Modal soʻzlarning nutqdagi oʻrni kirish birinchi bob. Tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning o‘rganilishi
Download 152.07 Kb.
|
MODAL SOʻZLARNING NUTQDAGI OʻRNI1
Tadqiqotning tarkibi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining umumiy tarkibi kirish, asosiy qism uch bob, olti fasl, boblar bo‘yicha xulosa, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tarkib topdi.
I BOB. TILSHUNOSLIKDA MODAL SO‘ZLAR VA ULARNING O‘RGANILISHI Modal so‘zlarning o‘ziga xos tabiati va o‘rganilishi Tilda mantiqdan kirib kelgan modallik kategoriyasini ifodalovchi asosiy vositalardan biri bu fe’lning bu mayllar deb yuritilgani. Bu usul esa modallik morfologik ifodalovchi asosiy vositadir. Shu bilan bir qatorda leksik- semantik so‘zlar majmuasi borki, bu so‘zlar modal so‘zlar deb yuritiladi. Modal so‘zlar ayrim hollarda gap modalligini ochuvchi uslubiy qatlam vazifasini o‘taydilar. Lekin modal so‘zlar mustaqil so‘z turkumini hosil qiladimi yoki alohida yordamchi so‘zlar turkumini hosil qiladimi degan savol hozirgi kunda tilshunoslar oldidagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Ushbu savolga javoblar ham turlicha. Ayrim tilshunoslarning fikricha, modal so‘zlar ―gapdan tashqarida‖ bo‘ladi, faqat unga ―bitishadi‖. Boshqa so‘zlar bilan aloqada bo‘lmay, ―ular gap bo‘lagi bo‘lmaydi, hatto yordamchi ham bo‘lmaydi‖ deb qaraydilar.2 N. K. Dmitriyev esa boshqird tilidagi modal so‘zlarni alohida so‘z turkumiga emas, balki alohida so‘zlar majmuasi va yuklamalar orasidagi bir turkum so‘zlardir deb qarasa, A.N. Kononov, A.N. Baskakov va boshqalar yuklamalar kabi modal so‘zlarni alohida yordamchi so‘z turkumi deb ajratmaydilar. Ayrim turkshunoslar modal so‘zlarni alohida yordamchi so‘z turkumi deb ta’kidlaydilar. Boshqa bir guruh tilshunoslar esa yordamchi so‘z turkumlari bilan bir qatorda modal so‘z turkumlari deb ajratadilar va bu turkumga yuklamalar bilan modal so‘zlarni kiritadilar. Rus tilshunosligida esa modal so‘zlarni ravishlar tarkibida yoki bog’lovchilar tarkibida tahlil qilingan. Bu xildagi qarashlar uzoq vaqt modal so‘zlarni alohida bir leksik – semantik birlik sifatida qarashlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib keldi. Insonning bilim faoliyati voqelikni, narsa va hodisalrni sezish va idrok qilishdan boshlanib, asta – sekin tafakkurga yetadi. Tafakkur atrof – muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik ( ruhiy ) jarayon, sotsial sababli bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Tafakkurning mazmundorligi ko‘p jihatdan emotsional kechinmalarga – hayratda qolish, taajjublanish, yangilikni his qilish kabilarga bog’liqdir. Tafakkurning moddiy asosi – so‘z. So‘z fikrlovchi va o‘zgalar uchun tafakkurni rejalashtiradi. Til bilan tafakkur bir – biri bilan dialektik aloqada bo‘lgan, lekin o‘z xususiyatlariga, qonuniyatlariga ega bo‘lgan hodisadir. Til va tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo‘lsa, ularni bir – biridan ajratish ham shunchalik xatodir. ― Til – tafakkur quroli. Tilga pala- partish munosabatda bo‘lish, unga e’tiborsizlik bilan yondashish, noaniq, taxminiy fikr yuritish juda katta qo‘pol xatolikdir‖_- degan edi L. N. Tolstoy. Kishilarning istaklari, hissiyotlari va kayfiyatlari tilda o‘z aksini topadi. ―Til – bu tafakkur ifodasi, tiriklik shakli, insonlar o‘rtasidagi aloqa vositasi: bilimlarni to‘plash va ta’minlash quroli hamda avloddan avlodga shu to‘plangan bilimlarini yetkazish vositasidir‖. J. Ustson tafakkurning ichki nutq va noverbal ( tovushsiz ) imo – ishora, mimika, yelka qisish, ko‘z suzish ) muloqotni biriga qo‘shib keng ma’noda tushunadi. Og’zaki nutq ekspressiv, lug’aviy turlilik, ajoyib, go‘zal ma’nolarga boy bo‘ladi. Ularning yangi – yangi shakllari orqali yanada boyib boradi. Og’zaki nutq yozma nutqqa qaraganda jonliroq va faolroq, shuning uchun undagi modal qirralar ko‘p hamda erkinroqdir. Lekin bunday avtomatik ravishdagi hayot og’zaki nutqning keraksiz kitobiy adabiy ifoda hududiga kirib kelishi hammamizga ma’lumdir. Adabiy kitobiy tilda esa o‘ziga xos murakkab bo‘lgan nutq modalligini ifodalovchi shakl va uslublar asta – sekin rivojlanmoqda. Prof. A . Nurmonovning fikricha, ― Nutqda qo‘llangan har bir gap muayyan modal – zamon ma’nosiga egadir. Modal ma’nolar nutqiy akt bilan ― nutq momenti‖ orqali emas, balki so‘zlovchining pozitsiyasi orqali bog’lanadi. Ular so‘zlovchi nuqtai – nazaridan gap mundarijasining voqelikka munosabatini aks ettiradi‖. Muloqotda muhim o‘rin egallovchi gaplarning asosini so‘z tashkil etadi. So‘zning ma’noli qismlarini esa tilning leksika bo‘limi o‘rganadi. Shuning uchun leksika til bo‘limlari orasida muhim o‘rin egallaydi. So‘zlarning tilda ma’lum mavqe’ga egaligi haqida B. V. Yakushin shunday yozgan edi: ―Til – eng avvalo so‘zlarning umumlashmasidir. So‘z esa modal kabi ikki qirraga ega. uning birinchi tomoni - tashqi, ya’ni ifodalovchi yoki ko‘rinuvchi ( fizik ), ikkinchi tomoni esa – ichki, ya’ni eshitilmaydigan va ko‘rinmaydigan ( ruhiy ) qismlardir. Birinchi qismi so‘zlarning eshitiluvchi yoki yoziluvchi qismi bo‘lsa, ikkinchi qismi so‘zlarning ma’nosi yoki mohiyatidir.‖3 Shuning uchun leksikada hal qilinishi lozim bo‘lgan, turli qarashlarga sabab bo‘lgan bir qancha masalalar mavjud. Modallik kategoriyasining leksikada ifodalanishi shunday dolzarb masalalardan biridir. Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling