Modal soʻzlarning nutqdagi oʻrni kirish birinchi bob. Tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning o‘rganilishi
Modal so‘zlar – funksional-semantik shakllangan so‘z gaplarning bir turi sifatida
Download 152.07 Kb.
|
MODAL SOʻZLARNING NUTQDAGI OʻRNI1
1.2. Modal so‘zlar – funksional-semantik shakllangan so‘z gaplarning bir turi sifatida
Tilshunoslikda so‘z – gaplar nomustaqil lug’aviy ma’noli so‘z turkumlari qatorida bevosita tahlil qilinadi. Biz o‘rganayotgan modal so‘zlar substansional tilshunoslikda aynan funksional – semantik shakllangan so‘z – gaplarning bir turi sifatida o‘rganilganligi bois ham, so‘z – gaplar to‘g’risida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishimiz darkor. Eng avvalo tilshunoslikda so‘z – gap to‘plamini ajratish tamoyillari haqida fikr yuritmoqchimiz. O‘zbek tilshunosligida so‘z – gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o‘rganilgan. Substansial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi [ WPm ] sifatida qayd etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z – gapga ham ― lison – nutq‖ tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z – gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘lishi shartligi e’tirof etildi. So‘z – gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so‘zlarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so‘zdan, shuningdek, yoxud qo‘shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar: mustaqil holda gap bo‘la olish; gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik; o‘ziga xos, g’ayritabiiy ma’noga ega bo‘lish; bog’lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs – son shakllariga ega emaslik. So‘z – gap sirasiga shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar kiradi ( bu tipdagi birliklar kirish so‘z vazifasida ham keladi, lekin ularning substansial belgisi - so‘z – gap bo‘lib kelish). Quyida ularning har biri alohida - alohida ko‘rib o‘tiladi. 1.Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi to‘rtinchi belgi bilan chambarchas bog’langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’no va munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z – gapda bunday tarkibiy qismni alohida – alohida ajratish mumkin emas. Lekin kesimlik ma’no va munosabati so‘z – gapning o‘zida mujassamlashgan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari hamda kesimlik – gap markazi mavqeida kelishida – fikrni shakllantirish, ifodalash vazifasi bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassam. Shu sababdan bunday gapda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan. So‘z – gap mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligidan bu so‘zga nisbatan semantik – funksional shakllangan so‘z – gap atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi ― semantik‖ tarkibiy qismi hodisaning lug’aviy ( ma ‘noviy ) tomoniga ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni leksik birlik ham so‘z, ham gap. Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa so‘z – gapning sintaktik funksiya bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganini ifodalaydi. Demak, semantik – funksional shakllangan gap grammatik shakllangan gap [ WPm ] dan farq qiladi va kesimlik ma’nosi so‘z – gapda leksik birlikning yoki atov birligi [ W ] ning o‘zida mujassamlashganligi tufayli lisoniy qurilish qolipi [ W^] sifatida berilgan. So‘z – gapning o‘ziga xos g’ayrioddiy lug’aviy ma’noga egaligi. Bu xususiyat quyidagicha namoyon bo‘ladi: ma’no imkoniyati chegaralangan; grammatik shaklni talab qilmaydi; boshqa so‘z bilan birikish imkoniyatidan mahrum; gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan; ma’noli qismga ajralmaydi. Shuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g’ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid so‘z turkumlari gapning istalgan bir bo‘lagi vazifasida kela olsa, so‘z – gap gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog’lovchi, ko‘makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi. So‘z – gap tasnifi. So‘z – gap o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajaraladi: Modal. Undov. Tasdiq/ inkor. Taklif / ishora. So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati – qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’noni ifodalab keladigan so‘z modaldir. Unga [ xullas], [ demak], [ chamasi], [ tabiiy], [ ehtimol], [shubhasiz], [ shekilli] kabi so‘zlar misol bo‘ladi. Kishilarning his – tuyg’usini, haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so‘z – gap ko‘rinishi – undov so‘z – gap deyiladi. His – tuyg’u undoviga [eh], [voy], [oh], [ barakalla], [ rahmat ], [ ofarin ] kabi so‘z, buyruq – xitob undovlariga [ pisht], [beh – beh ], [pisht – pisht], [chuh] kabi xitob so‘z kiradi. So‘z – gapning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/ inkor so‘z ko‘pincha modal tarkibida o‘rganilgan. [ ha ], [ mayli ], [ xo‘sh], [xo‘p ] so‘zi tasdiqni, [ yo‘q ], [ mutlaqo], [also], [ sira ] so‘zi - inkorni ifodalovchi so‘z – gap. Taklif / ishora so‘z – gapga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog’liq bo‘lgan [ma], [ mang ], [ qani ], [marhamat ] so‘zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish – harakatni bajarishga undaydi. So‘z – gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, [ so‘zsiz ], [ tabiiy ] so‘zi sifatdan, [ albatta ] ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, [ har qanday ], [ har holda ] modal so‘z – gapi so‘z birikmasidan, [ nasib bo‘lsa ], [ xudo xohlasa ] kabilar gapdan kelib chiqqan. Sof so‘z – gapga [ albatta ], [ alhamdulilloh ]; [eh ], [ hoy ], [ oh ], [ o‘h ]; [ ha ], [ yo‘q ], [ mutlaqo ]; [ ma ], [ mang ] kabi modal, undov, tasdiq / inkor, taklif / ishora so‘zi mansub. O‘zbek substansial tilshunosligida so‘z – gap [ W^] – lashgan ( modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq / inkorlashayotgan, taklif / inkorlashayotgan so‘zlar, [ W^] – simon ( modalsimon, undovsimon, tasdiq/ inkorsimon ) so‘z – gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan. [ W^] – lashgan ( so‘z – gaplashgan ) so‘z o‘z semantik – funksional xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o‘z aloqasini boshqa so‘z turkumlaridan to‘la – to‘kis uzmagan bo‘ladi. Chunonchi, modallashgan so‘zga [ chamasi ], [ chog’i ], [ ehtimol ]; undovlashgan so‘zga [ ura ], [ olg’a ], [ dod ], [ voy – dod ]; tasdiq / inkorlashgan so‘zga [ bo‘pti ], [ ma’qul ], [ aksincha ], [ mutlaqo ]; taklif – ishoralashgan so‘zga qani kabi leksema misol bo‘la oladi. [ W^] – lashayotgan ( so‘z – gaplashayotgan ) so‘z so‘z – gapga to‘la – to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi. Va ―o‘tish yo‘lida‖ turgan so‘zdir. Bu o‘rinda modallashayotganga [ balki ], [ hatto ], [ aftidan ]; undovlashayotganga [ yashang ], [voy o‘lay ]; tasdiq – inkorlashayotganga [ durust ], [ to‘g’ri], [ rost], [ aslo ], [ hargiz]; taklif / ishoralashayotganga [ mana mundoq ] kabi so‘zni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1. Balki siz aytarsiz, nima bo‘lganini? ( Parda Tursun ). 2. Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig’laydi –da. ( O‘. Usm. ). 3. – Qayerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa – to‘g’ri. ( Chingiz Aytmatov ). 4. Hilola gapning to‘g’risini aytdi ( O‘. Usm. ) gaplarida [ W^ – lashayotgan ] so‘z qo‘llanilgan. [ W^] – simon ( so‘z – gapsimon ) deganda mohiyatan so‘z – gap bo‘lmagan lug’aviy birlikning so‘z – gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga [ shunday qilib], [ baxtga qarshi ], [ tavba ], [ xudo saqlasin ]; undovsimonga erkalash ma ‘noli [ asalim ], [ oppog’im] va undalma ma’noli [ ey do‘stlar ] kabi; tasdiq/ inkorsimonga [ xuddi shunday ], [ hech qachon], [ noto‘g’ri ] kabi; taklif/ ishorasimonga [ boshlang ] ko‘rinishli so‘z misol bo‘ladi. Qisqasi, so‘z – gapning leksik – semantik turi bo‘lmish sof so‘z – gap o‘zi tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumidan batamom uzilgan bo‘lib, uning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo‘llanilmaydi. So‘z – gaplashgan unsur esa o‘zi tarixan kelib chiqqan so‘z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumdan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z – gaplashayotgan unsurga o‘zi boshqa so‘z turkumi ( ravish, sifat, olmosh, son, fe’l) ga tegishli, lekin so‘z – gapga xos ma’no va vazifada qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z – gapsimondan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so‘z – gapga o‘tib ketishi mumkin. So‘z – gapsimon esa o‘z turkumi doirasida qoladi. So‘z – gapning sintaktik xususiyati kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmasligi, bog’lama bilan birika olmasligida. So‘z – gap ham undalma, sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‘lishi mumkin: Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling