Modal soʻzlarning nutqdagi oʻrni kirish birinchi bob. Tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning o‘rganilishi


Download 152.07 Kb.
bet2/12
Sana18.10.2023
Hajmi152.07 Kb.
#1708693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MODAL SOʻZLARNING NUTQDAGI OʻRNI1

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mavzu doirasidan kelib chiqqan holda tadqiqotning obyekti deb modal so‘zlar, ularning qo‘llanish o‘rni va chegaralari, uslubiy namoyon bo‘lish xossalarini ko‘rsatsak, predmeti sifatida turli xil badiiy matnlar, nasriy va nazmiy ijod namunalarini misol keltirishimiz mumkin. Bu nafaqat, modal so‘zlar uslubiyati masalasiga, balki badiiy matnning lingvopoetik xususiyatiga ham bevosita aloqador ish hisoblanadi. Shu boisdan ishning qimmati yana bir bor ancha yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. So‘zlovchi nutqining
ta’sirchanligini oshirishda, yoki lisoniy barkamolligini ta’minlashda modal so‘zlarning konnotativ ma’nolari katta rol o‘ynaydi. Ayni shu jihatni inobatga olgan holda, tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning uslubiy ma’nolarini badiiy matn tadqiqi orqali chuqurroq o‘rganishni maqsad qilgan ekanmiz, bu yo‘lda quyidagi vazifalarni amalga oshirish tadqiqot uchun dolzarb sanaladi:

  • tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning qo‘llanish chegarasi, o‘rganilish doirasi, amaldagi vazifasi kabi jihatlarni umumiy

obzorda ko‘rib chiqish va ma’lumot berish;

  • modal so‘zlarning formal tilshunoslikdagi tadqiqini yoritish, ularning funksional- semantik shakllangan so‘z-gaplarning bir turi sifatidagi

vazifalariga ahamiyat berish;

  • ijobiy sema anglatuvchi modallar, ularning tuzilishi va tarkibiga alohida to‘xtalish;

  • salbiy sema anglatuvchi modallarning uslubiy ma’no qirralarini tadqiq etish va misollar keltirish kabi.

Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotda statistik tahlil va qiyosiy metodlardan foydalanildi.
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilarning, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Guljamol Asqarova va boshqa shoirlarning she’rlari asosiy material vazifasini o‘tadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

  • Modal so‘zlar uslubiyati bo‘yicha birinchi daf’a qilingan ishlardan biri sanaladi;

  • Modal so‘zlarning faqat kontekstdagina ayonlashadigan konnotativ ma’no qirralari misollar asosida to‘la izohlanishga harakat qilindi;

  • BMI da nafaqat modal so‘zlar uslubiyati, balki badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari ham tahlilga tortildi.


Download 152.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling