Hisoblab chiqarish: Tajriba natijalariga asoslanib, sirka kislotaning tekshirilgan barcha eritmalari uchun solishtirma va ekvivalent elektr o’tkazuvchanliklarning qiymati hisoblab chiqariladi. Hisoblashlar kasrning to’rtinchi xonasigacha aniqlik bilan bajariladi.
Elektrolit eritmalarida sodir bo‘ladigan reaksiyalar. Indikatorlar yordamida eritmaning pH-muhitini aniqlash.Tuzlar gidrolizi.
Ishdan maqsad : Elektrolit eritmalar reaksiyalari o’rganish
Kerakli asboblar : stakan, elektrod , lampochka , probirka .
Kerakli reaktivlar : distillangan suv, H2SO4, NaOH, NaCI
1-tajriba. Elektrolitlarning elektr o`tkazuvshanligi. 300-400 ml sig’imli stakanga ikkita elektrod tushirib, elektr lampasini ketma- ket ulang, so’ngra elektrodlarni elektr manbaiga ulang. Stakanga distrlangan suv quying. Lampochka yonadimi? Distorlangan suvga ozgina shakat qo’shing. Shakar eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadimi?Shakar eritmasini stakandan to’kib tashlang. So’ngra tajribani sulfat kislota, o’yuvchi natriy va osh tuzi eritmalari bilan takrorlang. Tajribani takror bajarishda har safar elektrodlar va stakanni avval vodoprovod suvi bilan, keyin distirlangan suv bilan yaxshilab chayqang. Olingan eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi to’g’risida xulosa chiqaring va uni tushuntirib bering.
2-tajriba: Kuchli va kuchsiz elektrolitlarning bir biridan farqi. a) Ikkita probirka olib, birinchisiga 2n xlorid kislotadan 1 ml, ikkinchisiga esa 2n li sirka kislotadan 1 ml quying. Har ikkala probirkaga rux bo’lakchasidan tashlab ikkala probirkaniham issiq suv solingan stakanga tushiring. Qaysi kislotada rux bilan ta’sirlashuv kuchli bo’ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ikkita kattaroq probirka olib, ularga 1.5 g miqdorda maydalangan marmar soling va bir vaqtda birinchi probirkaga xlorid kislotaning 1 n eritmasidan 1 ml quying, ikkinchisiga esa 1n sirka kislota eritmasidan 2 ml quying. Probirkalarni chayqatib turing va marmarning bu kislotalarda qanday erishini kuzating. Qaysi kislota kuchli ekenligi haqida xulosa chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |