Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsi­yalanish mexazmini


Download 243.5 Kb.
bet14/15
Sana24.04.2023
Hajmi243.5 Kb.
#1395926
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Koziboyeva

Tajriba-2.
Ikki tuzning birgalikdagi gidrolizi (qaytmas gidroliz).Probirkaga 2-3 ml dan 0,5 n Al2(SO4)3yoki AlCl3 bilan Na2CO3 eritmalaridan quying va unga 1-2 tomchi lakmus eritmasidan tomizing. Probirkani chayqatib aralashtiring. Qanday gaz ajraladi vaqanday moda cho’kmaga tushadi? Gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Nima uchun alyuminiy karbonat xosil bo’lmaydi?
Tajriba3.Gidrolizlanish darajasiga temperaturaning ta’siri.
a) probirkaga 2-3 ml 0,5 n natriy atsetat CH3COONa eritmasidan quying, unga 1-2 tomchi fenolftolein eritmasidan tomizing. Proobirkani chayqatib aralashtiring va eritma rangiga e’tibor bering. Probirkani eritma qaynaguncha qizdiring va eritma rangining o’zgarishini kuzating.
Gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Temperatura ta’sirida eritma rangini o’zgarish sababini tushuntiring.
b) probirkaga 2 ml 0,5 n FeCl3 eritmasidan quying va eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. Nima kuzatiladi? Temir (III) – xlorid tuzi gidrolizining bosqichli tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishlarida yozing. Temperatura oshganda gidrolizlanish muvozanati qaysi tomonga siljiydi.
v) probirkaga 3-4 ml 0,5 n ZnCl2 eritmasidan quying va indikator yordamida eritma muxitini aniqlang. Eritmaga kichkina rux bo’lakchasini solib, eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. Qanday gaz ajraladi va nima uchun? Bunda qizdirish qanday rol o’ynaydi ?
Tajriba -4. Gidrolizlanish darajasiga kontsentratsiyasining ta’siri.
a)probirkaga 2 ml 0,5 n vismut nitrat Vi(NO3)3 tuzi eritmasidan quying va unga disstirlangan suv qo’shib, eritmani 3-4 marta suyultiring. CHo’kmada Vi(OH)2NOasosli tuzi xosil bo’lishini kuzating va eritmani suyultirishning gidrolizlanishiga ta’sirini izoxlang. Gidrolizlanish reaktsiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing.
b) probirkada xosil bo’lgan cho’kmaga 1 tomchi konts. nitrat kislota eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi?
Reaktsiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Gidrolizlanishga vodorod ionlari qanday ta’sir etadi?


Download 243.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling