Modal soʻzlarning nutqdagi oʻrni kirish birinchi bob. Tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning o‘rganilishi
Download 152.07 Kb.
|
MODAL SOʻZLARNING NUTQDAGI OʻRNI1
Cho‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin. ( Abdulla Qahhor).
Falakning dastidan dod! ( Hamza ). Barakalla, sizga! Misollardan ko‘rinib turganidek, so‘z – gap faqat bitta so‘zdan iborat bo‘lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z – gapning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [ WPm] qurilishli gapda kesimlik kategoriyasi va ma’nosi ( W ) ga ( Pm ) orqali kiritiladi, (m) ning esa o‘zbek tilida juda ko‘p ko‘rsatkichi mavjud. Shakl o‘zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma’no turi ham o‘zgaradi. Masalan, Bo‘ladi. Bo‘lmaydi. Bo‘lsa. Bo‘ldi. Va hokazo. Ammo so‘z – gapda bunday emas. Har bir so‘z – gap shu gapga xos bo‘lgan ma’noni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunonchi [ ha ] so‘zi tasdiqni ifodalaydi. Uning bo‘lishsizligi ha emas bilan emas, balki alohida yo‘q so‘zi bilan ifodalanadi. [ albatta] yoki [ shubhasiz ] modal so‘zi qat’iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’nosi [ mutlaqo ], [ aslo] so‘z–gapi bilan beriladi. So‘z – gapda zamon va shaxs ma’nosi matnda muayyanlashadi. O‘zbek tilida gap ( kesimlik ) zamon va shaxs ma’nosidan xoli bo‘la olmaydi. Zero, so‘z – gapda zamon va shaxs – son ma’nosining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‘zning asosiy sintaktik xususiyati –kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmay gap bo‘lib kela olishi bilan sharhlanadi. So‘z – gapning yana bir sintaktik xususiyati – uning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo‘laklari bilan bog’lanmasligi va o‘zi gap sidatida ― yashay olishi‖, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, – Ertaga kelasizmi? - Albatta. ( O‘. Usm. ). – Yengil tortdingmi, qizim? - Shukur. ( Abdulla Qahhor). Ko‘rinadiki, modal so‘zning funksional – semantik shakllangan so‘z – gaplarning bir turi sifatidagi umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishida. Modal so‘zda kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi mayl – munosabat ma’nosi yaqqol bo‘rtib turadi, bu esa faqat so‘z - gaplarning ayni shu turiga xos xususiyat hisoblanadi. Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling