattaroq ayblarim bor…Birinchidan, boy qiz emasman…Qulog’imga chalingan gaplarga qaraganda, kambag’al qizni hech kim nazariga ilmas emish…Innaykeyin, chiroyim yo‘q…Mendan so‘rasangiz, bu – kambag’allikdan ham kattaroq bir kamchilik. ( Rashod Nuri Guntekindan ). Ushbu badiiy matnga ikkita modal so‘z kiritilgan bo‘lib, har ikkalasi ham fikrning tartibini izohlash uchun xizmat qiladi. Birinchisi, birinchidan modal so‘zi bo‘lib, bu so‘z ham uslubiy betaraf so‘z hisoblanadi. Chunki mazkur so‘zdan ham hamma uslubda bab –baravar foydalanishimiz mumkin bo‘ladi. Biroq, undan keyin qo‘llanilgan innaykeyin modal so‘zi o‘ziga xos uslubiy ma’no tovlanishlariga ega hisoblanadi. Bu so‘z ko‘proq badiiy uslubda qo‘llanilganligi bois, uni biz uslubiy xoslangan so‘zlar toifasiga kiritishimiz mumkin. Mashhur o‘zbek shoiri va yozuvchisi G’afur G’ulomning ―Shum bola‖ qissasida bu so‘z bilan bog’liq juda qiziqarli syujet bayon qilingan. Qolaversa, innaykeyin so‘zi birinchidan modal so‘ziga yondosh ravishda ikkinchidan modal so‘zining o‘rniga ham qo‘llanilishi mumkin ekan. Buni biz yuqoridagi badiiy matn misolida ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Ba’zi modal so‘zlar gap ohangi orqali o‘z ma’nosidan chekinishi, butunlay boshqa ma’no kasb etishi ham mumkin bo‘ladi. Masalan, iltimos ma’nosini anglatuvchi iltimos modal so‘zi gapda turli xil ma’no qirralarini namoyish etishi mumkin. Ba’zan bu so‘z gapda iltijo, yolvorish ohangida qo‘llanilsa, ba’zan aksincha, buyruq – xitob ma’nosini ifodalashi ham mumkin. Masalan, quyidagi gaplar orqali biz fikrimizni asoslashga harakat qilamiz.

  • Iltimos, faqat yerga tushirmasdan ushlab oling. ( Rashod Nuri Guntekindan ).

  • Iltimos, menga ikki yuz ellik ming qarz berib tur, qisqa muddatda qaytarishga harakat qilaman. ( O‘tkir Hoshimovdan ).

  • Iltimos, derazani yopib yuboring.

  • Iltimos, meni o‘z holimga qo‘ying. ( Oddiy so‘zlashuv uslubidan ).

Bu gaplarni turlicha ohanglar bilan turli shakllarga solish mumkin. Chunonchi, birinchi gapda iltimos modal so‘zi o‘z ma’nosida, hech qanday kuchaytirilmasdan, bo‘rttirilmasdan ifoda qilinyapti. Uning ma’nosi ham ma’lum xatti – harakatni amalga oshirilishini so‘rab bayon qilinayotgan oddiy kundalik holatga nisbatan amalga oshyapti. Ikkinchi gapda esa bu so‘zning ma’nosi o‘z ma’nosidan yuqoriroq darajaga – yolvorishga, iltijo ohangiga aylanmoqda. Uchinchi gapda yana ham hayratlanarlisi, bu so‘z teskari ma’noga – ya’ni buyruq – xitobni anglatish ma’nosiga xizmat qilmoqda. To‘rtinchi gapda ham uchchala gapdan anglashilgan ma’nodan biroz farqliroq ottenkani ifodalamoqda. Ko‘rib turganimizdek, birgina iltimos modal so‘zi gapda vaziyatga muvofiq ravishda turli xil uslub va ma’noda qo‘llanilishi mumkin ekan.



Download 152.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling