Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsiyalanish mexazmini
Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi
Download 243.5 Kb.
|
Koziboyeva
Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi
Bosqichli dissotsilanish. Ko‘p negizli kislotalar, asoslar, tuzlar bosqich bilan dissotsilanadi. Masalan fosfat kislota uch bosqichda (uch negizli bo‘lgani uchun) ionlarga dissotsilanadi. H3PO4↔H++H2PO-4 1 bosqich (α=27%) H2PO-4 ↔H++HPO2-4 11 bosqich (α=0,11%) HPO2-4↔H++PO3-4 111 bosqich (α=0.001) Dissotsilanishning birinchi bosqichi kuchli boradi, ikkinchisi kuchsizrok, uchinchisi juda ham kuchsiz bo‘ladi. Neytral H3PO4 molekuladan vodorod ionini ajratib olish manfiy zaryadlangan H2PO-4 Ionga nisbatan oson, HPO2-4 ionidan esa H+ ionini ajratib olish qiyinrokdir. Ko‘p negizli kislota kabi, ikki va undan ortiq valentlik metallarning asoslari ham bosqichli dissotsilanadi. Masalan, magniy gidroksidning dissotsilanishi quyidagicha boradi. Mg(OH)2↔MgOH++OH- 1 bosqich MgOH+ ↔ Mg2++OH- 11 bosqich Ko‘p negizli kislota va yuqori valentli metall asoslarining bosqichli dissotsilanishi nordon va asosli tuzlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Asosni neytrallash uchun kam miqdorda kislota olingan bo‘lsa, asosning bir kism gidroksidi kislota koldigiga almashadi, bunda xo-sil bo‘lgan tuz tarkibida suv koldigi bo‘lib, u asosli tuz hosil qiladi.Agar asosdan kam miqdor olingan bo‘lsa tarkibida metallga al-mashmagan kislotaning vodorodi bo‘lgan nordon tuz hosil bo‘lishi mumkin. Masalan H3PO4+KOH = KH2PO4+H2O Amfoter elektrolitlar. Suvda kam eriydigan metallarning ko‘p gidroksidlari kislotali muhitga asos kabi, asosli muhitda kislota kabi reaksiyaga kirishadi. Bunday molekulalar ikki xil: ham asos, ham kislota kabi dissotsilanish mumkin. Kislota ishtirokida. Ya’ni N+ ionlar ortiqcha bo‘lganda dissotsilanish 11 tipda bormay 1 tip buyicha boradi. Ishqor ishtirokida OH-ionlar ortiqcha bo‘lganda 1 tip buyicha dissotsilanish to‘xtab, ionlarga parchalanish 11 tip bo‘yicha boradi. Zn(OH)2 ga kislota yoki ishqor kushilganda boradigan dissocilanishni quyidagi misollarda kurish mumkin: Zn(OH)2 + 2H+ + 2Cl- = 2H2O+Zn2+ + 2Cl- H2ZnO2 + 2K+ + 2OH- = 2H2O + 2K+ + ZnO2-2 Amfoter gidroksidlarga Zn(OH)2, Be(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3, Cu(OH)2, Sn(OH)2 va boshqalar kiradi. Qanday moddalarning dissotsiatsiyalanishidan vodorod ionlari hosil bo'ladi? 1. Kislotalar. Suvda eriydigan barcha kislotalar dissotsiatsiyalanadi. Bunda vodorod ioni bilan kislota qoldig'i ioni hosil bo'ladi: HBr → H+ +Br-- NO3 → H+ +NO3-- Ko'p negizli kislotalar bosqichli dissotsiatsiyalanadi: Birinchi bosqich: H2SO4→H+ + HSO4 -- Ikkinchi bosqich: SO4-- → H+ + SO4 2-- Kislotalarning umumiy xossalari, ya'ni nordon ma'zaga ega bo'lishi, indikatorlar rangini o'zgartirishi, asoslar va asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga kirishuvi ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod ionini hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Shunga ko'ra kislotalar uchun quyidagicha ta'rif beriladi. 2. Asoslar. Suvda eriydigan barcha asoslar dissotsiatsiyalanganda metall kationiga (ammoniy gidroksidi NH4+ ioniga) va gidroksid anioniga (OH--) ajraladi. NaOH → Na+ +OH-- Ca(OH)2 → Ca 2+ + 2OH-- Suvda eriydigan asoslar uchun xos bo'lgan barcha umumiy xossalar indikator rangini o'zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan reaksiyasi ularning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo'lgan OH-- ionlari tufaylidir. 3. Tuzlar. Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi (ammoniy tuzlarida ammoniy kationi NH4+) ga va kislota qoldig'i anioniga ajraladi: NaNO3 →Na+ + NO3-- , K2SO4→ 2K+ + SO4 2-- Al2(SO4)3 →2Al 3+ + 3SO4 2-- Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan murakkab moddalarga kislotalar deb aytiladi. Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (OH--) hosil qiladigan murakkab moddalarga asoslar deb aytiladi. Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda esa kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni ham hosil bo'ladi: NaHSO4→ Na+ + HSO4 – HSO4-- → H+ + SO4 2-- Tuzlar dissotsiatsiyalanganda, tuzlar uchun umumiy ion hosil bo'lmaydi. Shunga ko'ra tuzlar uchun umumiy xossalar ham yo'q. Quyidagi jadvalda ba’zi elektrolitlarning 0,1 n eritmalari uchun 18°S dagi dissotsilanish darajasi keltirilgan.
Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling