Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha


Download 67.5 Kb.
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1752254
1   2   3   4
Bog'liq
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI ASSIMILYATSIYA VA DISSIMILKYATSIYA JARAYONLARI

Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar odam organizmida asosan energiya manbai bo`lib hi di. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo`lib parchalanadi va hukayra-to`qimalarni, ayniqsa muskullarniish faoliyati uchun zarur bo`gan energiya bilan ta`minlaydi. 1guglevod kislorod ta`sirida parchalanib, 4,1 kkal energiya ajratadi. Uglevodlar asosan o`simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarida ko`p bo`ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz hamda shirinliklarda).Katta odamning birkunlik ovqat tarkibida 350-450g uglevod bo`lish kerak.
Ovqat tarkibida iste`mol qilingan polisaxaridlar shaklidagi uglevodlar og`iz bo`shlig`da ptialin, oshqozon-ichaklarda amilaza fermentlari ta`sirida monosaxaridlarga parchalanib` qonga so`rilgach, to`qima va hujayralarga yetib boradi. Qon tarkibida monasaxarid shaklidagi uglevodlar (glyukoza)ning miqdori normada-80-120mg% bo`ladi. Odam och qolganda, ya`ni uzoq vaqt davomida jismoniy mehnat bajarganda qonda glyukoza miqdori kamayadi. Bunday vaqtda charchash belgilari yuzaga keladi,ya`ni bosh aylanadi, ko`z tinadi, terlaydi, umumiy holsizlik seziladi. Aksincha, shirinlik ko`p iste`mol qilinganda qonda glyukoza miqdori ko`payudi. Me`da osti bezi kasalligida, undan ajraladigan insulin garmoni kamaib, qondagi glyukozani glikogenga aylantirish jarayoni buziladi va qandli diabet kasaligi yuzaga keladi.
Mineral tuzlar odam tanasining barcha hujayra va to`qimalari tarkibida bo`ladi. Ular ikkiga: makroelementlar va mikroelementlarga bo`linadi. Makroelementlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor, kaliy, temir kiradi. Bular qon, hujayra, ayniqsa suyaklar tarkibida ko`pmiqdorda bo`ladi. Mikroelementlarga rux, marganets, kobalt, mis, alyuminiy, ftor, yod kiradi. Bular qon, hujayra va suyaklar tarkibida kam miqdorda bo`ladi.
Mineral tuzlar moddalar almashinuvida, ayniqsa hujayralarning qo`zg`alish jarayonida muhim o`rin tutadi. Natriy va kaliy ionlari hujayralarda membrana potesiali hosil bo`lishda muhim ahamiyatga ega. Natriy xlorid, yaniy osh tuzi qon tarkibida 0,9% li fiziologik eritma holida bo`lib, u qonning osmotik bosimi doimiyligini ta`minlaydi. Kalsiy va fosfot tuzlari suyak tarkibida ko`p bo`ladi, ular suyaklarning qattiqligiga vamustahkamligini ta`minlaydi.
Temir moddasi qizil qon tanachalarning tarkibiga kiradi.U kislorodni biriktirib olib, hujayralarda gazlar almashinuvida va moddalar
ning oksidlanish jarayonida ishtirok etadi.
Yod qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan tiroksin gormoning tarkibiga kiradi. Agar organizmda yod yetishmasa, qalqonsimon bezning ish faoliyati buzilib, buqoq kelib chiqadi.
4. Vitaminlar. Vitaminlar biologik faol moddalar bo`lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rua olimi N.I. Lunin (1853- 1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertasiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim ekanligini birinchi bo`lib isbotladi. Uning xulosasiga ko`ra, ovqta tarkibida oqsillar, yog`lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo`ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin esam, deyilgan edi. Keyinchalik bumuhim moddalar 1912-yilda. K. Funk otmonidan vitaminla deb nomlandi (vita-hayot dega ma`noni bildiradi).
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo`lib, ularning xar birti odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar bir necha hafta, oy davomida kundalik ovqat tarkibida biror vitamin yetishmasa, uning organizmda bajaradigan fiziologik vazifasi buziladi. Natijada ma`lum kasallik kelib chiqadi. Agar odam organizmida biror vitamin mutloqo yo`qolsa, avitominoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me`yoridan ortib ketsa, gipervitaminoz deb ataladi. Bu holatlarning har qaysisidao`ziga xos hastaliklar belgilari paydo bo`ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz C ,va hokozo.Har xil vitaminlar turli vazifani bajaradi. Vitaminlar yoq`da va suvda eruvchilarga bo`linadi. Yog`da eruvchilar A, B, D vitaminlari, suvda eruvchilarga B guruh K, C, PP, kabi vitaminlar kiradi.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling