Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsiyalanish mexazmini
Download 243.5 Kb.
|
Koziboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Tajriba qism IV. Xulosa V. Foydalanilgan adabiyotlar I.Kirish
Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 2.1. Elektrolitik dissotsiyalanish va tuzlar gidrolizi. 2.2 Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsiyalanish mexazmini. 2.3 Izotonik koeffisiyent III. Tajriba qism IV. Xulosa V. Foydalanilgan adabiyotlar I.Kirish Kimyo kursida elektrolitik - dissotsiatsiya nazariyasini o‘rganish O‘rta maktab kimyo kursida elektrometik dissotsiatsiya qonuni 9-sinfda o‘tiladi. Kimyoviy bog‘lar qonuniyatlariga asoslanib, u davriylik bilimni rivojlantiradi, moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi. Elektrolitlarning xossalari tushuntirib beriladi. Bu mavzuni o‘tishda o‘quvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi. Darsning maqsadgai bu dissotsiatsiya jarayoni, sharoiti, mexanizmi, elektrolit moddalar haqida tushuncha, eritmadagi ionlar harakati va ular orasidagi reaksiyalarni o‘rganishdir. Elektrolitlarning har xil zaryadi ionlarga parchalanishi uning ichidagi ziddiyat qarama-qarshilik falsafasidir. Bu mavzu tarkibi quyidagicha: Elektrolitlar, eritmadagi ionlar, dissotsiatsiya mohiyati, eritmalardagi ionli reaksiyalarning borishidan boshlanadi. Mavzu tuzilishi tarkibi eng asosiy markaziy masala bu modda haqida va elektrolit tushunchalar haqida boradi. Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyin dissotsiatsiya hodisasi tushuntiriladi. Elektrolit dissotsiatsiya gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy ekanligi aytiladi eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish-qaytarilish misolida kimyoviy reaksiyalar tushuntiriladi. Bunda 3 muhim yo‘nalish: 1. Ionlar bog‘lanishi yo‘nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi 2. Elektrolit tuzining suv bilan ta’siri (gidroliz). 3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eritmalarda boradi, tarkibi va ion zaryadlari o‘zgarishiga olib keladi. Bunda oksidlanish - qaytarilish tushunchasi bilan elektrolitik dissotsiatsiya orasida bog‘lanish o‘rnatiladi. Mavzu o‘tayotganda demonstratsiya laboratoriya eksperimentlarini ham ko‘rsatish kerak. Elektorlitlardan elektr toki o‘tkazilganda ionlarga dissotsialanishni tushuntirish kerak. O‘quvchilarga qaytar-kaytmas reaksiyalarni borishi va mohiyati ham tushuntirib boriladi. Umuman bu mavzu ancha dolzarb. Bu temani o‘rganish jarayonida erish va eritmalar haqida o‘quvchilarning VII sinfda olgan bilimlari yanada rivojlantiriladi. Ishqorlar va tuzlarning ionli tuzilishga ega ekanligi, ularning zritmalari hamda kislotalarning eritmalari elektr o‘tkazuvchan ekanligi asos qilib olingan holda o‘quvchilar elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi bilan tanishtiriladi. O‘quvchilar temani o‘rganish jarayonida quyidagilarni: eritmalarda ionlar hosil bo‘lish mexanizmini; dissotsilanish darajasi va unga suyultirishning ta’siri haqidagi tushunchani; kuchli va kuchsiz elektrolitlar hakidagi tushunchani; ayni bir element atomlari va ionlarining xossalaridagi farqni; elektrolitlar orasidagi almashinish reaksiyasining mexanizmi va uning oxiriga borish shart-sharoitlarini; ionitlar haqidagi tushunchani; tuzlar gidrolizi; elementlar oksidlari gidratlarining xossalari markaziy atomniig radiusi va valentligiga bog‘liqligini; eritmalar va suyuqlanmalar elektrolizi; elektron nazariya nuqtai nazaridan olganda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularning almashinish reaksiyalaridan farqini bilib olishlari lozim. Bu mavzuning ayniqsa muhim ahamiyati shundaki, unda anorganik birikmalarning sinflari haqidagi ma’lumotlar elektron-ion tasavvurlar asosida yanada kengayadi va chuqurlashadi. O‘quvchilar fizika kursidan biladilarki, elektr toki elektr zaryadlarining ma’lum tomonga yo‘nalgan harakatidir. Bu zaryadlarni tashuvchilar turli zarrachalar: birinchi xil o‘tkazgichlarda — elektronlar, ikkinchi xil o‘tkazgichlarda esa ionlar bo‘lishi mumkin. Dars boshida qilinadigan suhbatda kimyoviy bog‘lanishning turlari haqidagi bo‘limlarni o‘quvchilar xotirasiga tushirish zarur. Ular oksidlar va kislorodsiz kislotalarning tuzlari ionlardan tuzilganligini biladilar. Endi bunga oksidlarning gidratlari va kislorodli kislotalarning tuzlari ham ionlardan tuzilganligini qo‘shimcha qilish kerak. U yoki bu asos va kislorodli kislotaning tuzi qanday ionlardan tuzilganligi o‘quvchilar ishtirokida ba’zi misollarda tahlil qilinadi, murakkab ionlarning zaryadlari aniqlanadi. Shundan keyin o‘qituvchi kimyoviy bog‘lanishning turi moddalarning xossalarida, chunonchi elektr o‘tkazuvchanlikda qanday aks etishi to‘g‘risidagi muammoni hal qiladi. Distillangan suv va eruvchan tuzlar, asoslar va kislotalarning vakillaridan natriy xlorid kristali, natriy xlorid, sulfat kislota, o‘yuvchi natriy eritmalarining, so‘ngra qand va boshqa moddalarning elektr o‘tkazuvchanligi tajribada sinab ko‘riladi. Har bir tekshirish natijasini o‘qituvchi doskaga, o‘quvchilar esa daftarlariga yozib boradilar. Bu tajribalardan moddalarni elektrolitlar va elektrolitmaslarga bo‘linadi degan xulosaga kelinadi. Uquvchilar bu tushunchalarning qoidalarini yozib oladilar va moddalarning faqat uch sinfi: tuzlar, ishqorlar va kislotalar elektrolitlar ekanligini qayd qiladilar. Uqituvchi bunga qo‘shimcha qilib tuzlar va ishqorlar faqat erigan holatdagina emas, balki suyuqlangan holatda ham elektr tokini o‘tkazishini aytadi. Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling