Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsiyalanish mexazmini
Kuchsiz elektrolitlaning dissotsilanish konstantasi
Download 243.5 Kb.
|
Koziboyeva
Kuchsiz elektrolitlaning dissotsilanish konstantasi
Kuchsiz elektrolit eritmalariga xuddi gomogen sistema muvozanati kabi massalar ta’sir qonunini kulash va muvozanat konstanta uchun ifoda yozish mumkin. Masalan, sirka kislataning eritmasida ionli muvozanat quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: CH3 COOH↔CH3COO-+H+ Muvozanat konstantasi quyidagi ko‘rinishga ega : [H+ ][CH3COO- ] K = –——————— [ CH3COOH ] Bu yerda: K-dissotsilanish konstantasi, demak, u temperaturaga bog‘liq bo‘lib, eritmaning konstantasiga bog‘liq emas. Bunday qonuniyat kuchli elektrolit eritmalarida kuzatilmaydi (ularda K koncentratsiya va temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgaradi). Elektrolitik dissotsilanish darajasi eritma koncentratsiyasi bilan uzgarganligi uchun kislota va asoslarning kuchini dissotsilanish konstantasi bilan xarakterlash qabul kilingan. Bu konstanta qanchalik kichik bo‘lsa, elektrolit shunchalik kuchsiz bo‘ladi. Masalan, sirka kislota (K=1,76*10-5) chumoli kislotadan (K=1,8*10-4) 10 marta kuchsizdir: sianid kislotadan (K=4,79*10-10) esa 2600 marta kuchlidir. Eritma koncentratsiyasi (C), dissotsilanish darajasi (α) va dissotsilanish konstantasi (K) sistema bir-biri bilan Ostvaldning suyultirish qonuni orqali bog‘langanligiga asoslanib, α ni hisoblash mumkin. K=C* α; bundan α=√K/C ga tengligi kelib chiqadi. Kuchsiz elektrolitlarda α ning qiymati 1 ga nisbatan juda kichik; shuning uchun (1- α) qiymatini 1 ga teng deb olish mumkin. U holda yuqoridagi ifoda K=α2S ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ion koncentratsiyasini ifodalash birliklari. Eritma ionlar koncentratsiyasi 1 l eritmadagi ionlarning mol sonlari (mol-ion/l) bilan ifodalanadi. Uni avval g-ion/ l shaklida ifodalab kelingan, uning qiymati 1 l eritmadagi ion massasiga teng. Masalan, 1 g-ion/ l SO24- massasi 1 l eritmada 96 g SO24- ionlari borligini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda g-ion/ l ni mol-ion/ l(yoki mol/ l) bilan ifodalanadi. Ionning gramm ekvivalenti uglerod birligida grammda va son jixatidan bitta ionning ekvivalentiga teng bo‘lgan ifodasidir. Masalan, 1 g-ekv SO24- ion 96:2=48 ga teng (ion valentligi n=2 bo‘lgani uchun). Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling