beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo’lib,
aralashma qaynash
temperaturasigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar rektifikastion kolonnaning oxirgi
tarelkasining pastki qismiga o’tadi. Bug` kolonna buylab ko’tarilgan
sari engil
uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir
qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza)
kolonnaning eng yuqori
tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida
o’z tarkibidagi engil uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi. Bug` va suyuq
fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti natijasida bug`
fazasi yuqoriga harakat
qilgani sari engil uchuvchan komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa pastga
tomon harakat kilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan
komponentning miqdori oshib
boradi.
O’rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa
450
mm dan kam bo’lmagan qiymatda qabul qilingan.
Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar diflegmatorga o’tadi va u erda to’la yoki
qisman kondensastiyaga uchraydi. Bug`lar to’la kondensastiyalanganda hosil bo’lgan
suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi.
Oxirgi
mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi.
Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to’xtatiladi,
qoldiq tushiriladi va stikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini
uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi(1-rasm).
Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion qurilmalar
Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion
qurilmaning prinstipial sxemasi 2 – rasmda ko’rsatilgan Qurilmaning asosiy qurilmasi
rektifikastion kolonnadir. Kolonna stilindrsimon shaklda bo’lib, uning ichiga tarelkalar
yoki nasadkalar joylashtirilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: