“Moddalarning eruvchanligi. Eritmalar” dars ishlanmasi Dars maqsadi:  Ta`limiy


Download 426.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.10.2023
Hajmi426.08 Kb.
#1726407
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.-Dars-ishlanma-Moddalarning-eruvchanligi.-Eritmalar

“Eritma” terminini tushuntirish: 1) eritmani aniqlash, 2) eritmaning asosiy 
xususiyat va belgilari, nimani eritma deb atash mumkin, eritma tarkibi. 
Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan 2. va 
undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq 
gomogen sistemalar.


1.  
Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat; undagi molekula 
yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. Eritmada erituvchi bilan erigan 
moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda 
ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Masalan, 
biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar 2 modda bir-birida 
erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq 
komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu 
moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb 
olinadi. Eritma tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga 
yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi 
yoki yutilishi ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. Eritma 
tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini 
koʻrsatadi 
2. 
Asosiy xususiyati – oddiy fizikaviy usullar – sovutish, qizdirish, bug`latish 
orqali eritmani tarkibiy qismlarga ajratish mumkin
.
3. Eritmalarga gomogen aralashmalar (o`quvchilar misollar keltirishadi) va 
o'zgaruvchan tarkibli kimyoviy birikmalari sifatida qaraladi. Temir va 
oltingugurt reaksiyasida , temir (II) sulfid FeS
x
hosil bo'lib, ushbu 
reaksiyada hosil bo'lgan modda tarkibiga reaksiya sharoitlariga bog'liq va , 
0.98 turadi. 
O`quvchilar reaksiya tenglamasini yozadilar: 
Fe + Х S ––> FeS
х
qattiq eritma. 
Hamma eritmalar erituvchi va eruvchi komponentlaridan iborat bo`ladi
Ko'pincha eritma ikki komponenti deb hisoblansa, eritma tayyorlash uchun massa 
yoki hajmi ko'proq olinadigan modda erituvchidir deyiladi.
-Bu fikr to`g`rimi?( o`quvchilar o`z fikrlarini bildirishadi. 
Mana misol: Agar siz 500 ml aseton va 10 ml spirtli eritmani tayyorlashni 
istasangiz, erituvchi va erigan modda nima? (Spirt – erigan modda va aseton 
erituvchi hisoblanadi).
Yana bir misol: (98 ml spirt va 2 ml suv, erigan modda nima?) SUV - har doim 
erituvchi bo`ladi. 
Eritmalarning agregat holatiga ko`ra necha xil bo`ladi? (o`quvchilar javob 
berishadi - doskada sxemalar tuzishqadi) 
Eritmalar : 
1. Suyuq : 

Ikki suyuqlikning eritmasi 

• suyuq va gazli moddlar eritmalari 

• suyuq va qattiq moddalar eritmalari. 


2. Qattiq: 

• Qattiq moddalarning eritmalari 

• Gazning qattiq moddadagi eritmalari. 
.
Sinfga v
azifa : har bir eritma turiga misollar keltirish va Venn diagrammasi 
orqali taqqoslash( juftlikda ishlash). 

Download 426.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling