Moddalar sarfini olchashning zamonaviy usullari va vositalarini tahlil qilish


Download 0.65 Mb.
bet9/12
Sana18.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1209287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Moddalar sarfini olchashning zamonaviy

2.3Texnologik Sxema

Kimyo va oziq – ovqat sanoati korxonalarida sovuq ta‟minlash mashinalarining turi, ularda qo’llanadigan sovuq agentlar, sovitilayotgan muhitdan energiya olish usullari bilan farq qiladigan sovutish qurilmalari yordamida olinadi va foydalaniladi. 1 – rasmda oraliq sovuq, eltgichli va bir bosqichli kompressorli eng ko‟p tarqalgan sovitish qurilmalridan birining sxemasi tasvirlangan. Sovitish qurilmasining asosiy jihozlari birgalikda sovitish mashinasi tashkil etib, u doimiy miqdordagi sovuq agentning bug‟lanish va kondensasiyalanish berk doiraviy jarayoni yordamida


uzluksiz sovuq olish uchun mo‟ljallangan. Oraliq issiqlik eltgich sifatida namakob – osh tuzi yoki kalsiy xlor eritmasi xizmat qiladi. Bug‟latkichda sovitilgan namakob markazdan qochma nasos bilan sovitish kameralariga va boshqa sovuq iste’molchilarga haydaladi. Sovitish qurilmasi ishning samaradorligi uning sovuq ishlab chiqarish unumdorligi va sovitilayotgan muhit temperaturasi saqlash aniqligi bilan belgilanadi. Bu parametrlar ko‟pgina omillarga bog‟liq, ularga suyuq ammiakni kondensatorga uzatish quvurlarining qarshiligi, kompressorning quvvati, ammiak bug‟larini sovituvchi suvning sarfi va temperaturasi, sovuq iste‟molchilarning issiqlik yuklanishi kiradi. Sovitilayotgan muhitning temperaturasini saqlab turish
aniqligi ko‟pgina galayonlanuvchi ta‟sirlarga bog‟liq. Ulardan birini – oraliq sovuq eltkich. barqarorlashtirish – chiqish parametrini saqlab turish aniqligi oshirishga va sovitish mashinasining ishlash sharoitini yaxshilashga imkon beradi. Sovitish qurilmasi ishida uning turli elementlarida xavfli hodisalar yuz berishi mumkin, masalan: sovuq agentning kamayishi, gidravlik zarblar, kompressorning
ortiqcha yuklanishi. Havfli ish rejimlarining vujudga kelishi ichki va tashqi ta‟sirlar sababli ham yuz berishi mumkin. Sovitish qurilmasi ishining o‟ziga xos xususiyatlarini qarab chiqish uni avtomatlashtirishga bo’lgan asosiy talablarni ifodalashga imkon beradi; sovitish mashinasining xavfsiz ishlashini ta’minlash, sovuq ishlab chiqarish unumdorligi va issiqlik yuklanishi orasidagi moslikni saqlash, oraliq
sovuq eltkich temperaturasini va sovitilayogan muhitning temperaturasini barqarorlashtirish. Sovitish qurilmasi avtomatlashtirish ob‟ekti sifatida bir qator xususiyatlarga ega bo‟lib, ular rostlash usullari va nazorat hamda boshqarish vositalarini tanlashda hisobga olinishi zarur. Bu birinchi navbatda xavfsizlikka yuqori talablar bo’lib, sovitish mashinalari joylashtiriladigan xonalar B – 16 sinfidagi portlash xavfi bo’lgan xonalarga kiradi. Ikkinchidan, kompressor qurilmasining sovuq ishlab chiqarish unumdorligini keng doirada ravon rostlash qiyinligidadir. Issiqlik yuklanishlarining keskin sutkalik va mavsumiy o‟zgarshlari sovuq ishlab chiqarish unumdorligini kompressorni ulash va uzish yo’li bilan pozision rostlashni qo‟llashning zarur ekanligiga olib keladi. Sovuq ishlab chiqarish unumdorligini kichik oraliqlarda kompressorning suruvchi quvurini drosellash yo’li bilan rostlash mumkin. Bunda bug‟latkichdagi sath balandligini bug‟latgichga suyuq sovuq agentni uzatish truboprovodini drosellash yo‟li bilan saqlab turish zarur. Xonada portlash xavfi mavjudligi tufayli sovitish mashinasining eng jiddiy elementini kompressorni avariyadan himoya qilish yuritma elektr dvigatelini quyidagi xavfli holatlardan biri yuz berganda o‟chirish yo’li bilan amalga oshiriladi, masalan, kompressorning suruvchi liniyasida bosimning pasayishi, kompressorning
haydash liniyasida temperaturaning yoki bosimning ko‟tarilishi, kompressorni sovitu3vchi moy yoki suvni uzatishning buzilishi, bug‟latkichda, kondensatorda, resiverda yoki moy ajratgichda sovuq agent sathining chetlashishida. Kompressor ulanganda elektr dvigatelni yuklanish (nagruzka) dan himoya qilishning eng oddiy va ishonchli usullaridan biri elektr dvigatelni nominal aylanish tezligiga
tezlashtirish uchun zarur vaqtda haydovchi quvurni suruvchi quvur bilan birlashtirishdir. keltirilgan sovitish qurilmasini avtomatlashtirish sxemasini qarab chiqamiz.G’ilof (kojux) – quvurli bug‟latkichda sovuq agent sathi balandligini avtomatik rostlash suyuq sovuq agent oqimiga bevosita ta‟sir qilmaydigan ikki pozisiyali satq rostlagichi PRUD yordamida ta‟sir qilish yo‟li bilan amalga oshiriladi. Sath balandligi o’zgarganda qalqavuch 9a ning siljishi
pnevmatik ikki pozisiyali rele 96 ga uzatiladi, uning chiqish signali 0 yoki 0,N MPa ga teng siqilgan havo bosimi suyuq, sovuq agentli kondensatorga uzatish quvuridagi membranali ijrochi mexanizm klapani 9v ga ta‟sir ko‟rsatadi.
Oraliq sovuq eltkich – namkobning temperaturasini avtomatik rostlash issiqlik yuklanishi bilan sovuq ishlab chiqarish unumi orasidagi moslikni saqlash uchun mo‟ljallangan. TSM – 5071 turidagi qarshilik termometri 10a temperatura datchigi vazifasini bajaradi. KSM – 3 ikkilovchi asbobi bug‟latkichdagi namakob temperaturasining o‟zgarishi to’g’risida signalni qabul qiladi va uni pnevmatik rostlovchi blok yordamida o’zgartiradi. Rostlovchi blok chiqish signali ta‟sirida siqilgan havo bosimining o’zgarishi ta‟sirida rostlovchi klapan 25ch, 30 nj, 10 g bug’latkichdan so’rib olinayotgan sovuq agent bug’lari sarfiga ta’sir ko’rsatib, shu bilan namakobdan olinadigan issiqlik miqdorini o’zgartiradi. Biroq, kompressorning suruvchi magistralini drosellashning imkoniyatlari cheklangan, shuning uchun namakob temperaturasining katta miqdorga pasayishida uch pozisiyali
rostlovchi qurilma kompressor yuritmasi elektr dvigatelini boshqarish qurilmasiga signal yuboradi, buning natijasida kompressor o‟chiriladi (uziladi). Namakob temperaturasi maksimal qiymatdan oshishi bilan kompressor yana ulanadi. Sovitilayotgan muhitning temperaturasi, masalan, sovitish kamerasidagi havoning, kondisioner forsunka kamerasi tubidagi suvning va hokazolarning temperaturasi issiqlik almashinishi sirtlariga beriladigan namakob sarfiga ta‟sir ko‟rsatish yo‟li bilan saqlab turiladi. TSM.5071 11a qarshilikli mis termometri temperatura datchigi vazifasini bajaradi. Ikkilamchi asbob KSM – 3 116 ga o’rnatilgan pnevmatik rostlovchi blok temperaturaning berilgan qiymatidan ortishiga bog‟liq holda ish bajaradi. Rostlovchi ta’sir rostlovchi klapan 25ch 30 nj Ig yordamida amalga oshiriladi.

Sovitish qurilmalarini ularning ishlash xavfsizligini ta‟minlash uchun himoya qilish ko‟zda tutiladi. Himoya vositalari sifatida portlashga qarshi maxsus avtomatlashtirish vositalaridan ham, sovitish qurilmasi faoliyatining normal sharoitlar buzilganda kompressorni o’chiruvchi avtomatik himoya sistemalari ham qo‟llaniladi. sovitish qurilmalari ishlashning normal sharoitiga qurilmaning bug’latkichda va boshqa idishlarida suyuq sovuq agent sathi balandligini shuningdek, nazorat qilinayotgan rejim parametrlarini berilgan chegaralarda saqlash kiradi. Sath balandligining yo’l qo’yib bo‟lmaydigan qiymatlarga etgani to‟g‟risidagi signallar – elektr zanjirlari kontaktlarining tutashuvi qalqovuchli sath relelari PRU – 5 16, 26, 36, 86 dan olinadi. Kompressorning haydovchi patrubkasida bosimning oshib ketishidan va suruvchi patrubkada bosimning kamayib ketishidan himoya qilishni ikkilangan bosim relesi D 220A – 13 5v bajaradi, unga yuqori bosim datchigi va past bosim datchigi kiradi. Sovuq agent siqilgan bug‟i temperaturasining ortishi datchik – temperatura relesi TR – OM 509 46 yordamida aniqlanadi, u kompressorni o’chiruvchi signal beradi. Sovituvchi silindrlar bo‟shlig‟i orqali suv oqimi to’xtab qolganda ham
(signalni oqim relesi RP – 67 7a, 7b ishlab chiqadi) va majburiy moylash sistemasi ishi buzilganda ham (moylashni nazorat qiluvchi rele RKS – 6 ning signaliga muvofiq) kompressorning to’xtatilishi ko’zda tutilgan. Kompressorni ishga tushirishda elektr dvigatelga tushadigan yuklanishni pasaytirish uchun yurib ketish vaqtida suruvchi magistral yuritmasini haydovchi yuritmaga ulash ko’zda tutilgan. Ishga tushirishda suruvchi va bosimli quvurlar orasidagi to‟siqdagi solenoid ventil SVM – 10 5g ochiladi. Elektr dvigatel normal aylanish tezligiga erishgandan so‟ng vaqt relesi ventil 5g uzadi va to’siq yopiladi. Himoya sistemalarining ishlab ketishi va elektr dvigatelining to’xtab qolishi yorug’lik va tovush signallari bilan xabar qilinadi. Yorug’lik signallari to’xtash sabablarini ko’rsatishni ta‟minlaydi

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling