Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha


Download 67.5 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1752254
  1   2   3   4
Bog'liq
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI ASSIMILYATSIYA VA DISSIMILKYATSIYA JARAYONLARI


MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI ASSIMILYATSIYA VA DISSIMILKYATSIYA JARAYONLARI

Reja:




  1. Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha

2. Assimilyaziya va dissimilyaziya jarayonlari.

  1. Oqsilar yoglar va uglevodlar almashinuvi.

3 . Vitaminlar.
4. Energiya almashinuvi.
Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o`zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo`lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o`zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo`lgan energiya hisobiga to`qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko`payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari
yangilanadi yosh oganizim o`sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi
Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog`liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo`lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o`tadi. Bunda moddalar va energiya yo`qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi.
2.Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lgan ikki jarayon,yani assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. Bular anobolizm va katobolizm deb ham ataladi.
Ovqat moddalari tarkibiy qisimlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya yoki anabolizm debataladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko`payadi. Organizm qancha yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o`tadi. Bu esa yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta`minlaydi
Hujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi (emirilishi) dissamilyatsiya yoki katabolizm deb ataladi. Buning natijasida energiya hosil bo`ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo`gan qol diq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrit, suv, azot qoldiqlari va boshqala).
Shunday qilib, odam organizmida assimiliyatsiya va dissimi-lyatsiya jarayonlari bir-biriga bogliq holda davom etadi. Coglom bo`gan katta odamlarda bu ikkala jarayonlar bir-biriga teng muvoza-natda bo`ladi. Yosh organizimda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo`-lib, buning natijasida o`sish va rivojlanish ta`minlanadi. Keksa odam-lar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun bo`ladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqin bo`lib, yuzlarida ajin paydo boladi, tana muskulari o`shashib, ularning hajmi kichirayadi va qorni osilib qoladi. Ogir kasalliklar vaqtida dissimilyatsiya jarayoni kuchayadi. Shuning uchun, hatto yosh odamning rangi so`liydi, terisi quriydi, yuzida ajinlar paydo bo`ladi, muskullari bo`shashadi, tana massasi kamayadi.
Demak, organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uzluksiz davom etadi. Ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishiga qo`ra, odam tanasidagi har xil to`qima va tarkibiy qisimlarning yangilanish muddati turlicha bo`ladi. Masalan, jigar to`qimasi va qon zardobining oqsillari 20 kun davomida butunlay yangilanadi, tana muskularining oqsillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi hamma to`qimalar tarkibidagi oqsilarning yarmi har 80 kun davomida yangilanib turadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qaysi bir to`qima va organ qanchalik faol ish bajarsa, harakat qilsa, uning tarkibiy qisimlari yangilanshi shunchalik tez sur`atlarda bo`ladi. Binobarin, jismoniy mehnat, fizkultura va sport mashgulotlari odam tanasidagi to`qimalarning tez yangilanishi, organizmning yosh, soglom va tetik saqlanishiga olib keladi.
3.Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya`ni proteinlar odam organizmining sogligi, normal o`sishi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani o`taydi: plastik va energetik. Oqsillarning plastik ahamiyati shundan iboratki, ular barcha hujayralar va to`qimalarning tarkibiy qisimga kiradi, ya`ni hujayralarning eskirgan qisimlari yangilanib turishadi va ularning ko`payishiga asosiy rol o`ynydi.
Oqsillarning energetik vazifasi shundan iboratki, ular organizmda kislorod ishtirokida oksidlanib, parchalanadi va o`zidan energiya ajratadi. 1g. oqsil parchalanganda 4,1kkal energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasi haroratining doiymiyligini saqlash, ichki organlarning normal ishlashini ta`minlash, odamning harakatlanishi va har xil ishlar bajarish uchun sarflanadi.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ular molekulasi tarkibida 20 ta aminokislota bo`ladi. Ularning 10 tasi almashtirib bo`maydigan-eng zarur (lizin, triptofan, gistidin, metionin, treonin, leytsin, izoleytsin, valin, tsistein, fenilalanin) aminokislotalardir. Ular organizmda bahsqa moddaladan sintes qilimaydi. Qolgan 10 tasi almashtirish mumkin bo`gan aminokislotalardir. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab, ikki hil bo`ladi: sifatli va sifatsiz oqsillar. Sifatli oqsillar tarkibida yuqorida qo`satilgan 10 ta almashtirib bo`maydigan aminokislotalarning hammasi bo`ladi.Sifatli oqsillar hayvon mahsulotlarida (go`sht, tuhum, baliq, ikra, sut, va sut mahsulotlarida)bo`ladi. Sifatsiz oqsillar tarkibda almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalarning ba`zilari bo`lmaydi.Shuning uchun ham ular sifatsiz oqsilar deb ataladi.
Sifatsiz oqsillar o`simlik mahsulotlaridabo`ladi (non, kartoshka, makkajo`xori, no`xat, mosh, loviya, guruch, kabilarda).
Shuni olohida qayd qilish kerakki, bolalar organizmining o`sishi va rivollanishi uchun ularning ovqat tarkibidagi oqsillarning 80-90 %i sifatli (go`sht, baliq, tuxum, sut) bo`lishi kerak. Kattalar ovqati tarkibdagi oqsillarning 50 %i sifatli va 50 %i sifatsiz bo`lishi mumkin. Katta odam kundalik ovqatining tarkibida 80-120g oqsil bo`lishi kerak.
Yoglar almashinuvi. Yoglar ham oqsillarga o`xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1g yog organizmida kislorod ta`sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yoglar ikki xil bo`ladi: hayvon yoglari (dumba, charvi yoglari, sariyog, baliq yogi, tuxum sarigi tarkibida yog kabilar); o`simlik yoglari (paxta, kungaboqar, zig`ir, kunjut, makkajo`xori, zaytun moylari). Dumba, charvi va tuxum sarig`i tarkibidagi yog`larda xolesterin moddasi ko`p. Bu modda ateroskleroz (qon tomirlarning qattiqlashib, mo`rtlashib va toraib qolishi) kasalligi kelishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun yoshi 40dan oshgan odam hayvon yog`i va tuxumni kamroq iste`mol qilishi kerak.
O`simlik moylarida, ayniqsa, zaytun moyida to`yinmagan moy kislotalar bo`lib, ular xolesterin moddasini etiradi va uning organizmga chiqib ketishga sharoit yaratadi. Shuning uchun o`simlik moylari yoshi ulg`aygan odamlarda ateroskleroz kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmining fiziologik ehtiyojiga ko`ra, bir kecha kunduzgi ovqat tarkibida yog` va oqsil miqdori deyarli teng bo`lishi kerak (80-110g).Kundalik ovqat tarkibida yog` yetishmasligi bolalar va o`smirlar organizmining o`sishi va rivojlanishi sekinlashuviga sabab bo`ladi. Bundan tashqari, yuqumli kasalliklaga, tashqi muhitning noqulay tasirlariga – odamning sovoqa chidamliligi, aqliyva jismoniy ish bajarish qoboliyati pasaishiga olib keladi. Aksincha yog`larni normadan ortiqcha iste`mol qilish odam semirishiga sabab bo`ladi. Ortiqcha yog` teri ostida, charvida, yurak, buyrak atrofida to`planadi. Semirish odam ish faoliyatini pasaytiradi, sog`lig`ni zaiflashtiradi

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling