Tuzlar gidrolizi. Tuzlar gidrolizi


Download 52 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi52 Kb.
#145400
Bog'liq
Tuzlar gidrolizi.


Tuzlar gidrolizi.

Tuzlar gidrolizi – bu tuz ionlari bilan suv ionlari tasirlashib, kuchsiz elektrolitlar hosil qilish jarayoni gidroliz deb ataladi.

Gidroliz so’zi grekcha “gidro” – suv, “lizis”- parchalayman degan manoni anglatadi.

Tuzlar gidrolizlanganda suvning dissosilanishidagi ion muvozanati siljiydi. Natijada ko’pchilik tuzlarning eritmalari kislotali yoki ishqoriy muhitga ega bo’lib qoladi.

Tuzlar gidrolizi 4 ta turga bo’linadi.

1. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz. Bunga misol qilib NH4Cl ni olamiz, u suvda NH4+ va Cl- ionlariga dissotsilanadi. Bu tuzning gidrolizlanishini quyidagicha ifodalash mumkin.

NH4Cl ↔ NH4OH + HСl

Yoki ionli ko’rinishda

NH4+ + H2O ↔ NH4OH + H+

NH4+ ionlari suvning OH- ionlari bilan birikib, kam ionlanuvchi ammoniy gidroksid hosil qiladi. Cl- ionlari suvning H+ ionlari bilan birikmaydi, chunki xlorid kislota kuchli elektrolit. Natijada eritmadagi H+ ionlarining konsentratsiyasi OH- ionlarining konsentratsiyasidan ortib ketadi. Bunday eritma kislota xossalariga ega bo’ladi; uning pHi 7 dan kichik. Masalan, NH4Cl 0,1 M eritmasining pHi 5,3 ga teng.

Demak kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar; kation bo’yicha gidrolizga uchraydi, muhit kislotali bo’ladi. pHi <7 bo’ladi.

M; Fe(NO3)2, Fe(NO3)3, Al2(SO4)3, (NH4)2SO4, NH4Cl, ZnCl2 va boshqa tuzlar.

Kuchli kislota va kuchsiz ikki yoki ko’p atomli asosdan hosil bo’lgan tuz bosqich bilan gidrolizlanadi. Masalan, alyuminiy xlorid suvda eritilganda, tuz birinchi bosqichda quyidagicha gidrolizlanadi.

AlCl3 + H2O ↔ Al(OH)Cl2 + HCl

Yoki ionli ko’rinishda

Al3+ + H2O ↔ AlOH2+ + H+

Eritma juda suyutirilganda, gidroliz qisman ikkinchi bosqichda borib, Al(OH)2Cl hosil qiladi.

Al(OH)Сl2 + H2O ↔ Al(OH)2Cl + HCl

Yoki ionli shaklda

Al(OH)2+ + H2O ↔ Al(OH)2+ + H+

Uchunchi bosqichda eritmada protsessning chapdan o’nga borishi uchun yordam beradigan vodorod ionlari miqdori ko’payib ketganligi uchun bu bosqichda gidrolizlanmaydi va alyuminiy gidroksid hosil bo’lmaydi.



2. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Misol sifatida natriy sianidning godrolizlanishini ko’rib chiqamiz.

NaCN + H2O ↔ HCN + NaOH

Yoki ionli shaklda

CN- + H2O ↔ HCN + OH+

Gidroliz natijasida eritmada kam dissotsilanuvchi kislota sianid hosil bo’ldi va OH- ionlari to’planadi. Demak, kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanishi natijasida eritmada OH- ionlarining konsentratsiyasi ortadi. Bunday tuzning eritmasi ishqor xossasiga ega bo’ladi; pH>7. Masalan; KCN 0,1 M eritmasining pHi 11,1 ga teng.

Kuchli asos hamda ikki yoki ko’p negizli kislotadan hosil bo’lgan tuz ham bosqich bilan gidrolizlanadi, masalan, Na2CO3 odatdagi konsentratsiyali eritmalarda amalda faqat birinchi bosqich bilan gidrolizlanib, nordon tuz hosil qiladi;

Na2CO3 + H2O ↔ NaHCO3 + NaOH

Yoki ionli shaklda

CO32- + H2O ↔ HCO3- + OH

Na2СO3 juda suyultirilgan eritmalarda qisman ikkinchi bosqich bilan gidrolizlanib, karbon kislota hosil qiladi.

NaHCO3 + H2O ↔ H2CO3 + NaOH

Yoki ionli shaklda

HCO3- + H2O ↔ H2CO3 + OH-

Bunda ham xuddi NaCN ning gidrolizlanishi kabi gidroksil ionlarning konsentratsiyasi ortadi va eritma ishqoriy xossaga ega bo’ladi.

Demak kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar anion bo’yicha gidrolizga uchraydi, muhit ishqoriy muhitda beradi. pHi >7 bo’ladi.

M; KNO2, Li2SO3, K2CO3, BaS, K2SiO3 va boshqa tuzlar.



3. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzga ammoniy atsetat CH3COONH4 ni misol qilib keltirish mumkin. U CH3COO- va NH4+ ionlariga dissotsilanadi. Bunda ikkita kuchsiz elektrolit: sirka kislota va ammoniy gidroksid hosil bo’ladi.

CH3COONH4 + H2O ↔ CH3COOH + NH4OH

Yoki ionli shaklda

CH3COO- + NH4+ + H2O ↔ CH3COOH + NH4OH

Hosil bo’lgan kislota bilan asosning dissotsilanish konstantalari ayni holda bir-biriga juda yaqin KCH3COOH = 1,75∙10-5; KNH4OH = 1,8∙10-5 bo’lgani uchun suvning ionlari CH3COO- anionlari hamda NH4+ kationlari bilan o’zaro deyarli bir xil tasirlashadi. Natijadagi eritmadagi erkin H+ va OH- ionlari konsentratsiyasi deyarli o’zgarmaydi. Shuning uchun CH3COONH4 eritmasi amalda neytral bo’lib qoladi.

Juda kuchsiz kislota va juda kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz deyarli to’liq gidrolizlanadi. Masalan, ammoniy sulfid (NH4)2S suyultirilgan eritmada 99,9 % gidrolizlanadi. Reaksiya quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi.;

(NH4)2S + H2O ↔ NH4HS + NH4OH ( 1 bosqich )

NH4HS + H2O ↔ H2S + NH4OH ( 2 bosqich )

Alyuminiy sulfid Al2S3 yoki xrom sulfid Cr2S3 kabi tuzlar tto’liq gidrolizlanadi, chunki ularning gidrolizlanishi natijasida qiyin eriydigan asos va kam dissotsilanadigan kislota hosil bo’ladi. Al2S3 ning suv bilan o’zaro tasiri quyidagi tenglama bilan ifodalanadi;

Al2S3 + 6H2O ↔ 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑

Demak kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar: ham kation va ham anion bo’yicha gidrolizga uchraydi, muhit neytral bo’ladi. pHi = 7.

M; Fe(NO2)2, Fe(NO2)2, NH4S, Al2S3, (NH4)2SO3, NH4NO2, ZnF2, Al2(SO3)3



4. Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Masalan; KCl suvda eritilsa, K+ hamda Cl- ionlari suvning H+ va OH- ionlari bilan kuchsiz dissotsilanuvchi birikma hosil qilmaydi. Demak kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz gidrolizga uchramaydi. Muhit neytral bo’ladi. pH=7.

M; KNO3, K2SO4, NaCl, Na2SO4, va hakozo.

Gidroliz ko’pchilik tuzlar uchun qaytar protsesdir. Tuzning gidrolizini miqdor jihatidan gidrolizlanish darajasi bilan ifodalash mumkin. Tuzning gidrolizlangan mollari sonini eritmadagi tuzning umumiy mollari soniga bo’lgan nisbati shu tuzning gidrolizlanish darajasi deyiladi.

Gidrolizlanish darjasi K harfi bilan belgilash qabul qilingan:

Tuzning gidrolizlangan mollari soni

K = ∙ 100 %

Tuzning erigan mollarining umumiy soni

Eritma temperaturasining ko’tarilishi natijasida tuzning gidrolizlanish darajasi ortadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Temperatura ko’tarilishi bilan suvning dissotsilanishi ortadi, H+ va OH- ionlarining konsentratsiyasi ko’payadi, natijada tuz ionlarining suv ionlari bilan o’zaro tasiri kuchayadi. Eritmani suyultirish ham gidrolizlanish darajasini orttiradi.



Gidrolizga tasir etuvchi omillar




Tuz

Chapga

O’nga

1

Kuchli asos – kuchsiz kislota

  1. T ning pasayishi

  2. ishqor qo’shish

  3. tuz kons-ni oshirish

  4. ishqoriy muhit beruvchi tuz qo’shish

  1. T ni oshirish

  2. kislota qo’shish

  3. suv qo’shish (suyutirish)

  4. kislotali muhit beruvchi tuz qo’shish

2

Kuchsiz asos – kuchli kislota

  1. T ning pasayishi

  2. kislota qo’shish

  3. tuz kons-ni oshirish

  4. kislotali muhit beruvchi tuz qo’shish

  1. T ni oshirish

  2. ishqor qo’shish

  3. suv qo’shish (suyutirish)

  4. ishqoriy muhit beruvchi tuz qo’shish

3

Kuchli asos – kuchli kislota

Gidroliz bormaydi

4

Kuchsiz asos va kuchsiz kuslota

to’liq gidrolizlanadi.

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling