Modal soʻzlarning nutqdagi oʻrni kirish birinchi bob. Tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning o‘rganilishi


Tasniflarda namoyon bo‘luvchi modal so‘zlarning uslubiy xususiyatlari to‘g’risida


Download 152.07 Kb.
bet9/12
Sana18.10.2023
Hajmi152.07 Kb.
#1708693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MODAL SOʻZLARNING NUTQDAGI OʻRNI1

2.2. Tasniflarda namoyon bo‘luvchi modal so‘zlarning uslubiy xususiyatlari to‘g’risida
Yuqorida keltirilgan tasniflarga binoan endi modal so‘zlarning uslubiy xususiyatlari masalasiga to‘xtalsak.
―Hozirgi o‘zbek adabiy tili‖ kitobida modal so‘zlar uslubiyati haqida quyidagicha fikrlarga duch kelishimiz mumkin:
O‘zbek tilida modal so‘zlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo‘llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi modal so‘zlari uslubiy xoslangan so‘zlardir. Ulardan shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha so‘zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida yana ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha - badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha - publitsistik uslubga xosdir. Shuning uchun har qaysi modal so‘zni o‘z o‘rnida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi.4 Biz esa ayni fikrlarni inkor etmagan holda ularga ba’zi qo‘shimcha fikr – mulohazalarimizni bildirmoqchimiz.
To‘g’ri, modal so‘zlar uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Biroq modal so‘zlar uslubiyati degan tushunchani tor ma’noda tushunmaslik kerak. Boisi modal so‘zlarning uslubiy xossalarini faqatgina adabiy til uslublariga bog’lab o‘rganib bo‘lmaydi. Modal so‘zlar bor – bo‘yicha shundog’am fikrga qandaydir uslubiy ma’no, ya’ni so‘zlovchining o‘z fikriga yo gumon, yo tasdiq, yo xulosaviy munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham biz ularni tabiiy uslublanish xossasiga ega deb atashimiz mumkin.
Modal so‘zlarning umumiy va xos xususiyatlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. modal so‘zlar gap tarkibiga muayyan denotativ ma’nolari bilan kirmaydi. Masalan, Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o‘zi bo‘lmaydi. ( S. Nur. ) gapida men sizga aytsam kirish gapidagi so‘zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, obyekt kabi ma’no ifodalanmagan. Unda bir butun holda ―ishontirish‖ modal ma’nosi mavjud;

  2. modal so‘zlar grammatik shakllanganlik nuqtayi nazaridan rang

– barang. Unda tuslangan fe’l ham ( aytsam ), tuslanmagan fe’l ham ( shunday qilib ), ot ham ( chamasi ), olmosh ham ( menimcha ) modal so‘z vazifasida keladi. Ammo ular aytilganidek, ba’zan qisman, ba’zan butunlay o‘z lug’aviy ma’nosini yo‘qotib, paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo‘ladi;

  1. modal so‘zlarning barchasi o‘ziga xos yagona ―so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini bildirish‖ umumiy ma’nosi ostida birlashadi;

  2. modal so‘zlarning gapdagi o‘rni qat’iy emas.

Bu belgilarning barchasi modal so‘zlar o‘ziga xos lug’aviy – sintaktik guruhni tashkil etishini ko‘rsatadi.
Modal so‘zlar gapda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

  1. ta’kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga tortish: takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun, ta‟kidlayman, aytish kerakki;

Modal so‘zlarning uslubiy ma’no qirralari ham aynan shu nuqtada bo‘y ko‘rsatadi. Ya’ni fikrning ahamiyatliligini ta’kidlash va unga tinglovchi diqqatini tortish maqsadida qo‘llanilgan modal so‘zlar gapdagi ayni mana shu xizmatlari bilan ham uslubiy qirralarini namoyon etadi.

  1. subyektiv munosabat, his – tuyg’ularni ifodalash: baxtimizga, baxtga qarshi, o‘ylayman, umid qilaman, o‘ylaymanki, shubhasiz, ehtimol, shu ma‟noda, qaysidir ma‟noda, afsuski, attang, essiz;

  2. fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to‘g’risini aytganda, bir so‘z bilan aytganda, soda qilib aytganda, aniqrog’i, qisqasi, gapning indallosi, shuningdek, qolaversa;

  3. fikrning bog’lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida munosabat, ichki aloqa kabilarga so‘zlovchining qanday qarashini ifodalash: demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko‘rinadiki, ma‟lum bo‘ladiki, buning ostiga, odatda;

  4. aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi so‘z: menimcha, fikrimcha, uning so‘ziga qaraganda, aytishlaricha, xabar berishiga qaraganda;

  5. fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so‘zlar: birinchidan, avvalo, ikkinchidan.

Gap orqali ma’lum axborot ifodalanishi bilan birga, so‘zlovchining shu axborotga munosabati ham ifodalanadi. So‘zlovchining munosabati gapning kesim shakli ( mayl shakli, bog’lamalar va nol shakli ) orqali hamda maxsus modal so‘zlar yordamida ifodalanishi hammamizga ayon hodisa. So‘zlovchi gap orqali bayon qilayotgan axborotga qanday munosabatda ekanligiga qarab, yuqoridagi modal so‘zlardan muvofig’ini qo‘llaydi: tasdiq munosabatini ifodalamoqchi bo‘lsa, darhaqiqat, haqiqatan ham, to‘g’ri so‘zlaridan; ishonch munosabatini bildirmoqchi bo‘lsa, albatta, shubhasiz, shaksiz kabi so‘zlardan; gumon ma’nosini ifodalamoqchi bo‘lsa, ehtimol, balki so‘zlaridan; chama, taxmin ma’nosini ifodalamoqchi bo‘lsa, chamasi, chamamda, taxminan so‘zlaridan foydalanadi. Modal so‘zlar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Shuning uchun u boshqa gap bo‘laklaridan farq qiluvchi alohida ohang bilan talaffuz qilinadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi. Fikrimizni misollar orqali asoslashga harakat qilamiz.

Download 152.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling